|
Muammoning o’rganilganlik darajasi
|
bet | 3/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 193,5 Kb. | | #229273 |
Bog'liq gulhayo muammoli ta\'lim manbaMuammoning o’rganilganlik darajasi. Pedagogik fanlarni o’qitishda muammoli ta’limni tashkil etish va unga mos pedagogik qarashlar, ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish muammosi bilan birga hozirgi kunda fan namoyandalarining, xususan o'zbek pedagoglaridan S.A.Madyarova, N.N.Azizxo‘jaeva, Z.Ismoilova, M.Ochilov va rus pedagoglaridan M.V.Klarin, G.K.Selevko, V.Yu.Pityukovlarning shu mavzu yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini o'rganish.
Kurs ishining maqsadi: Pedagogik fanlarni o’qitishda muammoli ta’limni tashkil etish mazmunini ilmiy jihatdan o`rganish hamda jarayon samaradorligiga xizmat qiluvchi tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifasi:
Pedagogik fanlarni o’qitishda muammoli ta’limni tashkil etishning nazariy asoslari tahlil qilindi;
Pedagogik fanlarni o’qitishda muammoli ta’limni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari o'rganildi;
Pedagogik fanlarni o’qitishda muammoli ta’limni tashkil etish shart-sharoitlari va istiqbollari yoritildi;
Pedagogik fanlarni o'qitishda muammoli ta’limni tashkil etishning shakllari o'rganilib amaliy tavsiyalar berildi.
Kurs ishining obyekti: Pedagogik fanlarni o’qitishda muammoli ta’limni tashkil etish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Pedagogik fanlarni o’qitishda muammoli ta’limni tashkil etish mazmun va mohiyati.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni yechishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
|
| |