|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI........................................................40
|
bet | 2/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 193,5 Kb. | | #229273 |
Bog'liq gulhayo muammoli ta\'lim manbaFOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI........................................................40
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Pedagogik fanlarni o'qitish metodikasi fani bo’yicha mamlakatimiz va xorij olimlari tomonidan ko’plab ilmiy izlanishlar hamda tadqiqotlar olib borilmoqda. Zamonaviy ta’lim rivojiga bo’lgan e’tibor shaxsning nafaqat aqliy o’sishida, balki shu bilan birgalikda uning ma’naviy- axloqiy hamda kasbiy kamolotidagi uyg’unlikni ham talab etadi. Bu jarayonning to’laqonli amalga oshuvi asosan o’qituvchi shaxsining kasbiy-pedagogik mahorati bilan chambarchas bog’liq. Respublikamiz Prezidenti 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasining beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining to’rtinchi yo’nalishi Ijtimoiy sohani rivojlantirishda milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zamirini yuksaltirish zarurligini alohida ta’kidlar ekan, milliy barkamol kadrlarni tayyorlash zamon talabi ekanligiga izoh berib o’tdi. Mazkur o’quv-uslubiy majmua mana shu talabga aks sado sifatida maydonga keldi, desak xato bo’lmaydi.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur. Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida qaror topgan munosabat mazmuni o‘zgarib, yangicha qarashlar shakllandi. Iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonida rivojlangan bozor munosabatlari ustuvor o‘rin egallayotgan bo‘lsa, madaniy sohada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish – ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida olib borilayotgan harakat davlat va jamiyat qurilishining umumiy mohiyatini ifodalaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yilning 30-oktabr kuni mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi. "Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo ardoqlagan marifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o'qituvchi, muallim deganda o'zim uchun eng aziz va hurmatli bo‘lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta'lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan. Bugungi kunda O'zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko'makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir", - dedi prezident yig'ilishda.Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog'langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta'kidlandi.Ana shu kabi ta'limni rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirishda ta'limning har qanday ko'rinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, innovatsion ta’lim hamda muammoli ta'lim texnologiyasi ayni shu borada yetakchi o'rinni egallaydi. Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni yechishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi. Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llash fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi. Bundan tashqari yurtimizda 27-iyul 2017-yilda qabul qilingan PQ-3151da “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda “O‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini ko‘rish” kerakligi keltirib o‘tilgan. Shundan kelib chiqib ta’lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasiga mos ravishda o‘zgarib turadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, muammoli ta’lim tushunchasi ostida o’quv jarayonida o’qituvchi tomonidan vujudga keltiriluvchi muammoli masalalarga yechimni topish va o’quvchi-talabani faol ijodiy mehnati tushuniladi. Muammoli vaziyatlarni yechimini topish talabalarda mustaqil fikr yuritish, ish jarayonida vujudga keluvchi turli muammolarni yechimini tez topish qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham fan–texnika tez rivojlanayotgan va bilimlarimiz tez o’zgarayotgan bir davrda muammoli ta’lim masalasi dolzarb bo’lib bormoqda.1
|
| |