|
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
|
bet | 4/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 193,5 Kb. | | #229273 |
Bog'liq gulhayo muammoli ta\'lim manbaKurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, har bir bob uchun xulosa va umumiy xulosa hamda tavsiyalar, izohli lug'at (glossary), foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo'lib, jami 40 sahifani tashkil qiladi.
I BOB.Muammoli ta'limni tashkil etishning nazariy asoslari.
1.1.Pedagogik fanlarni o'qitishda muammoli ta’limning ilmiy-pedagogik asoslari
Muammoli ta’lim yangilik emas, unga 1894-yilda amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj. Dyuri (1895-1925) tomonidan asos solingan. U Chikagoda eksperimental maktab tashkil etar ekan, talabalarning qobiliyatlarini o’rganib, ularni to’rt guruhga ajratadi: ijtimoiy, konstruktsiyalash, badiiy, tadqiqotchilik.
Tadqiqotchilik xususiyatiga ega bo’lgan bolalarda tadqiqot olib borish, muammolarni yechimini topish, amaliy tajribalar o’tkazish asosida ta’lim uyushtiriladi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga o’zlari mustaqil ravishda javob topishga harakat qiladilar. Bunday yondashuv juda yaxshi natijalarni ko’rsatdi.
1923-yili sobiq SSSRda ham shunday yo’nalish «kompleks-proekt» nomi ostida rivojlantirila boshlandi. Dyuri g’oyalari asosida sinf-dars tizimi eskirib qolgan degan fikr vujudga keldi. Ammo 1932-yili TsK VKPb qaroriga binoan bu yo’nalish samarasiz deb topildi va uning rivojlanishiga yo’l bekildi.2
Bugungi kunda muammoli ta’lim tushunchasi ostida o’quv jarayonida o’qituvchi tomonidan vujudga keltiriluvchi muammoli masalalarga yechimni topish va o’quvchi-talabani faol ijodiy mehnati tushuniladi. Muammoli vaziyatlarni yechimini topish talabalarda mustaqil fikr yuritish, ish jarayonida vujudga keluvchi turli muammolarni yechimini tez topish qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham fan–texnika tez rivojlanayotgan va bilimlarimiz tez o’zgarayotgan bir davrda muammoli ta’lim masalasi dolzarb bo’lib bormoqda.
Bugungi kunda olimlarimiz miyaning ishlash mexanizmlarini o’rganar ekanlar quyidagi xulosalarga kelmoqdalar:
Miya hujayralari son jihatidan doimo bir xil bo’ladi, ammo ularni mashq qilish orqali, aqliy mehnatni bajarish orqali miya hujayralarining sifatini o’zgartirish mumkin. Yoshlikda miya hujayralari mashqqa beriluvchan bo’ladi. Agar besh yoshgacha bola ikki tilni o’rgansa, ya’ni miya faol ishlasa, kelajakda uning iqtidorli bolalar qatoriga qo’shilish imkoni bir necha barobar ortadi. Agar 15 yoshgacha uch tilni o’rgansa, unda bu bolaning miyasini ishlash samarasi yanada ortadi. Biz bilamizki, bugungi kunda inson miyasining o’rtacha 0,5% imkoniyatidan foydalaniladi. Aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi ba’zi olimlar miyaning 10 % imkoniyatidan foydalanadi. Olamshumul kashfiyotlar qilgan buyuk insonlar miyasining 15-20 % imkoniyatidan foydalangan.
Miyaning faol ishlashi nafaqat aqlni o’tkirlashtiradi, balki shaxsning salomatligiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Miya faol ishlaganda o’zidan kuchli quvvat ishlab chiqaradi va bu quvvat organizmni energetik holatiga ta’sir ko’rsatadi va biologik jarayonlarni borishiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Aqliy faoliyat organizmda biologik qarish jarayonini sekinlashishiga yordam beradi. Chunki miya faol ishlagach, ruhiyatda yangilanish sodir buladi, bu esa jismoniy tanada o’z aksini topadi. Demak, muammoli ta’limni joriy etish tarbiyalanuvchilarni nafaqat aqlini, balki butun jismini tarbiyalaydi.
Bugungi kunda kasbiy tayyorgarlik jarayonida talabalarni aynan muammolarni hal etishga, masalaning yechimini mustaqil topishga o’rgatish dolzarb masala ekanini bilamiz. Chunki bugungi kunda fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib borar ekan, mavjud bilimlarimiz tez-tez yangilanib boradi. Bu holat bizdan faqat fundamental bilimlarni tushunib o’rganishni emas, balki fikrlash refleksini rivojlantirishni ham talab etadi. Muammoli ta’lim tizimi aynan ana shu fikrlash refleksini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, aqliy faoliyatni faollashtiradi. Ma’lumki aqlning uch turi ajratiladi:
1. Kontseptual aql – hodisalarning mantiqiy, matematik, lingvistik masalalarini yaxshi hal qilish imkonini tug’diradi.
2. Estetik aql – hodisalarning shaklini bilishga intilish, lekin har doim ham ularning sabablari bilan qiziqmaslik.
3. Ijtimoiy aql (sotsial) – asosiy diqqat shaxslararo munosabatlarda jamlangan bo’ladi, shuningdek inson taqdiri, maqsadlar va qadriyatlar bilan bog’liq qarorlarni qabul qilishda alohida o’rin egallaydi.
Muammoli ta’lim ham ana shu aqlning qay birini rivojlantirishga qaratilganligi bilan bir–biridan farq qilishi mumkin. Lekin ta’lim jarayonida biz ko’pincha kontseptual aqlni rivojlantirishga intilamiz. Bu borada ko’plab pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilgan, ammo ijtimoiy aqlni rivojlantirishga juda kam e’tibor qaratiladi. Agar ijtimoiy aql jamiyatni rivojida juda katta ahamiyat kasb etishini eslasak, bu kechirib bo’lmas kamchilik ekanini anglab yetamiz.
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi. Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi. A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashov, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuqur o'rgandilar.
Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni yechishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi. Muammoli ta'lim nazariyasi talaba intellektual kuchining rivojlantiruvchi, ta'limni tashkil qilishning psixologik-pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi. Muammoli ta'lim – bu talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy usuli bo'lib, insonning bilish va amaliy faoliyatini boshqaruvchi muayyan shaxsiy sub'ektiv yo'llanma sifatida tushuniladi. Dunyoqarashni shakllantirish – bu birinchi navbatda shaxsning intellektual – faolligini shakllantirishdir. Ilmiy dunyoqarashni samarali shakllantirishning ikkita muhim sharti mavjud:3
1. Talabalarning tushunchalar tizimini o'zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyati.
2. Insonning his-tuyg’usi va emotsiyasiga ta'sir etish, uning bilimini e'tiqodga aylantirish.
An’anaviy pedagogik usuldagi – bilimlardan muammoga qarab – o‘quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o‘zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O‘zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘lgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi. Agar inson muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga o‘rgatilgan bo‘lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi». Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi.
Muammoli o‘qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha bo‘ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo – murakkab nazariy yoki amaliy masala bo‘lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo‘ladi, «gap nimada?» degan savol tug‘iladi. O‘quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.
Muammoli ta’lim-o‘quvchilar faoliyatini nazariy va amaliy muammolarni va ushbu muammoli vaziyatlar kuchi orqali yaratilgan muammoli topshiriqlarni hal etish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishga asoslangan holda tashkil etish usulidir. Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarning bahslari, mushohadalarida amalga oshiriluvchi analiz-sintez faoliyatiga asoslanadi. Bu ta’limning tadqiqotchilik turidir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o‘qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o‘qitishniig reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi. Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o‘rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo‘lgan vazifa, masala bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi.
Shunday qilib, muammoli ta'lim deyilganda, o’qituvchi (pedagog) rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.
Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:4
1. O’quv materialini muammolashtirish;
2. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
3.Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
|
| |