I BOB BO’YICHA XULOSA
Pedagogik fanlarni o'qitishda muammoli ta’limning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.
Muammoli taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Muammoli ta’limni tashkil etish va olib borishda o'qituvchi o’zining ta’lim-tarbiya berishdagi faoliyatini aniq tushunib, yetishi ham muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi talabalarga tayyor fikr bermay, balki ularning izlanishiga to’g’ri yo’nalish berishi lozim. Talabalar mashg’ulotlarda va kundalik hayotda uchraydigan voqea, xabar, hodisa va turli dalillarni o’zlari tahlil qilib, mustaqil fikrga ega bo’lishni maqsad qilib qo’yishlari kerak.
II BOB. BUGUNGI KUNDA PEDAGOGIK FANLARNI ÒQITISHDA MUAMMOLI TA'LIMNI QÒLLASH TEXNOLOGIYASI
2.1.Muammoli ta'limni tashkil etish shart-sharoitlari va istiqbollari
Muammoli ta’lim murakkabligiga ko‘ra turli darajada bo‘lishi, ya’ni tashkil etilishi mumkin. Bu talabalarning tayyorgarlik darajasiga, bilim darajasiga va fikrlash qobiliyatining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq holda tanlanadi.
Muammoli ta’limning birinchi darajasi – o‘qituvchi tomonidan muammo yaratiladi va o‘qituvchi tomonidan yechimlar ishlab chiqiladi, talabalar bu holda muammoli ta’lim jarayonida faoliyat yuritishga o‘rganadilar.
Muammoli ta’limning ikkinchi darajasida – o‘qituvchi tomonidan muammo vujudga keltiriladi va talabalar tomonidan yechiladi. Bu holda talabalar muammoni yechish usulini kuzatadilar va passiv holatda bo‘ladilar. Ular muammoni yechish malakasi bilan tanishadilar.
Muammoli ta’limning uchinchi darajasida – talaba tomonidan muammoli vaziyat tashkil etiladi va muammo o‘rtaga tashlanadi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda yechim topiladi. Bunda talabalar faol ishtirok etadilar va ularda mustaqil va ijodiy fikrlash refleksi rivojlanadi.
Muammoli ta’limning to‘rtinchi darajasida - muammoli vaziyatni ham, muammoning yechimini ham talabalar o‘zlari tashkil qiladilar. Ular mavzudagi mavjud muammoni ko‘ra olishga va uning yechimini mustaqil ravishda topa olishga o‘rganadilar. Bu muammoli ta’limning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Chunki talabalar ijodiy fikrlashga o‘rganadilar. Bu holda talabalar o‘ta faol holatda bo‘ladilar. O‘qituvchi esa kuzatuvchi va ba’zan yo‘naltiruvchi sifatida maydonga chiqadilar.
Muammoli vaziyatlar mazmuniga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi:8
1. Maqsad noma’lum – uni aniqlash kerak.
2. Faoliyat ob’ekti noma’lum – uni aniqlash kerak.
3. Faoliyat usuli noma’lum – uni aniqlash kerak.
4. Faoliyatni bajarish shartlari noma’lum – uni aniqlash kerak.
O‘quv jarayonida o‘qituvchi muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish uchun ularni tashkil etish texnologiyasi bilan tanish bo‘lishi kerak. Albatta bu vazifa mavzuning xarakteridan kelib chiqqan holda bajariladi. Muammoli vaziyatlarni quyidagi turlari bor:9
1. Kutilmagan favqulodda – hayratlanarli vaziyat.
2. Nizo vaziyati.
3. Faraz qilish vaziyati.
4. Inkor qilish vaziyati.
5. Nomuttanosiblik vaziyati. (amaliy va nazariy bilimlarning bir-biriga to'g'ri kelmasligi, yoki eski bilimlarning yangi bilimlarga to‘g‘ri kelmasligi.
6. Tanlash vaziyati.
7. Izlanuvchi va tadqiqot ishlari o‘tkazish ham muammoli vaziyatlaridan bo‘lib hisoblanadi.
2. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas.
Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farqi qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga amal va ayni vaqtda muhim bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
Talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi;
Vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan bo'ladi. Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u avvalambor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi: avvalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o’quv muammosi shakllanadi. O’qitish amaliyotida boshqa variant — o'sha muammo tashqi ko'rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko'rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo'ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.
Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yo'lini izlashga tushadi. Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli o’quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o’quv muammosi bo'la olmaydi.O’quv muammosini yechish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini o'ylab topish yoki gipoteza qo’yish hamda gipotezani asoslashdir. Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat — o’quv muammosi — o’quv muammosini echish uchun izlanish — muammoning yechilishi. Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo'ladi. Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llashi uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo'ladi:
O’quv dasturi bo'yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilishi;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish.
Muammoli o’qitish jarayonida talabaning mustaqillik roli reproduktiv o’quv usullariga solishtirib haraganda ancha samarali bo'ladi. Muammoli o’qitishning maqsadi talabalar bilan ishlash jarayonida ta'lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo'llari bilan yangi bilimlarni o'zlashtirishni, talabalar o’quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo'yicha o’qituvchi (pedagog)lar ularda qiziqish uyg’ota olishidan iborat. Muammoli vaziyat-tinglovchi (bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma'lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik harshiliklar bo'lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir. Bu qarama-qarshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.
Ta'lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardaniborat:
talabalar uchun noma'lum yangilik mavjudligi;
muammolarni o'zlari hal etishlari;
shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o'zlari o'rganishga harakat qilishlari;
nima noma'lum ekanligini bilib, ma'nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar.
Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari.
O’quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:
1. Talabalar qo’yilgan vazifaning echilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar.
2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.
3. Vazifaning nazariy jihatdan echilishi mumkin bo'lgan yo'li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo’llashi qiyiniligi orasida ziddiyat yuz beradi.
4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim etishmasligi o'rtasida ziddiyat yuz beradi.
Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan usullari qayd qilinadi:
Hodisalar, o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo’yish;
Olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo’yish;
Talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;
Ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiqaradigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;
Talabalarni fakt, hodisa, hatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, qiyos qilishga undash;
Talabalarni go'yo tushunib bo'lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo'yilishiga sabab bo'lgan faktlar bilan tanishtirish.
Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo'ymaydi. Har bir o’qituvchi o'zining amaliy faoliyatida o’quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin.
Talabalarning fikrlari tobora qiyomiga eta borib, muammoli vaziyat ularda ma'lum xissiy hozirlikni vujudga keltiradi. Mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. Hayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik qissiyotlari muammoli vaziyatni to’g’ri tashkil qilish belgilari bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki, yuqori ko'tarinkilik bilimlarni samarali o'zlashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi.
Muammoli ta’limni tashkil etish shart-sharoitlari.
Muammoli o‘qitishning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilardan iborat:
• talabaning fikrlash doirasini va qobiliyatlarini o‘stirish, ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• muammoni mustaqil yechishda va faol izlanish davrida olingan bilim va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi, buning natijasida ushbu bilim va ko‘nikmalar an’anaviy o‘qitishdagidan ko‘ra ancha mustahkam bo‘ladi;
• nostandart muammolarni ko‘ra oluvchi, qo‘ya oluvchi va yecha oluvchi o‘quvchining faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;
• kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish – har bir aniq faoliyatda o‘zining xususiyatlariga ega.
Har qanday o‘quv materiali ham muammoli bayon etishga mos kelavermaydi. O‘quvchilarga fan tarixini o‘rgatishda muammoli vaziyatlarni yaratish oson. Farazlar, yechimlar fandagi yangi ma’lumotlar takroriy bosqichidagi an’anaviy tasavvurlarning inqirozi, muammoga yangicha yondashuvlarni izlash va hokazolar muammoli bayon etish uchun mos keluvchi mavzular hisoblanadi. Kashfiyotlar tarixi orqali izlanish mantiqini egallash – muammoli fikrlashni shakllantirishning asosiy istiqbolli yo‘llardan biridir. O‘qitishning an’anaviy usulidan muammoliga o‘tish muvaffaqiyati, quyidagi ikki omil bilan belgilanadigan «muammolik darajasi»ga bog‘liq bo‘ladi:
• muammoning murakkablik darajasi – mazkur muammo doirasida talaba uchun ma’lum va noma’lumlar nisbatiga ko‘ra aniqlanadi;
• muammo yechimida o‘quvchilar ijodiy ishtirokining ham jamoaviy ham shaxsiy hissalari hisobga olinadi.
|