• UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi




    Download 193,5 Kb.
    bet8/10
    Sana13.05.2024
    Hajmi193,5 Kb.
    #229273
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    gulhayo muammoli ta\'lim manba

    II BOB BO’YICHA XULOSA.
    Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, muammoli ta’limni tashkil etish va olib borishda o'qituvchi o’zining ta’lim-tarbiya berishdagi faoliyatini aniq tushunib, yetishi ham muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi talabalarga tayyor fikr bermay, balki ularning izlanishiga to’g’ri yo’nalish berishi lozim. Talabalar mashg’ulotlarda va kundalik hayotda uchraydigan voqea, xabar, hodisa va turli dalillarni o’zlari tahlil qilib, mustaqil fikrga ega bo’lishni maqsad qilib qo’yishlari kerak. Shuningdek, oliy va o’rta maxsus o'quv yurtlaridagi muammoli ta’lim, talabalarning izlanish faoliyati, bilim va malakalarni chuqur egallab olishini, tevarak-atrofdagi o’zgarishlarga bo’ladigan qarashiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatish imkoniyatini ham yaratib beradi. Muammoli vaziyat o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan fanlarni o‘qitishdagi mantiqiy ketma-ketlikka o‘xshaydi. Ketma-ketlik prinsipi shundan iboratki, bunda ta’limning darajasi jihatdan yuqori xar bir bosqichida o‘qitish mazmunini aniqlashda avvalgi bosqichlarda o'zlashtirilgan bilimlar, ya’ni ta’lim hisobga olinadi.
    UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
    Men "Pedagogik fanlarni o'qitishda muammoli ta’limni tashkil etish" mavzusini bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega ekanligini o'rgandim. U talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Bu esa bugungi axborotlar oqimi davri uchun o’ta muhim. Fikrlash refleksni, ijodkorlikni va qiziqishni rivojlantiradi. O’zlashtirilgan bilimlarni puxta bo’lishiga yordam beradi. Talabalarni faollashtiradi va kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlaydi. Ammo bu ta’limning bir muncha chegaralanganlik tomonlari ham yo’q deb bo’lmaydi. Muammoli ta’limni tashkil etish va o’tkazish bir muncha ko’proq vaqt talab etadi. Barcha mavzularni bu usuldan foydalangan holda tashkil etib bo’lmaydi. Talabalar soni chegaralanadi. O’qituvchi differentsial va individual yondashuvni ishlab chiqmasa, ba’zi passiv talabalar chetda qolib ketadi. Oliy o’quv yurtlari ta’lim jarayonida salmoqli o’rin egallagan muammoli (aqliy hujum) dars, munozarali (ilmiy munozarali va erkin fikrlash) darslari muammoli ta’lim texnologiyasiga misol bo’la oladi. Muammoli ta’lim deyilganda, o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi.


    Download 193,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 193,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi

    Download 193,5 Kb.