|
Muammoli ta’lim va uni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari
|
bet | 5/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 193,5 Kb. | | #229273 |
Bog'liq gulhayo muammoli ta\'lim manba1.2. Muammoli ta’lim va uni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari
Bugungi kunda, muammoli o‘qitish deganda mashg‘ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o‘quvchilar kasbiy bilimlarga, ko‘nikmalarga, malakalarga ega bo‘ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli o‘qitish, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu yerda shaxs sub’ekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otishdir. Muammoli o‘qitish, o‘qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantig'i o‘zida muammoli vaziyatlar mantig'ini namoyish etadi. Muammoli vaziyatlar kiritilib, an’anaviy, bayon etish o‘quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, o‘quvchini uni yechishga yo‘naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o‘qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi individual holat bo‘lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.5 Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi. O‘quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o‘qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o‘quvchilar oldiga muammoli masalalar qo‘yadi, ularni yechimining yo‘llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o‘zi yo‘lga boshlaydi.
Muammoli ta’limni qo‘llash mahorati Muammoli ta’lim bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. U talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bu esa bugungi axborotlar oqimi davri uchun o‘ta muhim. Fikrlash refleksni, ijodkorlikni va qiziqishni rivojlantiradi. O‘zlashtirilgan bilimlarni puxta bo‘lishiga yordam beradi. Talabalarni faollashtiradi va kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlaydi. Ammo bu ta’limning bir muncha chegaralanganlik tomonlari ham yo‘q deb bo‘lmaydi. Muammoli ta’limni tashkil etish va o‘tkazish bir muncha ko‘proq vaqt talab etadi. Barcha mavzularni bu usuldan foydalangan holda tashkil etib bo‘lmaydi. Talabalar soni chegaralanadi. O‘qituvchi differensial va individual yondashuvni ishlab chiqmasa, ba’zi passiv talabalar chetda qolib ketadi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar:6
Muammoli ta’limni rivojlanish tarixiga izoh?
Muammoli ta’limning qanday darajalarini bilasiz?
Qanday muammoli vaziyatlarni bilasiz?
Muammoli ta’limni tashkil etishda qanday omillarni hisobga olish kerak?
Muammoli vaziyatlarga iqtisodiy mavzulardan misollar keltiring?
Muammoli ta’lim texnologiyasining yutuq va kamchiliklarini ko‘rsating?
Muammoli ta’lim talabalarda qanday ko'nikma va malakalarni rivojlantiradi?
Oliy ta’lim tizimida muammoli ta’limning ahamiyatiga izoh bering?
Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, talabalarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko’nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o’ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi hamda o’rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. O'qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo’lidagi kutilmagan to’siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas, balki u bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o’zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog’liq bo’lmasligi, ya’ni yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog’lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo’lmaydi. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashq talab qilgan tushuncha yoki faktning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo’lgan vazifa, masala bo’yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi. Muammoli o'qitish jarayonida talabalarning mustaqillik roli reproduktiv o'quv usullariga solishtirib qaraganda ancha samarali bo’ladi. Muammoli o'qitishning maqsadi talabalar bilan ishlash jarayonida ta’lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo’llari bilan yangi bilimlarni o’zlashtirishni, talabalar o'quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo’yicha o'qituvchilar ularda qiziqish uyg’ota olishdan iborat.
Professor N.Azizxo’jaeva muammoli vaziyatning ma’nosini quyidagicha ta’riflagan, ya’ni muammoli vaziyat talabalarga ma’lumotlar, bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik qarshiliklar bo’lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining yetishmasligidir. Bu qarama-qarshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o’zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi.7
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat:
- talabalar uchun noma’lum yangilik mavjudligi;
- muammolarni o’zlari hal etishlari;
- shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o’zlari o’rganishga harakat qilishlari;
- nima noma’lum ekanligini bilib, ma’nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar.
Yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilib fikr yuritish, talabalarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantirishning muhim talablaridandir. Bunday fikr yuritish talabani shu narsani anglay olmaganligini tushunib etib, bu gapning ma’nosiga jiddiy ravishda e’tibor berishga qaratadi.
Muammoli ta’limni tashkil etish va olib borishda o'qituvchi o’zining ta’lim-tarbiya berishdagi faoliyatini aniq tushunib, yetishi ham muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi talabalarga tayyor fikr bermay, balki ularning izlanishiga to’g’ri yo’nalish berishi lozim. Talabalar mashg’ulotlarda va kundalik hayotda uchraydigan voqea, xabar, hodisa va turli dalillarni o’zlari tahlil qilib, mustaqil fikrga ega bo’lishni maqsad qilib qo’yishlari kerak. Shuningdek, oliy va o’rta maxsus o'quv yurtlaridagi muammoli ta’lim, talabalarning izlanish faoliyati, bilim va malakalarni chuqur egallab olishini, tevarak-atrofdagi o’zgarishlarga bo’ladigan qarashiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatish imkoniyatini ham yaratib beradi.
|
| |