|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi
|
bet | 9/10 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 193,5 Kb. | | #229273 |
Bog'liq gulhayo muammoli ta\'lim manbaIzohli lug'at (Glossary)
1. O'qitish - o'quv jarayonida bolalarga bilim, ko'nikma va malakalar hajmini va ularni tarbiyalashga qaratilgan kattalarning maxsus kasbiy faoliyati; o'qituvchining o'quv maqsadini (ta'lim vazifalarini) amalga oshirish va ma'lumot, xabardorlik va bilimlarni amalda qo'llashni ta'minlash bo'yicha tartibli faoliyati.
2. Pedagogik tizim - uyushgan, maqsadli ped yaratish uchun zarur bo'lgan o'zaro bog'liq vositalar, usullar va jarayonlar majmui. berilgan fazilatlarga ega bo'lgan shaxsning shakllanishiga ta'siri.
3. Ta’lim –o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.
4. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
5. Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
6.Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
7. Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
8. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
9. Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.
10. Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
11. Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
12. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.
13. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.
|
| |