|
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning vazifalari quyidagilardan iborat
|
bet | 3/16 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #228078 |
Bog'liq Madina kurs ishi tayyorrrrrDizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
– tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish, ya’ni artikulyatsion motorikani, nutqiy nafasni rivojlantirish va tovushni nutqga qo‘yish va mustahkamlash;
– fonematik idrokni rivojlantirish, tovush analiz malakasini shakllantirish;
– nutqning ritm, ohangdorligi va ifodaliligi tomonidagi kamchiliklarni bartaraf etish.
– paydo bo‘lgan nutqning umumiy rivojlanmaganligini to‘g‘rilash.
Dizartrik bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tuzatish ishning eng asosiy vazifalaridan biridir. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarining asosiy sababi nutq apparati a’zolarining harakatchanligida kuzatiladigan kamchiliklardir. Shuning uchun logoped asosiy diqqatni artikulyatsion apparat harakatchanligini rivojlantirishga qaratishi lozim.
Tovushlar talaffuzi ustida ishlash quyidagi holatni hisobga olib tashkil etiladi:
– dizartriya shakli, bolaning nutqini rivojlanish holati va bola yoshi-ni hisobga olish.
– nutq kommunikatsiyasining rivojlanishi. Tovushlar talaffuzining shakllanishi komunikatsiyaning rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
– motivatsiyaning rivojlanishi, bor bo‘lgan buzilishlarini bartaraf etishga intilish, o‘z-o‘zini anglashni, o‘ziga ishonch, o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘z qadrini bilish hamda o‘z kuchiga ishonish.
– differensial eshitish idroki va tovush analizi qobiliyatini rivojlantirish.
– ko‘ruv-kinestetik tuyg‘uni rivojlantirish yo‘li bilan artikulyatsion tartib va artikulyatsion harakatni kuchaytirish.
– ishni bosqichma-bosqich tashkil etish. Korreksion ish bolada talaffuzi saqlanib qolgan tovushlardan boshlanadi. Ba’zan tovushlar ancha sodda motor koordinatsiyalari tamoyiliga ko‘ra tanlab olinadi, ammo artikulyatsiyaon buzilishni hisobga olingan holda birinchi navbatda ilk ontogenez tovushlari ustida ish olib boriladi.
7—Yeng og‘ir buzilishlarda, ya’ni bola nutqi atrofdagilar uchun umuman tushunarsiz bo‘lganda korreksion ish alohida ajratilgan tovushlar va bo‘g‘inlardan boshlanadi. Agarda bola nutqi atrofdagilar uchun nisbatan tushunarli bo‘lsa va u ayrim so‘zlarda nuqsonli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olsa, unda ish «tayanch» so‘zlardan boshlanadi. Har qanday hollarda va turli nutqiy holatlarda tovushlar nutqda mustahkamlanishi zarur.
8 – Markaziy asab tizimi shikastlangan bolalarda nutqdan oldingi davrda logopedik ishlarni muntazam olib borish yo‘li bilan tovushlar talaffuzidagi murakkab buzilishlarning oldini olish muhim ahamiyatga ega.
|
| |