|
Norqulov jaloliddin o’tkir o’G’li —korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini takomillashtirish”
|
bet | 16/24 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 334,11 Kb. | | #154731 |
Bog'liq aaaa63
Evropa modeli. U ijtimoiy davlat modeli sifatida ham ta’riflanib, mehnat motivatsiyasi tizimini tashkil etishda davlatning ishtiroki nazarda tutiladi. Bu model Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Norvegiya, Fransiya, Finlyandiya kabi mamlakatlarga xosdir.
Amerika modelida mehnat motivatsiyasi tizimini tashkil etishda davlatning ishtiroki nisbatan kamroqdir. Bu tizim ko’proq AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi davlatlarga taalluqlidir.
Osiyo modeli. Ko’proq Yaponiya, Janubiy Koreyaga xos bu motivatsiya tizimi asosida xodim o’zaro munosabatlarida bir-biriga hurmat, katta yoshdagilarga izzat-ikrom, o’zaro ishonch yotadi. Yapon menejmentining yetakchilari K.Matsusita va A.Morita korxona strategiyasi va tashkiliy tuzilmasi asosiga inson xohish-istagi va qobiliyati qo’yilishi kerak degan qoidani ilgari suradilar. A.Moritaning ta’kidlashicha, “Birorta nazariya, dastur yoki hukumat siyosati korxona muvaffaqiyat qozonishini ta’minlay olmaydi. Buni faqat insonlar ta’minlay oladilar”.
“HPU”, “Mitsubishi”, “Toyota”, “Nissan” kabi yirik yapon kompaniyalarining ishlab chiqarishni tashkil etishdagi tajribalari, ularning ulkan muvaffaqiyatlari bevosita ana shu tamoyilga tayangan holda xodimni mehnatga eng samarali ravishda qiziqtira olganliklari samarasi ekanligidan dalolat beradi.
Xususan, A.Morita tomonidan “HPU” kompaniyasi uchun ishlab chiqqan asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
kompaniya uchun yirik maqsadlarni tanlash va xodim oldiga ulkan ilmiy- texnikaviy vazifalarni quyish;
xodimda bir oila a’zolari xis-tuyg’ularini shakllantirish va butun choralar bilan rag’batlantirish;
xodim ijodiy tashabbuskorligini butun choralar bilan kuchaytirish, ongli ravishda qat’iy rejalashdan voz kechish.
Xitoyda korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi ularda eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun maxsus jamg’arma tashkil etilishida
o’z ifodasini topgan. Mazkur jamg’arma orqali korxonalarga grantlar ajratish
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Norqulov jaloliddin o’tkir o’G’li —korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini takomillashtirish”
|