Norqulov jaloliddin o’tkir o’G’li —korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini takomillashtirish”




Download 334,11 Kb.
bet14/24
Sana11.02.2024
Hajmi334,11 Kb.
#154731
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
aaaa

59

qurish quyidagi vazifalarni yechishni o’z ichiga oladi:

  • har bir xodimning ishlanmagan pul mablag’larini olish imkoniyatlaridan tashqari o’z mehnatining samaradorlik zahiralaridan foydalanishdagi va ko’rsatishdagi manfaatdorligini oshirish;

  • mehnatga haq to’lashda tenglashtirish holatlarni bartaraf qilish, ham individual ham jamoaviy ish haqining mehnat natijalariga bevosita bog'liqligiga erishish;

  • turli xil kategoriyadagi va kasbiy malakaviy guruhlar xodimlarining bajaradigan ishlarining murakkabligi, mehnat sharoitlari, kasblarning yetishmovchiligini e’tiborga olgan tarzda, shuningdek, yakuniy natijaga erishishi uchun ishlovchi turli xil guruhlarning va ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini hisobga olgan holda mehnatga haq to’lash munosabatlarini optimallashtirish.

Boshqarishning quyi bo’g'inida mehnatga haq to’lashni tashkil etishning o’ziga xos xususiyati mavjud. Mehnatga haq to’lash, kadrlarni joy-joyiga qo’yishda hal etuvchi omil hisoblanadi, zero u xodimlar daromadlarini shakllantiradi va ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. U o’z ichiga quyidagi daromad manbalarini qamrab oladi:

  • kafolatlangan ish haqi (maosh, tarif stavkasi);

  • asosiy ish haqiga qo’shimcha to’lovlar (ziyon uchun, ko’p yillik xizmat, kasblarni qo’shib olib borish, qo’shimcha ish soati, xizmat safari to’lovlari);

  • mukofot to’lovlari (mavsumiy to’lovlar, foydadan %);13

Korxona faoliyati xodimlar tizimini yanada takomillash tirishda albatta moddiy rag’batlantirish eng asosiy ta’sir qiluvchi usullardan hisoblanadi lekin bugungi kunga kelib bu usul eskirib qolgan deyish mumkin ya’ni nafaqat moddiy rag’bat balki nomodiy rag’bat ham unga ish faoliyatini yanada samarali qilishga asos bo’ladi. Misol uchun nomoddiy rag’batlantirishga oddiy o’zaki maqtov yoki bo’lmasam ko’pchilik oldida topshirilgan faxriy yorliq, korxona rahbarini har bir xodimlar bilan o’g’zaki ularning hol-ahvolini so’rab turish.




4-rasm. Korxonalarda mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag’batlantirish


usullari

  • erishilgan natijalar uchun taqdirlash (% foydadan, komissionlar, ob’ektni ekspluatatsiyaga kiritish va boshqalar);

  • ijtimoiy ne’matlar personal oladigan pul va moddiy ne’matlar yig’indisi;

  • pansionat, dam olish uylariga imtiyozli yo’llanmalar va boshqalar;

  • korxona kiyim-kechagi, uy-joy uchun kreditlar ajratish va boshqalar;

  • sport va sog'lomlashtirish inshootlaridan foydalanish, yubileylarga sovg'alar, malaka oshirish uchun to’lovlar va boshqalar.

Ijtimoiy kafolatlar: ta’til uchun kompensatsiya to’lovlar; kasallik varaqalarini to’lash; stipendiyalar; hayotni sug’urtalash; yordam pullarini to’lash.
Respublikamizda hozirgi paytda amalga oshirilayotgan mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bilan tartibga solish quyidagilarni o’z ichiga oladi:14

  • mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorini qonun bilan belgilash va

o’zgartirish;

  • korxona va tashkilotlar tomonidan mehnatga haq to’lashga ajratiladigan mablag’larni, shuningdek, jismoniy shaxslarning daromadlarini soliq bilan tartibga solish;

  • koeffitsientlarni va foiz ustamalarini belgilash;

  • mehnatga haq to’lash bo’yicha davlat kafolatlarni belgilash.

Mehnatga haq to’lashni rag'batlantirish, bundan tashqari, bosh, tarmoq, hududiy, jamoa va yakka tartibdagi shartnomalar hamda bitimlar asosida amalga oshiriladi. Mehnatni me’yorlashtirish - mavjud texnologiya doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan mehnat miqdorini baholash bo’yicha chora-tadbirlardir.
Personalni boshqarishda mehnatni me’yorlashtirish bo’yicha faoliyat kompleks hisoblanib, u aralash vazifalarni yechish imkonini beradi. Me’yorlashtirishning asosiy maqsadlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • ishlab chiqarishni rejalashtirish va personalga bo’lgan ehtiyojni aniqlash (sifat va miqdor);

  • ish haqi xarajatlari hisob-kitobi;

  • ishlab chiqarish samaradorligi va natijaviyligining o’zgarishini baholash.

Korxonalarida savdoni rag’batlantirishning turli xil usullari turlicha
maqsadlarga qo’llaniladi va javob beradi. Xizmat ko’rsatish korxonalari (masalan, savdo korxonasi)da yangi xaridorlarni jalb etgan, mahsulot sotilishini tezlashtirishga hissa qo’shgan, foydalanuvchilarning takroriy xaridlari sonini oshirishga muvaffaq bo’lgan xodimiga nisbatan rag’bat rag’batlantirish orqali choralarini amalga oshiriladi. Personal sotishni rag’batlantirish(mahsulot- xizmatning sotilishi)ga undovchi qisqa muddatli tadbirlarda faol qatnashsa, tovarlar va xizmatlarni xaridorlar uchun yanada jozibali ko’rinishda havola etsa, savdo joylarida amalga oshiriladigan reklama tadbirlari maxsus rejalari odatda cheklangan vaqt doirasida mo’ljallab ishlab chiqishda qatnashsa, tovarlar yoki xizmatlarni sotish uchun reklamadan foydalangan holda yoki foydalanmasdan ishlab chiqilgan maxsus marketing texnologiyasini qo’llasa, sotuvchilar albatta
quyidagi iqtisodiy usular orqali rag’batlantiriladi: ulgurji va chakana savdo bilan

Download 334,11 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Download 334,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Norqulov jaloliddin o’tkir o’G’li —korxonalarda personalni boshqarish tizimini va rahbarlik uslubini takomillashtirish”

Download 334,11 Kb.