• Leksikologiya.
  • Konnotativ semalar
  • Nukus davlat pedagogika instituti "kelishilgan"




    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/196
    Sana09.12.2023
    Hajmi2,1 Mb.
    #114299
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   196
    Bog'liq
    Nukus davlat pedagogika instituti kelishilgan

    Imlo qoidalari. Kirillcha o‗zbek yozuvining imlo qoidalari. Lotincha o‗zbek 
    yozuvining imlo qoidalari. 
    Hozirgi o‗zbek adabiy tili yozuv tizimlari haqida tarixiy-xronologik 
    ma‘lumot. 
    Orfoepiya. Orfoepiya haqida ma‘lumot. Unli tovushlar orfoepiyasi. Undosh 
    tovushlar orfoepiyasi. So‗z qismlari talaffuzi. Boshqa tillardan o‗zlashtirilgan 
    ayrim so‗zlar orfoepiyasi. 
    Orfoepiyaning adabiy til faoliyatida tutgan o‗rni, uning fonetika, grafika va 
    orfografiya bilan aloqasi. 


    80 
    Leksikologiya. Leksikologiyaning ob‘ekti, predmeti va vazifalari. Lug‗at 
    tarkibi, uning taraqqiyoti va lug‗at tarkibining rivojida lisoniy (lingvistik) va 
    nolisoniy(ekstralingvistik) omillarning ishtiroki. 
    Leksikologiyaning turlari: umumiy va xususiy leksikolgiya. Diaxron (tarixiy) 
    va sinxron (hozirgi yoki tasviriy) leksikologiya. Leksikologiyaning semasiologiya, 
    onomasiologiya, etimologiya, frazeologiya, so‗z yasalishi kabi hodisalar bilan 
    aloqasi.  
    So‗z va uning asosiy mohiyati. Leksik mazmunli va grammatik mazmunli 
    so‗zlar. Leksema til birligi sifatida. Leksemaning ifoda hamda mazmun plani. 
    Leksemaning semantik tarkibi. Leksik ma‘no va qo‗shimcha ottenkalar. 
    Emotsional-ekspressiv bo‗yoqdorlik, uslubiy baho haqida ma‘lumot. Leksik 
    ma‘noning semantik tarkibi. Leksik ma‘no tarkibga ajraladigan til birligi sifatida. 
    Leksik ma‘no va semantik qism (sema). Komponent tahlil haqida ma‘lumot. 
    Ideografik sema. Umumiy (integral, mushtarak), differentsial (farqlovchi) semalar. 
    Tildagi barcha leksik birliklarni tematik, leksik-semantik guruhlarga ajratishda 
    integral semaning ahamiyati.
    Konnotativ semalar. Termin nominativ birlik sifatida va uning mazmun 
    plani.
    Leksik ma‘no va leksik qo‗llash. Leksemaning uzual hamda okkazional 
    ma‘nolari haqida ma‘lumot. Okkazional ma‘nolarning yuzaga kelishi. 
    Bir ma‘nolilik (monosemiya) va ko‗p ma‘nolilik (polisemiya). Leksik ma‘no 
    taraqqiyotiga olib keluvchi nolisoniy va lisoniy omillar. Leksik ma‘no 
    taraqqiyotiga olib keluvchi metafora, funktsiyadoshlik, metonimiya, sinekdoxa 
    usullari haqida ma‘lumot. Yangi leksik ma‘noning evfemizm natijasida hosil 
    bo‗lishi. Leksik ma‘no taraqqiyotiga olib keluvchi lisoniy omillar sifatida: ellipsis 
    hamda kalkalash usullari haqida ma‘lumot.
    Leksik ma‘no taraqqiyoti natijalari. Leksema tarkibidagi leksik ma‘nolarning 
    hajmiy va miqdoriy o‗zgarishlari. Leksik ma‘no hajmining kengayishi va torayishi. 
    Leksema tarkibidagi leksik ma‘nolarning miqdoriy o‗zgarishlariga olib keluvchi 
    hodisalar. Leksik ma‘noning turlari. Hozirgi va avvalgi leksik ma‘no. Bosh va 
    hosila; to‗g‗ri va ko‗chma; nominativ (nomlovchi) va figural (majoziy) ma‘nolar 
    haqida ma‘lumot. Etimologik ma‘no. Ma‘no etimoni va shakl etimoni. Ilmiy 
    etimologiya, soxta etimologiya va xalq etimologiyasi o‗rtasidagi farqlar. 

    Download 2,1 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   196




    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nukus davlat pedagogika instituti "kelishilgan"

    Download 2,1 Mb.
    Pdf ko'rish