Juftlikni rupi balansligi Juftlikni balansligi kabelni sifatini aniqlaydigan
xarekteristikasidir, chunki bu balanslik xarekteristikasi uning boshqa xususiyatlariga
ta`sir etadi. Gap shundaki, ya`ni EM (Electro Magnetic) elektr magnit maydoni
o`tkazgichlarda elektr toki paydo qiladi. Bu elektr toklar o`z navbatida em1,em2
xalaqitlarni paydo qiladi.
EM–elektr magnit maydonlari oralig‘ida va tok tashuvchi o`tkazgichlarni
o`zaro xarakati signalni uzatishni sifatiga salbiy ta`sir qilishi mumkin. Balanslangan
juftlikni ikkala o`tkazgichida em1 , em2
xalaqitlar amplitudalari bir xil, fazalari qarama-qarshi (S1 va S2) bo`lgan signallar
paydo qiladi.SHuning xisobiga ―ideal juftlikning‖ umumiy nurlanishi nol‘ga
yaqinlashadi. 3.15-rasmda balanslangan ideal juft kabelning fizik modeli va unda
paydo bo`ladigan parametrlarni yo`nalishlari keltirilgan.Bu erda –S1 va S2, em1 va
em2 elektromagnit xalaqitlar chiqargan signallar. Agarda kabelda bitta juftlikdan
ko`prok juftlik qatnashsa, u xolda elektromagnitli balansni buzish mumkin bo`lgan,
o`zaro chiqaradigan xalaqitlarni yo`q qilish uchun juftliklar xar xil qadam bilan
o`raladi.