• I-BOB. Go’sht va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlarning ahamiyati. 1.1 Go’sht mahsulotlari haqida ma’lumot.
  • Oʻzbekiston -finlandiya pedagogika instituti Sanʼatshunoslik fakulteti Texnologik taʼlim yoʻnalishi talabasi shomurodova mohinurning Servis xizmati fanidan kurs ishi go’shtdan tayyorlanadigan taom turlari va tayyorlash jarayoni kimyoviy tarkibi va




    Download 4,75 Mb.
    bet2/6
    Sana22.05.2024
    Hajmi4,75 Mb.
    #250491
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    KURS ISHI.TAQDIMOTI.MG.

    Kurs ishimni maqsadi:
    Go’shtdan tayyorlanadigan taom turlari va tayyorlash jarayoni kimyoviy tarkibi va to’yimliligi o’rganish.
    Kurs ishimni vazifasi:
    Go’sht mahsulotlaridan taom tayyorlash texnologiyasini o’rgatish.

    I-BOB. Go’sht va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlarning ahamiyati.
    1.1
    Go’sht mahsulotlari haqida ma’lumot.
    Kundalik taomlarimizni go'sht va go'sht mahsulotlarisiz tasavvur etishimiz qiyin. Respublikamiz oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri go'sht sanoati hisoblanadi. Bu borada chorvadorlar, fermerlar va malakali texnologlar muhim o'rin tutadilar. Ma'lumki go'sht va go'sht mahsulotlari tarkibida to'la qimmatli oqsillar ko'p miqdorda bo'lganligi uchun har bir inson organizmi uchun zarur va muhim hisoblanadi

    I-BOB. Go’sht va go’sht mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlarning ahamiyati.
    1.1
    Go’sht mahsulotlari haqida ma’lumot.
    Inson organizmini energetik va plastik moddalar bilan ta'minlashda birorta oziq mahsuloti go'shtning o'rnini bosa olmaydi. Go'sht oqsillari o'simlik oqsillaridan bir necha barobar yuksak bo'lganligi uchun ham muhim energiya manbayi hisoblanadi. Binobarin, go'shtning inson kundalik hayotida tutgan o'rni beqiyosdir. Go'sht tarkibida barcha muhim elementlar tayyor hold a bo'lganligi sababli, inson organizmida moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
    Go'shtning energetik qiymati (kaloriyaliligi) uning sifatiga, molning semiz-oriqligi, boqish usuli, oziqlantirish, yoshi, jinsi, fiziologik holati va boshqalarga bog'liq bo'lgani holda 1 kilogrammda taxminan 1200-2800 kilokaloriya va undan ko'proq bo'lishi tajribalarda sinab ko'rilgan. Oriq mol go'shtida yog' miqdori o'rtacha 3,30% bo'lsa, yuqori semizlik darajasiga yetkazilgach u 23,0 % gacha ko'payishi mumkin ekan. Shuningdek, paylar miqdori oriq mollarda 14 % bo'lsa, yuqori daraja semiz mollarda u atigi 9,6 % ga to'g'ri kelar ekan. Lahm go'sht tarkibidagi kimyoviy moddalarning miqdori mollarning semizlik darajasi bilan belgilanadi. Mollarning semizligi qanchalik yuqori bo'lsa, ularning go'shtidagi suv (68,5%) hamda oqsil (17,6%) kamayishi bilan, yog' miqdori (23 %) va umumiy kaloriyaliligi (2850 kkal) shuncha yuqori bo'ladi.
    Go’shtda suvda va yog da eruvchi vitaminlar ham boʻladi. Suvdaeruvchi vitaminlarga B B,, B B PP va C kiradi. Go'shtlarningyog to'qimasida asosan, yog'da eruvchi A, D va E vitaminlariuchraydi. Mineral moddalar miqdori goʻshtda 0,8%dan 1,3%gacha bo’ladi Ularning asosiy miqdorini kaliy hamda fosfor tashkil etadi.Shuningdek, go shtda kalsiy magniy, temir, mis, rux va boshqa elementlar ham borligi aniqlangarn
    Go'sht oqsil, yog', mineral va ekstraktiv mahsulotlarga
    boy mahsulot hisoblanadi. Goʻsht oqsillari kishi toʻqimalarining tuzilishiga va mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Yog' csa cncrgiya manbayidir. Ekstraktiv mahsulotlar goʻshtli taomlarni xushxo’r va mazzali qiladi. Shu sababli ular kishi sckrctsiya bezlaridan suyuqlik ajratish jarayoniga ta'sir ctib, taom hazm boʻlishini ta'minlaydi.
    Go'sht tarkibida uglevod va darmondorilar boʻladi. Go'sht tarkibida nihoyatda murakkab hisoblangan nukleoproteidlar ham uchraydi. Bular, ribonuklein va dezoksiribonuklein kislotalari, elastin, kollagen va mukoproteinlardir.

    Download 4,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 4,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston -finlandiya pedagogika instituti Sanʼatshunoslik fakulteti Texnologik taʼlim yoʻnalishi talabasi shomurodova mohinurning Servis xizmati fanidan kurs ishi go’shtdan tayyorlanadigan taom turlari va tayyorlash jarayoni kimyoviy tarkibi va

    Download 4,75 Mb.