O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi Respublika bolalar kutubхonasi Fan: Kimyo Kimyoni bilasizmi?




Download 0.74 Mb.
bet5/16
Sana24.03.2017
Hajmi0.74 Mb.
#1387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
To’yingan uglevodorodlar-uglerod atomlari o’zaro oddiy bog’ bilan, qolgan valentliklari vodorod bilan to’yingan uglevodorodlar.

  • To’yingan uglevodorodlar-atsiklik va alitsiklik uglevodorodlarga bo’linadi.

  • Atsiklik uglevodorodlar-halqali tuzilishga ega bo’lmagan alifatik uglevodorodlar.

  • Alitsiklik uglevodorodlar-halqali tuzilishga ega bo’lgan uglevodorodlar.


    To’yingan uglevodorodlar alkanlar, parafinlar, to’yingan alifatik uglevodorodlar deb ham ataladi.



    Alkanlar-ochiq zanjirli to’yingan uglevodorodlar

    Ular CnH2n+2 umumiy formulaga ega bo’lgan gomologik qatorni tashkil qiladi.



    Gomologik qator deb, tarkibi va kimyoviy xossalari o’xshash va bir-biridan CH2-atomlar guruhida gomologik farq qiluvchi moddalar qatoriga aytiladi.

    • To’yingan uglevodorodlarning gomologik qatoriga CH4, C2H6, C3H8, C4H|0, C5H12…..lar kiradi.

    Alkanlarning elektron tuzilishi. Metan molekulasi tetraedr shaklida bo’lib, C-H bog’idagi burchak kattaligi 109°28'ga teng. Etanning molekulasi ham shunday burchak kattaligiga teng C-H bog’li ikki uglerod tetraedridan iborat. Boshqa barcha alkanlarda uglerod zanjiri C-H bog’i orasidagi burchak kattaligi 109°28'bo’lgan zigzagsimon fazoviy tuzilishga ega. Buning sababini tushunish uchun metanning elektron tuzilishini ko’rib chiqamiz. Uglerod atomi qo’zg’almagan holatida ls22s22p2 elektron tuzilishiga ega bo’ladi (A). Qo’zg’algan holatga o’tganda 2s2-elektronlar juftining ajralishi va ulardan birining 2p-orbitalga o’tishi kuzatiladi (B).





    Shunday qilib, qo’zg’algan uglerod tashqi elektron pog’onasida to’rtta valent elektron: bitta 2s-elektron va uchta 2p-elektronlarga ega bo’lib qoladi. 2p-bulutlar bir-biriga nisbatan 90° ostida joylashadi va x, y, z o’qlari bo’ylab joylashadi.Buning natijasida metandagi uglerod va to’rtta vodorod atomlari orasidagi kovalent bog’lar bir xil emasdek bo’ladi. Bitta bog’ uglerodning 2s-buluti va vodorodning ls-buluti bilan hosil bo’lsa, qolgan uchta bog’ 2px, 2p , 2pz-bulutlari bilan vodorodlarning ls-bulutlari orasida hosil bo’ladi. Ammo, amaliy tajribalar asosida metandagi C-H bog’larning barchasi shakl, energiya va to’g’ri tetraedr uchlariga yo’nalish bo’yicha bir xilligi tasdiqlangan.

    1931-yilda L.K.Poling bu hodisani tushuntirib berdi. Uning aytishicha, bog’ hosil bo’lishida elektron bulutlari bir-biri bilan aralashib ketadi va orbitallar shakl va energiya bo’yicha tenglashib qoladi. Bu hodisani gibridlanish deb, yangi orbitallarni esa aralashgan yoki gibridlangan orbitallar deb ataldi.







    Metanda C-H bog’i hosil bo’lishida sp3 simvoli bilan belgilanuvchi, noksimon shakldagi gibrid orbitallar qatnashadi. Gibrid orbitallarning cho’ziq noksimon shakli uglerodga birikayotgan atomlar orbitallarining kuchliroq qoplanishini va natijada molekula barqarorligini ta'minlaydi. Bu gibrid sp3-orbitallar vodorodning to’rt atomi s-orbitallari bilan qoplanib, bir-biriga nisbatan 109°28' burchak ostida bo’lgan 4 ta o-bog’li, mustahkam tetraedr molekula hosil qiladi.

    Alkanlar molekulasidagi o-bog’larning hosil bo’lishida har doim gibrid sp3-orbitallar ishtirok etadi. Etan molekulasi yettita: bitta sp3-sp3 (C-C) va oltita sp3-s (C-H) o-bog’ hosil qiladi. Shunday qilib, alkanlardagi barcha bog’lar gibridlangan holda bo’ladi. [tetraedral gibridlanish NH4+, BH4+ ionlari va qisman suv molekulasida (shuning uchun O-H bog’i orasidagi burchak 90° dan katta, 104° ga teng; 90° li burchak gibridlanmagan я-о-bog’larga xos) H2S, PH3, AsH3 kabi birikmalarda bog’lar orasidagi burchak 90° ga teng va ularda gibridlanish mavjud emas]. Alkanlar molekulalari qutbsiz bo’ladi.



    Izomeriya va nomenklaturasi. Alkanlarning gomologik qatorida zanjir izomeriyasi kuzatiladi. Metan, etan, propan izomerlarga ega emas. Butanni C4H)0 ikki hil tuzilishli izomerlari mavjud.



    14-jadvalga e'tibor bering. To’yingan uglevodorodlarning nomlanishida –an qo’shimchasi ishlatilmoqda. Metan, etan, propan, butan, pentan va hokazo.


    Download 0.74 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi Respublika bolalar kutubхonasi Fan: Kimyo Kimyoni bilasizmi?

    Download 0.74 Mb.