• Fizik xossalari va tabiatda uchrashi
  • To’ymgan uglevodorodlar. Umumiy formulasi CnH2n+2




    Download 0.74 Mb.
    bet6/16
    Sana24.03.2017
    Hajmi0.74 Mb.
    #1387
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    To’ymgan uglevodorodlar. Umumiy formulasi CnH2n+2


    Alkan

    Formulasi

    Agregat holati

    Harorat, °C

    suyuqlanish

    qaynash

    Metan

    CH4

    Gaz

    -189,5

    -161,4

    Etan

    С2Н6

    Gaz

    -183

    -88,6

    Propan

    СзН8

    Gaz

    -189,9

    -42,2

    Butan

    С3H10

    Gaz

    -138,3

    -0,5

    Pentan

    C5H12

    Suyuqlik

    -129,7

    +36,0

    Geksan

    С6Н14

    Suyuqlik

    -94,3

    +68,7

    Dekan

    С10Н22

    Suyuqlik

    -29,7

    + 174,0

    Geksadekan

    С16Н34

    Qattiq

    +18,2

    +270,0

    Agar to’yingan uglevodorod molekulasidan bitta vodorod chiqarib olinsa, qolgan atomlar guruhi radikal deb ataladi va radikal nomiga -il qo’shimchasi qo’shiladi. Metil, etil, propil, butil, pentil va hokazo.

    Bir hil tarkibli izomerlarni nomlashda, masalan, pentan izomerlarining barchasi bir hil nom bilan atalmaydi. Shuning uchun xalqaro nazariy va amaliy kimyo kengashining yig’ilishida organik moddalarni nomlanishi kelishib olingan.

    Uglevodorodni nomlash uchun quyidagi tartib va qoidalarga amal qilinadi:

    1. Uglevodorod molekulasidagi uglerod zanjiriga e'tibor beriladi, eng uzun zanjir - asosiy zanjir tanlanib, zanjirga birikkan radikallar qaysi tomonga yaqin bo’lsa o’sha tomonga raqamlanadi.

    Radikallar asosiy zanjirning qaysi raqamli a'zosiga birikkanligiga e'tibor beriladi. Radikalning nomi o’qiladi. Agar bitta uglerodga birikkan bo’lsa raqam ikki marta takrorlanadi: 2-metil, 2,2-dimetil va hokazo.

    Tarmoqlanmagan zanjirli uglevodorodning nomi o’zgarishsiz nomlanadi.

    1) n-pentan.

    Uglevodorodni nomlashda avval asosiy zanjirga birikkan radikallar nomi va asosiy zanjirning qaysi uglerodiga birikkanligini ko’rsatuvchi raqam va asosiy zanjirning nomi aytiladi.

    2) 2-metilbutan:

    3) 2,2-dimetilpropan.

    Geksanning izomerlari 5 ta, izomerlarining tuzilish formulasini yozib nomlaymiz.


    Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Uglevodorodlardagi uglerod atomlari soni ortib borishi bilan ularning suyuqlanish va qaynash haroratlari ortib boradi. Barcha alkanlar suvdan yengil va unda erimaydi. Ular tabiatda keng tarqalgan, neft, tabiiy va yo’ldosh gazlar tarkibida uchraydi.

    Kimyoviy xossalari. Alkanlardagi barcha valentliklar to’yingan bo’lganligi uchun ular kimyoviy jihatdan inertlik namoyon qiladi. Ularning asosiy kimyoviy xossalarini metan misolida ko’rib chiqiladi.



    • Tabiatda uchrashi

    • To’yingan uglevodorodlarning izomeriyasi, nomlanishi, xossalari.

    • Sikloparafinlar, ularning tuzilishi, tabiatda uchrashi, amaliy ahamiyati.

    Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Metan-alkanlarning oddiy vakili bo’lib, rangsiz, hidsiz, havodan yengil, suvda yomon eriydigan gaz modda. Metan tabiiy gazning 90-98% ini tashkil qiladi. Toshko’mirni quruq haydash hamda neftni qayta ishlashdan olinadigan gazlar, yo’ldosh gazlar tarkibida uchraydi.

    Metan ko’pincha botqoq yoki ruda gazi deb ham ataladi. Botqoq sharoitida o’simliklar havosiz chiriganda, yer ostida toshko’mirning sekin-asta parchala-nishidan metan hosil bo’ladi.





    Download 0.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To’ymgan uglevodorodlar. Umumiy formulasi CnH2n+2

    Download 0.74 Mb.