Toshko’mir. Yoqilg’i sifatida
ishlatffishidan tashqari, undan
metallurgiya sanoatida rudalardan
temirni suyuqlantirib olishda ko’p miqdorda kerak bo’ladigan koks ham tayyorlanadi.
Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.
Temir (lot. Ferrum), Fe - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat.
Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi.
Koks olish maxsus koks tayyorlash zavodlarida amalga oshiriladi. Toshko’mir maxsus koks pechlarida havosiz sharoitda 1000°C gacha qizdirib, quruq haydaladi (kokslanadi), bunda uchuvchan moddalar, uglerod va kul aralashmasidan iborat g’ovak birlashma (substansiya)-koks hosil bo’ladi. Bu aralashma 25-79°C gacha sovutilganda undan toshko’mir smolasi, ammiak suvi, koks gazi deb ataluvchi gazsimon mahsulotlar olinadi.
Toshko’mir smolasi dastlabki vaqtlarda koksokimyo sanoati va gaz sanoati chiqindisi sifatida tashlab yuborilardi, hozir esa undan bir qator organik moddalar olishda manba sifatida foydalaniladi. Buning uchun uni fraksion haydashga berilib, natijada bir necha fraksiyalar: 1) arenlar va ularning hosilalarini (benzol, toluol, kislotalar va b.) tutuvchi, qaynash harorati 170°C gacha bo’lgan
yengil moy; 2) fenol, naftalin tutuvchi, qaynash harorati 170-230°C oralig’ida bo’lgan
o’rta moy; 3) naftalin va uning gomologlarini tutuvchi, qaynash harorati 230-270°C oralig’ida bo’lgan
og’ir moy; 4)
antratsen, fenantren va boshqalarni tutuvchi,
qaynash harorati 270-350°C oralig’ida bo’lgan antratsen moyi; 5) pek (kuyindi) deb ataluvchi, qora qoldiq massa olinadi.
Ammiak suvi ammiak, ammoniy xlorid va karbonatdan iborat suvli eritma bo’lib, undan azotli o’g’itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Koks gazi tarkibiga benzol, toluol, ksilollar, fenol, ammiak,
vodorod sulfid, sian birikmalari va boshqa moddalar kiradi. Koks gazidan ammiak, vodorod sulfid, sian birikmalari alohida ajratilgandan so’ng benzol va boshqa qimmatbaho moddalar olinadi.
Toshko’mirni to’g’ridan-to’g’ri yoqib ishlatish undan foydalanishning samarali yo’li emas. Ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali usul uni gazsimon va suyuq yoqilg’i holiga qayta ishlab, qimmatbaho kimyoviy moddalarini ajratib olib foydalanishdir. Hozirgi vaqtda ko’mirlarni suyuq yoqilg’i-benzin, dizel yoqilg’isi, mazut holida qayta ishlab bera oladigan uskunalar mavjud.
Neft - gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning aralashmasidan iborat moysimon, rangi - sariq yoki och-qo’ng’ir rangdan qora ranggacha, yoqimsiz hidga ega,
suvdan yengil, zichligi 730 dan 860 kg/m
3 gacha bo’lgan suyuqlik.
Neftda uglevodorodlardan tashqari bir oz miqdor naften kislotalari, oltingugurt va azot tutgan birikmalar bo’ladi. Turli joylardan qazib olinadigan neftning tarkibi ham har xil bo’ladi. Ichki yonuv dvigatellari uchun suyuq yoqilg’ining asosiy manbai va kimyo sanoati uchun qimmatbaho xomashyo bo’lgan neftdan sintetik kauchuklar, plastmassalar, kimyoviy tolalar va boshqa ko’plab moddalar olinadi. Neftni qayta ishlashda uni gazlardan, suv va oltingugurt birikmalaridan, naften kislotalari va tuzlardan tozalab olinadi. Shundan so’ng uni fraksiyah haydashga beriladi. Bunda bir qator fraksiyalar: 1) C4-C12 uglevodorod tarkibli birinchi fraksiya (35-l95°C)-benzin; 2) C9-C16 uglevodorod tarkibli ikkinchi fraksiya (200-300°С)-*егаял; 3) 300°C dan yuqori haroratda qaynovchi uglevodorodlar fxaksiyasi-mazut olinadi.
Benzin va kerosinni ikkilamchi fraksiyali haydashga berilganda turli markadagi maxsus yoqilg’ilar, turli navdagi aviatsiya va avtomobil yoqilg’ilari, yorituvchi, traktor uchun yengil va og’ir kerosinlar olinadi. Kerosin raketa dvigatellari uchun yoqilg’i hisoblanadi.
Raketa (ital. rocchetta - pirpirak) - maxsus raketa yonilgʻisi (ish jismi) yonganda paydo boʻladigan kuch taʼsirida sarakatlanadigan uchuvchi apparat. Raketa yonilgʻisi turiga koʻra, qattiq yoqilgili va suyuq yonilgʻili xillarga boʻlinadi.
Mazut bug’ qozonlari uchun yoqilg’i, surkov moylari, vazelin, parafin olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Uni o’ta qizigan bug’ yordamida (uglevodorodlar parchalanib ketishining oldini olish uchun) haydaladi. Mazutdan mashina moyi, avtol, aviatsiya moylari kabi bir qancha turdagi mineral moylar ham olinadi.
Neftni haydashdan qolgan qoldiq-neft kuyindisi (pek) yoki gudron deb ataladi va yo’l qoplamalari tayyorlashda ishlatiladi.
Neftni to’g’ridan-to’g’ri haydashda benzinning chiqish unumi 5-14 % ni tashkil etadi. Neftning boshqa fraksiyalari hisobiga benzin unumini oshirish maqsadida uni krekingga uchratiladi:
Neft krekingi benzinning chiqish unumini 65-70 % gacha orttirishga imkon beradi. Kreking paytida ajraladigan gazlar ham katta ahamiyatga ega. Ular kimyo sanoati uchun xomashyo bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar tutadi.
Har bir neft qazib olinadigan joylarda erigan yoki erkin holda tabiiy, yo’ldosh gazlar uchrab turadi. Ularda metan kamroq, asosan, etan, propan, butan va boshqa uglevodorodlar bo’ladi.
Neftekimyo korxonalari (neft haydash zavodlari, neftni qayta ishlash zavodlari, organik sintez zavodlari) atrof-muhitning zararli moddalar bilan ifloslanishida, inson organizmi uchun zaharli moddalar havoga tarqalishida salbiy o’rin tutadi. Shuning uchun atrof-muhitni himoya qilish va tozalikni saqlash yo’lida chiqindisiz texnologiyalar, xomashyoni kompleks qayta ishlash imkoniyatini beruvchi konstruksiya-tuzilmalarni loyihalashtirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.
Tabiiy gazlar. Tabiiy gaz tarkibi ham qazib olinadigan joyiga bog’liq ravishda o’zgarib turadi:
uning asosiy qismini metan, qolganini etan, propan, butan, pentan kabi gazsimon uglevodorodlar tashkil qiladi.
Tabiiy gazlar yoqilg’i sifatida va kimyo sanoatida xomashyo sifatida ishlatiladi Xomashyo sifatida tabiiy gaz tarkibidan quyi haroratli fraksiyalash yoki gazlarni erituvchilar bilan adsorbsiyalab, so’ngra fraksiyalarga ajratib haydash orqali olingan metan, propan, butan va boshqa uglevodorodlar ham ishlatiladi.
o’zbekistonda katta miqdorda toshko’mir, neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo’lib, kimyo sanoati tarmoqlarida ularni qayta ishlovchi korxonalar samarali faoliyat ko’rsatmoqda.
Hozirgi kunda insoniyat oldida organik yoqilg’ilarai energetik maqsadlarda qo’llashning o’sishini oldini olish, uning o’rniga quyosh, shamol, daryo va dengiz, okean suv kuchlari, atom yadrosi, biologik chiqindilar kabilardan foydalanish, ozod etilgan organik yoqilg’ilarni esa kimyoviy xomashyo sifatida ishlatish muammosi turibdi, ko’plab olimlar shu muammo ustida izlanishlar olib bormoqdalar.