|
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|
bet | 14/15 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #254808 |
Bog'liq kurs ish Mustanova Nargiza 403Аmаliy mаshg‘ulоt. Guruch pishirish. Аmаliy mаshg‘ulоt uchun zаrur bo‘lgаn аsbоb vа idishlаr: gаz plitаsi, qozon, turli kаttаlikdаgi idishlаr, kapgir, qoshiq va likоpchаlаr. Kerаkli mаsаlliqlаr: guruch 250 g, suv guruchning ko‘milishiga qarab, tuz 15 g, pista yog‘i 30 g (2 osh qoshiq). 114 Ish bаjаrish tаrtibi: 1. Guruchni yaxshilab tozalab yuviladi va iliq suvda 20 daqiqa ivitiladi. 2. Qozonni qizdirib, 2 osh qoshiq yog‘ solinadi. 3. Guruch qozonga solinadi, aralashtiriladi va tuz qo‘shiladi. 4. 2 daqiqadan so‘ng guruchni 2 sm gacha ko‘mib turadigan darajada suv quyiladi. 5. Guruch suvni tortib olgach, uni 20–25 daqiqaga dimlanadi (1-rasm, a). 6. 20–25 daqiqadan so‘ng tayyor bo‘lgan guruch likopchaga solinadi va ustidan qaylasi quyiladi, dasturxonga tortiladi (1-rasm, b). Qayla tayyorlash uchun kerаkli mаsаlliqlаr: mol go‘shti – 100 g, kartoshka – 1 dona, pomidor – 1 dona, bulg‘or qalampiri – 1 dona, sarimsoqpiyoz – 3 bo‘lak, selderey – 0,5 bog‘. Ish bаjаrish tаrtibi: 1. Qizigan qozonga 1 cho‘mich yog‘, so‘ng yupqa to‘g‘ralgan go‘sht, birozdan keyin piyoz solib, yaxshilab qovuriladi. 2. Shundan so‘ng pomidor (yoki tomat) solib, yaxshilab qovurib, ketidan kartoshka, so‘ng selderey, 3 dona sarimsoqpiyoz solinadi. 3. Keyin bulg‘or qalampirini solib, biroz qovurib, so‘ng suv solinadi. 4. O‘rta olovda yarim soatcha qaynagandan so‘ng, selderey bargini solib, olov o‘chiriladi.
1-rasm. Guruch pishirish jarayoni
Xulosa
Hozirgi bosqichda maktab o‘quvchilarini texnologik tayyorlashning maqsad va vazifalari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, malakali ishchilar va muhandislik-texnik kadrlar tayyorlash zarurati bilan belgilanadi. “Texnologiya” ta'lim yo‘nalishi - maktabdagi asosiy amaliyotga yo‘naltirilgan ta'lim yo‘nalishi - yoshlarni moddiy va ma'naviy hayotda faol ishtirok etishga tayyorlaydigan ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammoni hal qilishga yordam beradi. Texnologiya darslarida texnologik bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, ayniqsa loyiha faoliyati jarayonida oʻquvchi "iste'molchi" dan "ishlab chiqaruvchi" ga aylanadi, bu esa unga ijtimoiy ishlab chiqarish sohasidagi faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi; Texnologiya ta'limi va texnologik ta'lim shaxsning o‘zini o‘zi anglashi va uning fuqarolik rivojlanishiga yordam beradi. Dizayn texnologiyalari texnologik ta'limning asosiy maqsad va vazifalarini hal qilish bilan eng mos keladi.
O‘zbek xalqi – mehmondo‘st xalq. Har bir xonadonda mehmon kelishi bilan dasturxon yoziladi. Yozilgan dasturxonga urf-odatlarimizga ko‘ra, noz-ne’matlar qo‘yiladi. Dasturxon yozishning ham qator qoidalari mavjud. Albatta ularga amal qilish lozim. Tuzaladigan dasturxon toza va dazmollangan bo‘lishi kerak. U xontaxta yoki stol oyog‘ini yarmigacha berkitib turishi lozim. Dasturxondagi pichoq, sanchqi va qoshiqlar orasini 1 cm dan ochib qo‘yish zarur. Pichoq qo‘yilganda, uning tig‘li tomoni likopchaga qaratilib qo‘yilishi kerak. Qo‘l sochiqlarini imkon qadar dasturxonga moslab tanlash tavsiya etiladi. Har bir kishiga bittadan qo‘l sochig‘i qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Mehmonlarga qulay bo‘lishi uchun non dasturxonning bir nechta joyiga qo‘yilishi lozim. Mehmonlarga bir necha xil taom tortishni istasangiz, ovqatlarni oz-ozdan suzing. Xamirli ovqatlar qatiq yoki qaymoq bilan tortiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|