|
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|
bet | 2/15 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #254808 |
Bog'liq kurs ish Mustanova Nargiza 403Kurs ishining maqsadi : Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida texnologiya ta’lim metodikasi fanidan nazariy yoki amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish, ularda oʻquv maqsadlariga aniq yoʻnaltirilgan metod va usullardan foydalangan holda nazariy yoki amaliy mashgʻulotlarni noan’anaviy tarzda tashkil etish metodikasiniishlab chiqish va amliyotga tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari: Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslari bilan tanishish, texnologiya fanidan “Qovoq shaklida choynak yopgich tikish"ni oʻqitishning metodik shart-sharoitlarini oʻrganish va tahlil qilish, texnologiya fanidan “Qovoq shaklidachoynak yopqich tikish” mavzusidagi mashgʻulotni tashkil etish, oʻtkazish va amaliyotda qoʻllash metodikasini oʻrganish.
Kurs ishining obyekti : Umumta'lim maktablarida Texnologiya darslari
Kurs ishining predmeti :Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida texnologiya fanini oʻqitishda qoʻllaniladigan pedagogik texnologiyalarni oʻtkazish metodikasi va ilmiy asoslari.
Kurs ishining me’yoriy-huquqiy asoslari. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3151-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-sonli qonuni.
Kurs ishining strukturaviy tuzilishi
Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovadan iborat.
II.Asosiy qism
2.1. Texnologiya darslarida servis yoʻnalishini oʻqitishning pedagogik shart- sharoitlari.
Texnologiya darslarida oʻquvchilarning texnik ijodkorligini, qobiliatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metal va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini oʻrgatish orqali kasb-hunarga yoʻnaltirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, roʻzgʻorshunosli, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yoʻllash boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qoʻllay olish layoqatini shakllantirish koʻzda tutilgan. Texnologiya ta’limining maqsadi: oʻquvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan amallar yuzasidan olgan bilim, koʻnikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qoʻllay bilishi, kasb-hunarga yoʻnaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirish olish layoqatlarini shakllantirishdan iborat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|