• 5. Ekskursiya darsi.
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 1,47 Mb.
    bet6/15
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #254808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    kurs ish Mustanova Nargiza 403

    4. Aralashgan dars.
    Maktablarda eng koʻp tarqalgan dars tiplaridan biri boʻlib, bu tipdagi dars barcha elementlarning birga qoʻshilishidan iborat. Aralashgab darsda tushuntirishga kata e’tibor qaratiladi. Har xil ish shakllarining bitta dars doirasida qoʻshilib ketishi boshlangʻich sinflar uchun tipik hisoblanadi. Bu dars bitta oʻquv mashgʻulotida darsning boshqa tiplari afzalliklarining goʻyo birlashtirilishi demakdir, bunda darsning qismlari oʻzaro mustahkam aloqada va bogʻlqi boʻlishiga harakat qilish lozim.
    1. Darsning boshlanishini tashkil etish.
    2. Uy vazifasini tekshirish, soʻrash va baholash.
    3. Oʻtilganlarni mustahkamlash va yakunlash.
    4. Darsning maqsad va vazifalarini bayon qilish.
    5. Yangi mavzuni tushuntirish.
    6. Yangi mavzuni mustahkamlash.
    7. Uyga vazifa berishva darsni yakunlash.

    5. Ekskursiya darsi.
    Bu dars tipi noan’anaviy dars tiplaridan biri boʻlib, oʻquvchilar va oʻqituvchilardan alohida tayyorgarlikni talab etadi. Bu dars tipi oʻz ichiga 4 ta yirik bosqichlarni qamrab oladi.
    1. Oʻqituvchining tayyorgarligi-muayyan mavzuni, ekskursiyaning maqsadi va boriladigan joyni belgilash, ekskursiya uyushtiriladigan joyni oʻrganishva u bilan oldindan tanishish, oʻquvchilar kuzatishi kerak boʻlgan ob’yektlarni tanlab olish va ekskursiya rejasini ishlab chiqish.
    2. Oʻquvchilarning tayyorgarligi-ekskursiyada oʻrganiladigan narsani ilgari mashgʻulotlar bilan qurollangan holda idrok etishga tayyor boʻlgan paytlarda olib borish lozim. Ular ilgari olgan bilimlar va malakalar ekskursiya vaqtida eng koʻp samara beradigan yangi kuzatishlar oʻtkazishda hamda yangi fikrlarni shakllantirish imkonini beradi.
    3. Ekskursiyani oʻtkazish-oldindan belgilangan tartibda oʻtkazilishini ta’minlash, ekskursiya vaqtida oʻqituvchi hamma oʻquvchilarni e’tabor markazida boʻlishi, tushuntirish puxta, tushunarli, har bir oʻquvchi ongiga yetib boradigan darajada boʻlishi lozim. Agar oʻqituvchi ekkusriya vaqtida tushuntirishni mutaxassisga topshiradigan boʻlsa, u bilan mazkur tushuntirishlarning shakli va mzamuni haqida oldindan kelishib olishlari zarur.
    4. Ekskursiyaga yakun yasash-ekskursiya tugatilib, yakunlovchi suhbat oʻtkaziladi. Rejada barcha qoʻyilgan masalalar koʻrib chiqilishi va ularning birga oʻtkazilgan kuzatishlar asosida javob berilishi lozim. Bunda qoʻshimcha material, masalan, gazeta maqolalaridan, kitoblardan olingan ma’lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ekskursiya yakuni boʻyicha hisob yozish, tassurotlar asosida rasm chizish va insho yozish mumkin.
    Bundan tashqari texnologiya darslarini yaxshi tashkil etish uchun turli koʻrinishdagi interfaol metodlardan foydalanilsa, yanada samarali dars oʻtilishi mumkin.
    Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida oʻqitishning zamonaviy metodlari keng qoʻllanilmoqda. Oʻqitishning zamonaviy metodlarini qoʻllash oʻqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning oʻzlashtirish darajasi oʻsishiga olib keladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng koʻp tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qoʻllanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari koʻp boʻlib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qoʻllash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun toʻgʻri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil ragʻbatlantirib turilishi, oʻquv materialini kichik-kichik boʻlaklarga boʻlib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yoʻnaltiruvchi matn, loyiha, rolli oʻyinlar kabi metodlarni qoʻllash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni oʻzaro muloqotda, oʻzaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat oʻquvchi-talabani mustaqil fikrlashga oʻrgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Oʻqitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, oʻquv muassasasining oʻquv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, oʻqituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.

    Download 1,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 1,47 Mb.