• Professional ta’lim fakulteti Texnologik ta’lim metodikasi kafedrasi Texnologik ta’lim yo‘nalishi TT – 403 guruh talabasi
  • K U R S I S H I Kurs ishi rahbari: _________ X.Muxamedova Toshkent – 2024 MAVZU
  • II.Asosiy qism 2.1.Texnologiya darslarida servis yoʻnalishini oʻqitishning pedagogik shart- sharoitlari………………………………………………………………………..................................
  • 3.3 6-sinf texnologiya darsida " Un va don mahsulotlari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati.............................................................
  • I.Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 1,47 Mb.
    bet1/15
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #254808
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    kurs ish Mustanova Nargiza 403


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA
    MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI


    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI




    Professional ta’lim fakulteti
    Texnologik ta’lim metodikasi kafedrasi


    Texnologik ta’lim yo‘nalishi
    TT – 403 guruh talabasi
    Mustanova Nargizaning
    Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan


    " Un va don mahsulotlari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati"mavzusidagi
    K U R S I S H I


    Kurs ishi rahbari: _________ X.Muxamedova


    Toshkent – 2024
    MAVZU: " Un va don mahsulotlari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati"

    Mundarija
    I. Kirish…………………………………………………………………………......................................
    II.Asosiy qism
    2.1.Texnologiya darslarida servis yoʻnalishini oʻqitishning pedagogik shart- sharoitlari………………………………………………………………………..................................
    2.2.Servis xizmati yoʻnalishida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va uni oʻtkazish jarayoni……………………………………………………………......................
    3.3 6-sinf texnologiya darsida " Un va don mahsulotlari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati.............................................................
    III.Xulosa…………………………………………………………………………..................................
    IV.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………………...…...................
    V.Ilova


    I.Kirish
    Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Bugungi kunda maktab ta’lim tizimini isloh qilish munosabati bilan oʻquvchilarning mustaqil fikrlash va ongli kasb tanlashini shakllantirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy ta'limda asosiy e’tibor oʻquvchilar tomonidan “bilimlarni oʻzlashtirish”dan ularning kompetentsiyasini shakllantirishga qaratiladi. "Bilim, koʻnikma va malakalarning klassik shakllanishi" dan farq qiladigan koʻplab zamonaviy innovatsion pedagogik yondashuvlar orasida rivojlanish va shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvlarni amalga oshirish uchun koʻproq imkoniyatlarni ta'minlaydigan loyiha faoliyatini tashkil etish alohida oʻrin tutadi.
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida maktab oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, oʻquv yuklamalari va fanlarni qayta koʻrib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi hamda oliy taʼlim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirilishi , taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitiladigan fanlar qayta koʻrib chiqilishi, mutaxassislikka aloqasi boʻlmagan fanlar sonini 2 barobarga qisqartirish vazifalari berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida ilgʻor mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar faoliyati olib bormoqda.
    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyada texnologiya fani dasturlarining mazmun mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini taʼminlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Maʼlumki, rivojlangan mamlakatlar oʻz iqtisodiy doktrinalarida tashqi tahdidlarga qarshi kurashishga, rivojlanayotgan mamlakatlar esa ichki tahdidlarga qarshi kurashishga koʻproq eʼtibor berishadi. Oʻzbekiston uchun tashqi tahdidlardan biri ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida ortda qolishdir.
    Yigʻilishni olib borgan Taʼlim inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari Odil Qoʻysinov tashqi va ichki tahdidni bartaraf qilish, sanoat rivojlanishining industriyasiga barqaror oʻtishning eng muhim omillaridan biri – bu umumtaʼlim maktablarida “Texnologiya” fanini oʻqitishni yangi bosqichga koʻtarish ekanligini taʼkidladi.
    Ushbu yigʻilishdan maqsad ham aynan vazirliklararo taʼlim turli mazmuni uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash hamda fan dasturlarini toʻliq izchilligini taʼminlash maqsadida texnologiya fanidan “Uzluksiz texnologiya fani konsepsiyasi” va fan dasturlarini takomillashtirish boʻldi.
    Yakunda texnologiya fanidan uzluksiz fan konsepsiyasi va malaka talablari hamda xar bir taʼlim turi boʻyicha oʻquv reja va fan dasturlari uzluksizlik va uzviylikni taʼminlagan xolda ishlab chiqish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
    Oʻquvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini oʻrgatish orqali kasb-hunarga yoʻnaltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, roʻzg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yoʻllash boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qoʻllay olish layoqatini shakllantirish koʻzda tutilgan.

    Download 1,47 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 1,47 Mb.