• Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: Interfaol metodlar
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 1,47 Mb.
    bet7/15
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #254808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    kurs ish Mustanova Nargiza 403

    Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi boʻlgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qoʻllanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.
    Ta’lim oluvchi markazda boʻlgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon boʻladi:
    *ta’lim samarasi yuqoriroq boʻlgan oʻqish-oʻrganish;
    *ta’lim oluvchining yuqori darajada ragʻbatlantirilishi;
    *ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
    *ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
    *ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qoʻllab-quvvatlanishi;
    *amalda bajarish orqali oʻrganilishi;
    *ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
    Shunday qilib, fanlarni oʻqitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish oʻziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab oʻrganish va amalda qoʻllash oʻquvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning toʻgʻri echimini topishlariga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Oʻquvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda oʻquvchi-talabalarning bilim, koʻnikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi. Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum boʻladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltiramiz. Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin.
    Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
    Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “Oʻquv keyslari”), “Blist-soʻrov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
    Interfaol ta’lim strategiyalari. “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham koʻproq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli boʻlib, ularning orasida boshqa farqlar yoʻq.

    Download 1,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 1,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 1,47 Mb.