• 2. Fan dasturi
  • 3. Kalendar mavzuli reja va dars ishlanma.
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 1,47 Mb.
    bet4/15
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #254808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    kurs ish Mustanova Nargiza 403

    1. Meyoriy hujjat-bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga mzakur ishni qanday qilib bajarish lozimligini mashgʻulotning mazmuniga bogʻliq holda oʻzlashtirilgan bilimlarga amal qilishlari lozimligini uqtiradi, mashgʻulotga aloqador dasturlar bilan, ish oʻrni va uning jihoziga boʻlgan talablar, oʻquvchilar rioya qilishlari kerak boʻlgan texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirib, yoʻriqnoma beradi.
    2. Fan dasturi har bir oʻquvchining bajarayotgan ishiga qarab alohida koʻrsatmalar berib boriladi, bunda oʻqituvchi konsultant vazifasini bajaradi, har qaysi oʻquvchining yoʻriqnomaga boʻlgan talabi qondiriladi. Oʻquvchilarning savollariga javob berib boriladi, mashgʻulot davomida shuni ham nzarda tutish kerakki, mumkin qadar oʻqituvchining savoliga bolalarning oʻzlari javob berishlarini ta’minlash va ayniqsa u yoki bu operatsiya davomida oʻquvchilarning oldindan oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarini ta’minlashi lozim.
    3. Kalendar mavzuli reja va dars ishlanma. yakunlashda asosan oʻquvchilar tomonidan bajarilgan ishdagi yutuq va kamchiliklar thlil qilinadi, bunda nazariy bilimlarni amaliy qoʻllanilishiga oid maslahatlar alohida oʻrin egallashi lozim. Shu bilan birga bu yoʻriqnoma oʻquvchilarning kelajakdagi mustaqil ishlari uchun asosiy dastur boʻlib qolishi lozim.
    Dars mashgʻulotining muvaffaqiyati koʻp jihatdan oʻqituvchining tayyorgarligiga bogʻliq. Oʻqituvchining har tomonlama puxta tayyorgarligi ta’limning muvaffaqiyatli hamda samarali boʻlishining garovi hisoblanadi. Oʻqituvchi oʻquv fanlarining mazmunini va izchilligini yaxshi tasavvur eta olishi kerak. Fanning istiqbollari haqida umumiy tasavvurga ega boʻlmay turib, chuqur asoslangan dars oʻtkazishga umid qilish qiyin. Har qanday darsga tayyorlanayotib, unda oʻquv fanining umumiy mazmunini aks ettirish lozim. Har bir oʻquv fanida chuqur oʻzlashtiruvchi gʻoyalar mavjud. Oʻquv fanidagi gʻoyalar va mavzularning izchilligi va oʻzaro bogʻliqligini tasavvur etgan holda oʻqituvchining darsga tayyorgarligi asosan ikki yoʻl bilan olib boriladi:
    1. Oʻqituvchining oʻz fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi;
    2. Oʻqituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
    Oʻqituvchining umumiy tayyorgarligi oʻquv yili boshlanishi oldidan va yillar davomida olib boriladi. Bu tayyorgarlik oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
    a) oʻquv yili boshlanishiga qadar oʻzi dars olib borayotgan sinflar dasturini sinchiklab oʻrganib, tahli qilib chiqish;
    b) oʻqitiladigan oʻquv fani boʻyicha umumiy va alohida mavzularga oid darslik, oʻquv materiallari, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni oʻrganib chiqish;
    v)oʻqitiladigan oʻquv fani va t’lim-tarbiyaga oid meodik adabiyotlar, bolalar adabiyoti bilan tanishib borishi;
    g) shu fan boʻyicha yangidan nashr qilingan tasviriy koʻrgazma materiallari, oʻquv tajriba asbob-uskuna va apparatlarni oʻrganish;
    d)ilgʻor oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganis, oʻz ustida ishlab, bilimini kengaytirish;
    e) umumiy tayyorgarlik dastur materialini oʻquv rejasidagi soatlar boʻyicha
    taqsimlab, yarim yillikka yoki bir yillikka moʻljallab tuziladigan taqvim-mavzu rejasi yakunlaydi.
    Oʻqituvchining darsga kundalik tayyorgarligi quyidagi tartibda olib boriladi:
    a) taqvim-mavzu rejasi asosida dars mavzusini, maqsad va vazifalarini, tipini, tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash;
    b) dars uchun kerakli koʻrgazmali qurollar, didaktik materiallar va zarur jhozlarni tayyorlash;
    v)darsning asosiy vazifalariga muvofiq ravishda uning har bir qismi uchun zarur boʻlgan material: faktlar, misollar, mashqlarni tanlash;
    g) darsning har bir qismi uchun ta’lim metodlarini toʻgʻri tanlash:
    d)oʻquvchilarning dars davomida va uyda bajaradigan mustaqil ishlari uchun vazifalarni tanlash.
    Oʻqituvchining amaliy mashqlarga tayyorlanish yoʻllari oʻqish jarayonini rivojlantirishda muhim oʻrin egallaydi. Oʻqish jarayonini rejalashtirish orqali oʻqituvchi va oʻquvchilarning ustaxonalaridagi ishlarida mehnat oʻqitishning vazifalari va maqsadlariga uning tamoyillariga va oʻquvchilar bilan ishlashga qoʻyiladigan boshqa talablariga bogʻlanish hamma ishlarni oldindan rejalashda muhim.
    Oʻqish ishini rejalashtirish quyidagicha asosiy didaktik vazifalarni bajaradi:
    1. Oʻqish jarayonini moddiy tomondan oʻz vaqtida ta’minlash imkoniyatiga ega
    boʻladi. Haqiqatdan ham ustaxonalarda turli materiallar va asboblar bilan ta’minlash muddatlari oldindan belgili boʻladi;
    2. Texnologiya darslarining mazmuni bilan boshqa oʻqish predmetlarining mazmuni oʻrtasidagi bogʻlanishini shakllantiradi, oʻqituvchi oʻqish jarayonini oʻqish materialini darslarga boʻlib, texnologiya boʻyicha aniq mavzuni oʻrganishga, oʻquvchilar fizika, kimyo, matematika va boshqa darslarda qanday bilimlar olganligini aniqlaydi;
    3. Oʻquv ustaxonalarida ish olib borilishi jarayonida oʻquvchilarning ishlarini vaqt boʻyicha toʻgri taqsimlash katta ahamiyatga ega boʻlib, uni rejalash ish samaradorligini oshiradi;
    4. Oʻquv yilining tamom boʻlishi va boshlanishidan oldin asbob-uskunalarining sharoitini tekshirib chiqish maqsadga muvofiq.
    Bir soatli darsga moʻljallangan dastur materiallarining mazmunini bayonqilish, didaktik maqsad va talablarga muvofiq tarzda tashkil qilingan mashgʻulot turi dars tipi deb yuritiladi. Oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalar bilan qurollantirishda mashgʻulotning asosiy qismini ishgʻol qilgan ta’lim shakli u yoki bu dars tipini tashkil qiladi. Maktablarimizda eng koʻp qoʻllaniladigan dars tiplari quyidagilar:

    Download 1,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 1,47 Mb.