• 2. Bilimlarni umumlashtiruvchi-takrorlash darsi.
  • 3. Koʻnikma va malakalarni shakllantiruvchi mustahkamlovchi dars.
  • Yangi bilim beruvchi va bilimlarni dastlabki mustahkamlovchi dars




    Download 1,47 Mb.
    bet5/15
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #254808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    kurs ish Mustanova Nargiza 403

    1. Yangi bilim beruvchi va bilimlarni dastlabki mustahkamlovchi dars.
    Bu dars tipining asosiy vazifasi turli oʻquv fanlariga oid qonuniyatlarni, qoidalarni, gʻoyalarni, faktlarni oʻrgatish va ularni datslabki mustahkamlash. Bu dars tipida quyidagicha vazifalar hal etialdi: oʻquv materialining asosiy gʻoyasi, maqsadni anglash, shu bilimlarning inson faoliyatidagi ahamiyatini fahmlash, yangi oʻquv materialiga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish, ularning asosiy xususiyatini tushunish, oʻrganilgan bilimni qayta esga olish yoʻlini, uni amaliyotda qoʻllash yoʻllarini egallash. Bu dars tipi boshlangʻich sinflarda asosan ona tili, matematika, tabiatshunoslik fanlarida oʻquv yilining va choraklarning boshlanishida, yangi bilim va mavzuning boshlanishida qoʻllaniladi.
    1. Darsning boshlanishini tashkil etish-2-5 daqiqa
    2. Darsning maqsad va vazifalarini belgilash va yangi mavzuni tushuntirish- 15-20 daqiqa
    3. Yangi mavzuni mustahkamlash-15-20 daqiqa
    4. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish-2-3 daqiqa
    2. Bilimlarni umumlashtiruvchi-takrorlash darsi.
    Bunday tipdagi darsning oʻziga xos xususiyati va murakkabligi oʻquv materiali chegarasini aniq belgilab olishda asosiy gʻoyalarni, tushunchalarni, qoidalarni, holatlarni ustalik bilan ta’kidlashda shularga tegishli mashqlarni tanlay bilish. Takrorlash vaqtida darsning tarbiyaviy jihatiga koʻproq e’tibor berish talab etiladi. Bunda oʻquv materialini qiziqarli faktlar, voqealar va taassurotlar bilan bogʻlab toʻldirish lozim. Umumlashtirishning xususiyatlaridan biri, u koʻproq oʻquvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qiladi.
    1. Darsning boshlanishini tashkil etish-2-5 daqiqa
    2. Uy vazifasini tekshirish, soʻrash va baholash-15-20 daqiqa
    3. Oʻqitilgan oʻquv materialini takrorlash va umumlashtirish-15-30 daqiqa
    4. Darsga yakun yasash va uyga vazifa berish-2-3 daqiqa
    3. Koʻnikma va malakalarni shakllantiruvchi mustahkamlovchi dars.
    Bunda darsning asosiy qismi amaliy vazifalar qoʻyish, muammoli vaziyatlar va vazifalarni hal etish, chiniqtiradigan mashqlarni, mustaqil ishlarni bajarishdan iborat. Darsning muvaffaqiyatli mashqlarini makur sinfdagi oʻquvchilarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlashga bogʻliq boʻladi. Mashqlar oʻquvchilarning kuchi va bilimiga mos boʻlishi lozim. Ammo oʻquvchilarda oʻz kuchiga ishonch hosil boʻlishini tarbiyalash uchun yengilroq masalalarni ham oʻz ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatini berish uchun ancha murakkablarini ham kiritish maqsadga muvofiq.
    1. Darsning boshlanishini tashkil etish. Darsning maqsad va vazifalarini bayon qilish.
    2. Uy vazifasini tekshirish, soʻrash va baholash.
    3. Oʻtilganlarni mustahkamlash.
    4. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish

    Download 1,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi bilim beruvchi va bilimlarni dastlabki mustahkamlovchi dars

    Download 1,47 Mb.