• 2.2. Servis yoʻnalishida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va uni oʻtkazish jarayoni.
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 1,47 Mb.
    bet9/15
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #254808
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
    Bog'liq
    kurs ish Mustanova Nargiza 403

    1-jadval
    Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimalarga bogʻliq, degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda ta’lim metodlarini toʻgʻri tanlash va ularni qoʻllash samaradorligining turli omillar bilan bogʻliqliklari quyidagicha qayd qilinadi:
    # birinchidan, oʻquv mashgʻulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bogʻliq;
    #ikkinchidan, bayon qilinadshan materialning harakteriga bogʻliq;
    #uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bogʻliq;
    #toʻrtinchidan, oʻquv jarayonida oʻrganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bogʻliq;
    #beshinchidan, oliy oʻquv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bogʻliq;
    #oltinchidan, oʻquv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bogʻliq;

    2.2. Servis yoʻnalishida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va uni oʻtkazish jarayoni.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3151-sonli qarorida o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini ko‘rish eng muhim vazifalardan biri etib tayinlanganligi ta’lim jarayonida nazariy bilim bilan birgalikda amaliy bilimlarning ham ahamiyatini koʻrsatadi.
    Amaliy mashgʻulot deganda, oʻquvchilarning oʻquv materialini faol, ongli va mustahkam oʻzlashtirish maqsadida mehnat oʻqituvchisi rahbarligida amalga oshiriladigan ham jamoa ham yakka holdagi ish turlarini oʻz ichiga oladigan oʻquv mehnat faoliyatini aniq tashkil etishni tushunish kerak. Texnologiya sohasidagi amaliy mashgʻulotlar turli xilda boʻlishi, ya’ni yangi texnik-texnologik ma’lumotlarni mehnat operatsiyalarini oʻrganishga, bilimlarni, mehnat koʻnikmalari va malakalarini mustahkamlashga, nazorat-tekshirish ishlari, korxonalarga ekskursiyalar oʻtkazish va hokazolarga bagʻishlangan mashgʻulotlar boʻlishi mumkin. Lekin oʻquv ustaxonalarida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlarning turlari xilma-xil boʻlishiga qaramasdan, ularning hammasi quyidagi umumiy talablarni qondirishi lozim:
    *mashgʻulotning maqsadi hamda vazifalari aniq va ravshan ifodalangan boʻlishi lozim;
    *mashgʻulotning tarkibini didaktik jihatdan ketm-ket (bilim, koʻnikma, malaka, mahorat) va oʻquv materialining mazmuniga toʻliq javob beradigan boʻlishi kerak;
    *amaliy ishlarning obyekti toʻgʻri tanlanishi, ijtimoiy foydali qiymatga ega boʻlishi va oʻrganiladigan mehnat operatsiyalari va usullarining talablariga muvofiq kelishi zarur;
    *mashgʻulotlarda foydalaniladigan mehnat ta’limi metodlari dars talablariga va oʻquv materialining mazmuniga toʻliq javob berishi lozim;
    *oʻquv ustaxonalarida mashgʻulotning tashkiliy-metodik tuzilishi oʻquvchilar bilan jamoa va yakka holda ish olib borishni nazarda tutishi kerak;
    *mehnat ta’limi boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda oʻtkaziladigan ta’lim ishlari tarbiyaviy tavsifiga ega boʻlishi, ya’ni maktab oʻquvchilarida qayta koʻrish ma’naviy sifatlarini tarkib topishiga yordam berishi lozim.
    Texnologiya sohasidagi amaliy mashgʻulotlar turlarining xilma-xilligiga qaramasdan, ulardagi umumiy didaktik elementlarni ham ta’kidlab oʻtish kerakki, bular oʻquvchilarni navbatdagi oʻquv materialini oʻzlashtirish uchun jalb qilishga qaratilgan mashgʻulotlarni uyushtirish;
    oʻquvchilarning oldingi mashgʻulotlardan oʻzlashtirgan bilimlari, mehnat koʻnikmalari va malakalarining darajasini tekshirish, yangi materialni tushuntirish va mehnat operatsiyalarini hamda amaliy ishlarni bajarish vaqtida mehnat usullarini koʻrsatib berish;
    Oʻquvchilarning yangi mavzuga oid operatsiyalar va ishlarni bajarish vaqtida ularning bilimi, mehnat usullari darajasini aniqlash;
    mehnat usullarini mashqlar bilan mustahkamlash va ularni dastlabki mehnat koʻnikmalari darajasiga yetkazish. Bunda texnologiya oʻqituvchisining puxta nazorat qilishiga erishish, amaliy topshiriqning mustaqil bajarilishi va oʻtgan mash’ulotning natijalariga yakun yasashdan iborat.
    Amaliy mashgʻulotlar oʻqituvchi tomonidan boshqarilib, oʻquvchilar tomonidan berilgan topshiriqlar ongli oʻzlashtiriladi, mehnat faoliyati aniq tashkil etiladi. Amaliy mashgʻulotlarda oʻquvchilar oldiga quyidagi maqsadlar qoʻyiladi: oʻquvchilarning oʻquv materialini, oʻzlashtirilgan bilimini, mehnat koʻinikmasini va malakalar darajasini tekshirish, yangi mavzuni tushuntirishda mehnat usullarini koʻrsatish, yangi mavzu boʻyicha oʻquvchilarning bajaradigan ishlari va bilim darajasini aniqlash, oʻquvchilarni oʻz-oʻzini nazorat qilishlari, amaliy ishlarni mustaqil bajarishlari hamda oʻquvchilarni amaliy mashgʻulotlar natijalarini yaxshilashga qaratish va hokazo.
    Amaliy laboratoriya ishlari oʻzida mashgʻulotning shunday turini ifodalaydiki, unda rahbarligida mashgʻulot davomida tadqiqotlar, tajribalar, kuzatishlar olib boriladi. Maxsus asboblar, uskunalar, moslamalar, apparatlar yordamida tajribalar oʻtkaziladi hamda toʻgʻri ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqarish imkoniyatlari oʻrganiladi. Amaliy-laboratoriya mashgʻulotlari gazlamashunoslik bilimini oʻrgatishda qoʻllaniladi. Bunday mashgʻulotlarda gazlamaning xossalari: sitiluvchanlik, ishqalanuvchanlik, gʻijimlanishi, tolaviy tarkibini aniqlashda qoʻllaniladi. Amaliy laboratoriya mashgʻulotlari oʻtkazish uchun avvaldan tayyorlaniladi; uskunalar, xona, tadqiqot obyektlari, topshiriq kartochkalari, hisobot uchun jadvallar shakllari tayyorlab olinadi. Amaliy laboratoriya ishlarini bajarish koʻrsatmasi boʻlishi, natijalar jamoa oʻrtasida muhokama qilinib, baholanishi kerak. Amaliy laboratoriya ishlari oʻquvchilarga faqat turli xil uskunalar, asboblar, moslamalar bilan ishlashni oʻrgatmay, balki oʻlchovlar, kuzatishlar natijalarini ishlab chiqishni oʻrganish hamda toʻgʻri ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqarish imkonini beradi.
    Yuqorida keltirilgan ta’riflar bilan bir qatorda amaliy mashgʻulotlarga quyidagicha ta’riflarni ham koʻrishimiz mumkin.
    Amaliy mashgʻulotlar deb, malaka va koʻnikmani shakllantirish hamda rivojlantirishga nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qoʻllashga qaratilgan ta’lim usuliga aytiladi. Bu usul amaliy professional yoʻnalishga ega texnik va texnologik fanlarni oʻrganishda katta ahamiyat kasb etadi.
    Amaliy mashgʻulotlar:
    -nazariy va amaliyot orasidagi bogʻlovchi zveno;
    -fan ichidagi va fanlararo bogʻliqliklarning samarali vositasi;
    -texnik va texnologik tafakkurni shakllantirish hamda rivojlantirishda zarur didaktik vosita;
    -talabalarning belgilarga oʻrgatilishi.
    Amaliy mashgʻulotlar nazariy ta’limda koʻpincha topshiriqlarning turli tiplari-hisobiy-analitik, konstruktiv va boshqa shaklda ifodalanadi. Koʻpincha mavjud “an’anaviy” usullar va uslubiy ta’limda talabalar maksimum ma’lumotlarni, xususan darslik mazmunini oʻzlashtiradilar. Ilmiy texnik progressga sabab boʻluvchi texnik va texnologik fanlarda nazariy va amaliy ma’lumotlar hajmining keskin ortib borishi bu maqsadga erishishni yanada qiyinlashtiradi. Bir qancha pedagog va psixologlar mavjud fikrlar oʻzgartirilishi lozimligi haqida “agar texnik oʻquv muassasasida talabalarga ma’lum hajmdagi ma’lumot shunchaki berilsa, bunday oʻqitish usuli vaqt va vositalarni bekorga sarflash hisoblanadi”, deyishadi. Bu fikrlarni rad etib boʻlmagani barobarida unga qoʻshilmaslikning iloji yoʻq. Bunga bogʻliq boʻlgan holda texnik va texnologik fanlarni oʻqitishda topshiriqlar rolini qayta koʻrib chiqish zaruriyati yuzaga keladi. Ma’lum ma’noda fanlar “topshiriq tamoyili”, ya’ni talabalarga amaliy tavsifga ega muammoli masala yechtirish orqali oʻrgatiladi.

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Download 1,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 1,47 Mb.