• Yakuniy qism
  • Mashgʻulotlarda oʻquvchilarga topshiriqlar
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti




    Download 1,47 Mb.
    bet10/15
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #254808
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    kurs ish Mustanova Nargiza 403

    Amaliy mashgʻulotning maqsadi: real amaliy faoliyat sharoitida talabalarning bilish faoliyatini tashkillashtirishdan iborat boʻlib, kirish, asosiy va yakuniy qismlardan tashkil topadi.
    Kirish qismi oʻquvchilarning ish topshiriqlarini bajarishga tayyorgarlik koʻrishlarini ta’minlaydi. Uning tarkibiga: mavzu, maqsad va vazifalarni bayon etish, talabalarning kasbiy tayyorgarligida uning ahamiyatini asoslash, ushbu mavzuning kursdagi boshqa mavzular bilan bogʻliqligini koʻrib chiqish, ishning nazariy asoslarini bayon etish, ish topshiriqlari tarkibi va oʻziga xosliklarini tavsiflash, ularni bajarishga yondashuv (metod. usullar) tushuntirish, ish natijalariga qoʻyiladigan talablarni tavsiflash, talabalarning ishni boshlashga tayyorgarliklarini tekshirish, oʻqituvchi nazorati ostida topshiriqlar namunasini bajarib koʻrish va shunga doir koʻrsatmalar berish kabilar kiradi.
    Asosiy qism oʻquvchilarning topshiriqlarni mustaqil bajarishlarini nazarda tutadi. Ish jarayonida qoʻshimcha tushuntirishlar, yuzagakelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish, ish natijalarini joriy nazorat qilish va baholash, talabalar savollariga javob berish kabilar birgalikda amalga oshirilishi mumkin.
    Yakuniy qism tarkibiga mashgʻulotning umumiy xulosasini (ijobiy, salbiy) chiqarish, ayrim talabalarning ish koʻrsatkichlarini yaxshilash va bilimlari, koʻnikma va malakalari tizimidagi boʻshliqlarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berish, bajarilgan ishlarni tekshirish uchun talabalarning hisobotlarini toʻplash, keying ishlarni bajarishga tayyorgarlik koʻrish, jumladan, oʻrganilishi kerak boʻlgan oʻquv adabiyotlari haqida ma’lumotlarni bayon etish kabilar kiradi.
    Mashgʻulotlarda oʻquvchilarga topshiriqlar:
    1) frontal
    2) guruhli
    3) individual tarzda beriladi.
    Mashgʻulotni frontal shaklda tashkil etishda barcha oʻquvchilar bir vaqtning oʻzida bir xildagi topshiriqni bajaradilar. Bunday shakldagi amaliy mashgʻulotda odatda talabalar tomonidan maktabda oʻqitiladigan birorta fanga doir oʻquv dasturi tahlil etiladi. Ayrim hollarda talabalarning biri oʻqituvchi, boshqalari esa oʻquvchilar sifatida mashgʻulot oʻtkazilishi mumkin. Darsning yakunida oʻquvchilar tomonidan dars tahlili amalga oshiriladi.
    Oʻqitishning bu shaklidan foydalanganda oʻqituvchining ish hajmi, ayniqsa, joriy instruktajda, frontal formadagidan koʻra ancha ortadi. Biroq bundagi xilma-xil ishlar sonining koʻp boʻlishi, oʻquvchilarda professional ilmlarning oʻsishigagina emas, balki politexnik bilimlar doirasining kengayishiga yordam beradi. Mashgʻulotni guruhli shaklda tashkil etishda bitta topshiriq bir nechta kishidan iborat boʻlgan kichik oʻquv guruhlarida bajariladi. Ikki kishilik (tekshiruvchi-tekshiriluvchi) yoki uch kishilik (tekshiruvchi-ota-ona-tekshiriluvchi) guruhlarda psixolo-pedagogik yoki logopedik tekshirishni oʻtkazish-maxsus fanlar boʻyicha koʻpgina laboratoriya ishlarining an’anaviy sxemasidir. Mashgʻulotlarni individual shaklda tashkil etishda talabalarning har bir individual topshiriqni bajaradi. Soʻngra ular ishni bajarish tajribasi bilan oʻzaro almashadilar.
    Darsni individual shakl asosida tashkil etganda, oʻqituvchi koʻproq tayyorgarlik koʻrishi kerak boʻlar ekan, bunda darsning individual shakli va individual instruktajdan iborat ikkita tushunchani bir-biridan farq qilish zarur. Individual instruktajni har qanday shaklda tashkil etilgan darsda qoʻllash mumkin, lekin bu ishning hajmi frontal dars shaklida kamroq, individual shakldagi darsda esa koʻproq boʻladi.
    Har qanday shakldagi amaliy mashgʻulotning muhim tomoni mashq hisoblanadi. Mashqning asosi-ma’ruzada rivojlantirilgan nazariy ma’lumotlar boʻyicha hal etiluvchi misol hisoblanadi. Qoidaga koʻra, talabalar faoliyati topshiriqlarni hal etish, chizmalar chizish, toʻgʻri tafakkur va nutqning asosi boʻlgan ilmiy kategoriya va tushunchalarni aniqlashtirishni belgilab beruvchi aniq koʻnikma va malakalarning shakllanishiga katta e’tibor qaratiladi. Mashqlarga misol sifatida matematika oʻqitish maxsus metodikasi, tabiatshunoslik oʻqitish maxsus metodikasi va boshqa mutaxassislik fanlaridan amaliy mashgʻulotlarda muammo va topshiriqlarni hal etishni koʻrsatib oʻtish mumkin. Talabalar bilan mashqni yechishda anglash va tushunish qobiliyati shakllanishiga ham e’tibor qaratilishi kerak.

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

    Download 1,47 Mb.