|
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|
bet | 8/15 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,47 Mb. | | #254808 |
Bog'liq kurs ish Mustanova Nargiza 403Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashgʻulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma koʻrinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham koʻproq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli boʻlib, ularning orasida boshqa farqlar yoʻq. Interfaol ta’lim metodlarini koʻpincha turli shakllardagi oʻquv mashgʻulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qoʻllanmokda. Bu metodlarni qoʻllash mashgʻulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif boʻyicha hozirgi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi oʻquv mashgʻulotlari texnologiyalari bilan qoʻllash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi jadvalda keltirildi. Bu jadvaldagi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi oʻquv mashgʻulotlari texnologiyalari bilan qoʻllash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan oʻquv mashgʻulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana koʻp interfaol metodlarni aniq maqsadlar yoʻlida qoʻllash mumkin ekanligini alohida ta’kidlash zarur (1-jadval).
Ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi oʻquv mashgʻulotlari texnologiyalari bilan qoʻllash uchun qulayligi
Oʻquv mashgʻulotlari texnologiyasi
|
Interfaol metodlar va ta’lim strategiyalari
|
Grafik organayzerlar
|
Ma’ruza mashgʻulotlari ta’lim texnologiyasi.
|
Erkin yozish. Asoslangan esse va b.
|
Klaster.
B-B-B chizmasi T-chizma va b.
|
Seminar mashgʻulotlari ta’lim texnologiyasi.
|
Aqliy hujum FSMU
Blist-soʻrov. Blist-oʻyin va b.
|
Venn diagrammasi. Konsteptual jadval va b.
|
Amaliy mashgʻulotlar ta’lim texnologiyasi.
|
Oʻqitish boʻyicha qoʻllanma.
Yozma va ogzaki davra suhbati va b.
|
Insert jadvali.
“Nima uchun” chizmasi. “Qanday?” diagrammasi va b.
|
Mustaqil ta’lim texnologiyasi.
|
Tushunchalarni aniqlash va b.
|
Baliq skeleti va b
|
Keys-stadi ta’lim texnologiyasi.
|
Tushunchalar asosida matn tuzish va b.
|
Toifalash jadvali va b.
|
Loyihali ta’lim texnologiyasi.
|
Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi va b.
|
Nilufar guli va b.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
|