Texnologiya ta’limining vazifalari




Download 1,47 Mb.
bet3/15
Sana27.05.2024
Hajmi1,47 Mb.
#254808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ish Mustanova Nargiza 403

Texnologiya ta’limining vazifalari:
-turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni oʻrgatish, oʻlchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga oʻrgatish;
-xalq xoʻjaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar toʻgʻrisida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;
-mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfszilik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini oʻrgatish;
-oʻquvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini oʻrgatish, ish-boshqaruv unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish;
-oʻquvchilarda bilimga intilish, mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga nisbatan hurmat hissini shakllantirish va ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
-xalq hunarmandchiligi kasblarini oʻrgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivohjlantirish, milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini oʻrgatish, ulardan oʻz amaliy faoliyatlarida foydalanish koʻnikmalarini mustahkamlash;
-yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika va jihozlarining qoʻllanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida hamda jahon tajribalariga mos holda oʻrganishlarini ta’minlash;
-turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qoʻllaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni oʻrgatish;
-oʻquvchilarda umummehnat koʻnikma va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga koʻra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos boʻladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;
-materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni oʻrganish;
-texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat amallarini bilish;
-texnik va kreativ fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
-texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;
-jarayonlarni bajarilishiga oid hulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;
-kasb tanlashga yoʻnaltirishdan iborat.
Texnologiya fanining estetik madaniyat va ijodiy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi:
*mustaqil ishlarga ijodiy yondashib, kreativ fikrlay oladi;
*buyumlarni konstruksiaylash va modellashtirish ishlarini bajara oladi;
*xalq hunarmandchiligi turlari boʻyicha buyumlarni loyihalay oladi;
*sxema asosida oddiy va harakatlanuvchi modellarni yasay oladi;
*egallagan hayotiy odob-axloq qoidalari, mehnatsevarlikka oid asosiy tushunchalarga rioya eta oladi;
*hozirjavoblik, ishchanlik, faollik, va muomala madaniyatiga amal qila oladi;
Texnologiya fanining jismoniy rivojlanish va oʻz-oʻzini asrash kompetensiyasi:
*turli materiallardan yasaladigan buyumlarni oʻlchash, rejalash, yelimlash,
sodda loyihalash ishlarini bajara oladi;
*turli materiallardan yasaladigan buyumlarni qurish-yasashda ishni ketma ketlikda bajarish rejasini tuzadi;
*sodda buyumlarni tikadi;
* kichik hajmdagi buyumlarni toʻqiydi;
*oʻtkir va tigʻli asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi;
*tabiiy va turli materiallarning xususiyatlarini tavsiflaydi va farqlay oladi;
*materiallarni saralay oladi;
*buyum va mahsulotlarni texnologik loyihalay oladi;
*materiallarga sovuq va issiq ishlov berish usullarini bajara oladi;
*detallarni bir-biriga yopishtirishda maxsus yelimlardan foydalana oladi;
*texnik obyektlarni biladi va texnologik jarayonlarni qoʻllay oladi;
*kichik hajmdagi sodda buyumlarni tikadi va toʻqiy oladi;
*asbob-uskunalarni saqlash va ta’mirlash ishlarini bajara oladi;
*elektrotexnika, avtomatika va rabotatenika turlarini tavsiflay oladi;
*sodda elektrotexnika ishlarini bajara oladi;
*zamonaviy bozor munosabatlariga moslashadi hamda faoliyat yurita oladi;
*oʻz mehnat harakatlarini oʻquv topshiriqlari asosida muntazam takrorlay oladi;
*oʻquv-amaliy topshiriqlarni tizimli, tartib-intizom asosida bajara oladi;
*kasblar olami va kasblarda mehnat turlarini biladi, kasn-hunarlarga oid ma’lumotlarni toʻplaydi va tavsiflay oladi. 6-sinf “Servis xizmati” yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilar quyidagi bilimlarga ega boʻlishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar, sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari; un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati; pazandachilik xonasida ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari; oshxona asboblarida metall, chinni, spool, fanas, plastmassa, shisha idishlardan toʻgʻri foydalanishningahamiyati; sovutgich va muzlatgich, termos, mikrotoʻlqinli elektropechlarning tuzilishi va ahamiyati; foydalanish texnologiyasi;
6-sinf “Servis xizmati” yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilar quyidagi koʻnikmalarga ega boʻlishlari kerak:
Pazandachilik asoslari: pazandachilik xonasini jihozlashga qoʻyiladigan talablar; tvorojnik, pudring tayyorlash va dasturxonga tortish tartib qoidalari; xamirdan “somsa” pishirish; oʻzbek milliy taomlarni tayyorlash; tushlik uchun dasturxon tuzash; parxez taomlar tayyorlash, dasturxonga tortish;
Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning ijobiy hal etilishi mashgʻulot (ta’lim jarayoni) mazmuni, ta’lim shakli, metodlari hamda vositalarining samaradorligiga bogʻliq boʻladi. Ta’lim shakli, metodlari hamda vositalari ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularda chuqur bilim va dunyoqarashni hosil qilishda xizmat qiladi. Ta’lim shakli oʻqituvchi va oʻquvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga ma’lum rejimda tashkil etiladigan failoyatning tashqi ifodasi. Qadim zamonlardayoq jamiyatning yetuk kishilari oʻqitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga uringanlar. Hozirgi vaqtda Respublika ta’lim muassasalarida oʻqitishning bir necha shakllaridan unumli foydalanilmoqda. Ulardan eng koʻp qoʻllaniladigan ta’lim shakli an’anaviy ta’lim boʻlib, u oʻzida XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida yashab ijod etgan chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan asoslangan sinf-dars tizimi mohiyatini jamlaydi:
*oʻquvchilar yoshi va tayyorgarlik darajalariga koʻra sifatlar tarzida guruhlanadilar va umumiy ishni bajaradilar;
*oʻquv predmetining mazmuni bir qator boʻlim va mavzularga, boʻlim va mavzular bir qator baravar va izchil joylashtirilgan qismlarga ajratilib, ular birin-ketin jadval boʻyicha oʻqitiladi;
*bu tizim asosini tashkil etuvchi sinf yoshi va bilimi jihatidan bir xil boʻlgan
muayyan oʻquvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayoni tashkil etadi.
Dars-oʻquv ishlarining asosiy tashkiliy shakli hisoblanib, oʻqituvchining rahbarligida muayyan oʻquvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim mashgʻulotini anglatadi. Darslarni tashkil etishga quyidagi didaktik talablar qoʻyiladi:
*darsning maqsadi va vazifalarning aniqligi hamda pedagogik jihatdan toʻgʻriligi;
*dars maqsadlarining birligi va uzviyligi;
*dars mashgʻulotlari turli shakllarda: jamoa va yakka tartibdagi hakllarini
muqobillashtirib olib borilishi;
*oʻquvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda darsni
tashkil etish;
*darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish;
*darslarda oʻquvchi erkinligini ta’minlashga erishish;
*darsda oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalsh uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish.
Ta’lim tizimida xususan texnologiya darslarida eng koʻp qoʻllaniladigan dars tiplari:
1. Yangi bilim beruvchi va bilimlarni dastlabki mustahkamlovchi dars;
2. Bilimlarni umumlashtiruvchi-takrorlash darsi;
3. Koʻnikma va malakalarni shakllantiruvchi mustahkamlovchi dars;
4. Bilimlarni tekshirish-nazorat darsi;
5. Aralashgan dars;
6. Ekskursiya darsi;
7. Oʻquv ustaxonalari va maktab tajriba yer maydonida olib boriladigan amaliy
mashgʻulotlar.
Texnologiya darslarida eng koʻp qoʻllaniladigan mashgʻulotlar amaliy tajriba mashgʻulotlari boʻlib, ular xususiyatlariga koʻra 3 turga boʻlinadi:
1. Maktab oʻquv ustaxonasida olib boriladigan mashgʻulotlar-yogʻoch va materiallarni qoʻlda ishlash, ishlashda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar bilan ishlay olishni oʻrgatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, koʻnikma va maqsadlarni hosil qilish;
2. Maktab tajriba-yer maydonida olib boriladigan mashgʻulotlar-oʻsimlik, daraxt va hayvonlar hayot, ularning yashash tarzi va rivojlanishlarini chuqur oʻrganish, turli mazmunda tajribalar oʻtkazish orqali amaliy mehnat qilish koʻnikma va malakalarni hosil qilish;
3. Maxsus jihozlangan xonalarda olib boriladigan mashgʻulotlar-turli asbob-uskuna hamda kimyoviy moddalar yordamida atrofimizda roʻy berayotgan hodisalar mohiyatini oʻrganish, oʻzlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda koʻnikma va malakalarga aylantirish bilan tavsiflanadi.
Mashgʻulotlarning tarkibiy tuzilishi:
-mashgʻulot mazmuni va naqsadini tushuntirish;
-ish namunasini koʻrsatish;
-ish asboblari bilan tanishtirish;
-mashgʻulotning boshlanishi;
-mashgʻulotni yakunlash;
-ish qurollarini yigʻishtirish va ish joyini tartibga keltirish.
Oʻqitish metodlari-oʻqitish vazifalarini hal etishga qaratilgan oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyatining usullari. Metodning vazifasi bilimlarni shunchaki ma’lum qilishdan iborat boʻlmay, balki oʻquvchida bilishga ehtiyoj tugʻdiradigan u yoki bu masalani hal etishga qiziqish vujudga keltirishdan iborat. Oʻqitish metodini vositalardan farq qilish kerak. Vosita faoliyat bilan mustahkam bogʻlangan boʻlib, faoliyatdan tashqarida boʻla olmaydi. Oʻqitish vositalari sifatida darsliklar, kitoblar, qoʻllanmalar, texnika vositalari, lugʻatlar, koʻrgazmali qurollardan foydalanish mumkin.
Oʻqitish metodlari asosan quyidagi talablarga javob beradi:
1. Oʻqitish metodlari albatta barkamol shaxs tarbiyasi maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilmogʻi, ta’lim mazmunining toʻla-toʻkis oʻzlashtirilishiga imkon berishi lozim;
2. Oʻquvchilarning ongli va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishi va ularda qat’iy ishonch, e’tiqod hamda ilmiy dunyoqarash tarkib toptirishi kerak;
3. Oʻquvchilarning fan asoslarini ongli, puxta va mustahkam oʻzlashtirishlariga, oʻzlashtirilgan ilmiy bilimlarini turmushda, amaliyotda qoʻllay olishlari uchun tegishli koʻnikma va malakalar bilan qurollanishlariga yordam berishi lozim;
4. Oʻquvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan, oʻqitilayotgan ilmiy bilimlarni oʻquvchilar tomonidan muvaffaqiyatli oʻzlashtirilishlariga imkon beradigan boʻlmogʻi lozim;
5. Oʻquv fanlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan boʻlib, shu xususiyatlarga muvofiq va xilma-xil boʻlishi lozim;
6. Butun sinf faolligini oshirishga qaratilishi lozim. Amaldagi oʻqitish metodlari asosan 3 guruhga turkumlanadi:
1. ogʻzaki bayon qilish metodlari
*suhbat;
*hikoya;
*tushuntirish;
*kitob va darslik bilan ishlash;
*maktab ma’ruzasi.
2. kuzatish va koʻrsatish metodlari
*namoyish;
*ekskursiya;
*kuzatish.
3.amaliy mashgʻulotlar metodlari
*laboratoriya ishi;
*maliy ishlar;
*mashqlar.
Ta’lim metodlaridan amaliy ishlar metodlari texnologiya fanini oʻqitishda asosiy metod turlaridan biri hisoblanib, ular darslarning toʻgʻri tashkil etilishi va oʻqitilishiga qaratilgan amaliy ishlarning oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilar tomonidan bajarilishiga asoslanadi. Ular koʻp turdagi mashqlar, mustaqil ishlar va amaliy ishlarni oʻz ichiga oladi. Mashq qildirish metodi asosan oʻzlashtirilgan ilmiy bilimlarni musthkamlash va uni amalda qoʻllay olish, tegishli koʻnikma va malakalarga ega boʻlishni ta’minlashga qaratilgan. Odatda mashq qildirish deganda ilmiy bilim va ma’lum bir ish-harakatni oʻzlashtirish yoki takomillashtirish maqsadida, rejali suratda tashkil etilgan takrorlashni tushuniladi. Mashqlar xarakteri va metodikasi oʻquv fanining, konkret materialning, oʻrganilayotgan masalaning mazmuni va oʻquvchilar xusuiyatlariga bogʻliq. Ammo didaktika mashqlar oʻtkazishning bir qancha umumiy qoidalarini ta’riflaydi:
1. Mashqlarni bajarish maqsadlari va tartibini oʻquvchilar ongiga yetkazish;
2. Mashqlarning xilam-xil boʻlishi;
3. Mashqlarning qiyinlik darajasini sekin-asta oshib borishi;
4. Mashq qildirishda oʻquv fanining xususiyatlari hisobga olinishi, fanning
oʻziga xos mashqlar va texnikaga oid topshiriqlar vositasida olib borilishi;
5. Mashqlar oʻtkazishning izchilligini ta’minlash;
6. Oʻquvchilar mashq uchun beriladigan topshiriqlar, ilgari oʻzlashtirilgan
qoida va qonunlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi;
7. Agar topshirilgan mashq bir necha operatsiyalarni oʻz ichiga oladigan boʻlsa, bunday hollarda mashqning rejasini tuzish va shu asosda ishlashga odatlantirish lozim.
Texnologiya darslarida qoʻllaniladigan amaliy mashgʻulotlar metodi oʻquvchilarga umumiy politexnika ta’limi berish va mehnat malakalari bilan qurollantirishda asosiy metod boʻlib xizmat qiladi. Odatda amaliy mashgʻulotlar quyidagi umumiy qurilishda olib boriladi:
-oʻqituvchi tomonidan mashgʻulotning mazmuni, ish shakli haqida ma’lumot berish;
-dastlabki ish namunalarini koʻrsatish;
-oʻquvchilarning tajriba ishlari;
-mashgʻulot topshiriqlarini bajarishga kirishish;
-oʻqituvchining umumiy kuzatishi va nazorati;
-mashgʻulotni yakunlash.
Texnologiya ta’limida ham oʻtilajak mashgʻulotlarning xarakteriga qarab yuqorida koʻrsatib oʻtilgan metodlarning hammasidan unumli foydalanish mumkin. Biroq texnologiya ta’limining oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlishi alohida ta’lim metodlariga amal qilishni taqazo qiladi. Texnologiya ta’limining bosh vazifasi oʻquvchilarni mehnat koʻnikmasi va malakalari bilan qurollantirishdan iborat. Shunga koʻra, koʻpincha va asosan texnologiya ta’limi metodi bajariladigan ish yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar berish hamda mashq qildirish usuli bilan olib boriladi. Maktablar amaliyotida yoʻl-yoʻriqlar uch qismdan iborat:

Download 1,47 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1,47 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiya ta’limining vazifalari

Download 1,47 Mb.