KIRISH Magistirlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi




Download 1.85 Mb.
bet5/24
Sana16.01.2024
Hajmi1.85 Mb.
#138478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Jumanazorov Shukurali Tashmamatovich-1
navoiy va boburga tadbir, Kurs Ishi Boshlang\'ich matemetika, 28 Farida Hamroyeva 2 237-243, 296-Текст статьи-1290-1-10-20220116-1, Reja Raqobatning iqtisodiy mazmuni va shaklla nishining asosiy , 13577 2 2F81A7B6B169AA8E641BB89FCAD1245D95D18C90, 1. umumiy o\'rta ta\'lim maktablarida tasviriy san`at o\'qitish tas, 44-48, 296-Текст статьи-1290-1-10-20220116-1, Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodi, 154 I son-21.12.1995-uz, 10-mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy muassasalari, 14-mavzu Dinning vujudga kelishi, diniy ta’limotlarning shaklla-kompy.info-1, Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org-1

KIRISH

Magistirlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi:


Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o‘sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm- fanda ham katta o‘zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangicha davr boshlandi. Chet tili darslarining o’qitilishi jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablaR, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta’limlar uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Mamlakatimizda kechayotgan islohotlar zamonaviy lingvistika sohasida til va madaniyatlararo muloqot vositasining rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni targ‘ib qilishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”1gi PQ-5117-son qarori, “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”2gi PQ–3775 –son qarori, “Ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-





1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 y. PQ – 5117 - son “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori
2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5.06.2018 y. PQ–3775 –son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida”gi qarori
tadbirlari to‘g‘risida”3gi 610-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumtalim maktablari o‘quvchilariga ikkinchi xorijiy til hamda zamonaviy kasblarga o‘rgatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi4 qarorilarida hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali talabalarda chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta’limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab ortadi. Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin.

Download 1.85 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 1.85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KIRISH Magistirlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi

Download 1.85 Mb.