|
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
|
bet | 7/24 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 1,85 Mb. | | #138478 |
Bog'liq Jumanazorov Shukurali Tashmamatovich-1Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: O‘rganilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, va ularning ta’rifi, sohaviy professionalizmlar juda ko‘p tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan. Ammo bizning ishimizdagi bor e’tibor, faqat nemis tili ta’lim yo’nalishidagi talablarga grammtik komptensiyani shakllantirishga oid jihatlariga qaratiladi. Bunda qadimgi yozma manbalardan tortib hozirgi kunda mavjud bo‘lgan zamonaviy adabiyotlarga murojaat qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu tadqiqot ishida bu jihadlar o‘rganilganligini ko‘rish mumkin va izlanishlar natijalari shu boradagi nazariymanba bo‘lib xizmat qila oladi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi: ilmiy tadqiqodning yozilishi jarayonida chet tilini o’rganish bo’yicha maqolalar, etimologik lu’gatlar, atamalar lug‘ati, monografiyalar, ilmiy ishlar, jurnallardagi bugungi ilmiy maqolalar, o‘tgan asrda va bugungi kunda yaratilgan darsliklardan keng
foydalanildi. Bundan tashqari chet el olimlaridan Harmer Jeremey, Jack C, Richards, Theoder, S, Rodgers, DJ, Raven, W. Hutmacher, A.B. Xutorskiy. Gamezo M.V, Zimnaya. I. A, Krutetskiy V. D, Lyublinskaya A. A, Nemov R. S, Elkonin D,
B. E.M. Vishnevskaya, A.N. Shukin, I.L. Beam, N.D. Galskova, G.I. Voronina, Frazer, A.A. Xomutova, Kelly, Jones, Dieling Xirshfeld, I.A. Gryzinskaya, N.V. Barishnikov, E.I. Solovtsova, L.G. Denisova va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot ishlarida amalga oshirilgan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: to‘plangan materiallar hozirgi zamon tilshunosligida keng qo‘llanadigan – chet tili grammatikasini AKT yordamida o’rganish metodlar yordamida tahlil etildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Ilmiy ishning ta’rifi bo‘yicha tadqiqotchi tomonidan olib borilgan izlanishlar va bu bo‘yicha uning shaxsiy qarashlari batafsil yoritildi Tadqiqot materiallari va olingan natijalardan oliy ta’lim va umumta’lim maktablarida seminar mashg‘ulotlarini tayyorlashda va o‘tkazishda, bitiruv-malakaviy ishlarni, magistrlik dissertatsiyalarini, hamda ilmiy maqolalar yozishda foydalanish mumkin.
Tadqiqot ishi shu va shunga oid kelgusidagi tadqiqodlar hamda unga doir masalalar, muammolarning yechimini topishda muhim nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.
|
| |