O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Kalit s
o‘
zlar;
shashmaqom, shashmaqom-6 maqom, mustaqillikdan so‘ng shashmaqom 
san’atiga e’tibor. 
Shashmaqom
- o‘zbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan 
shashmaqom, o‘z navbatida zamonaviy musiqa san’ati rivojlanishiga 
samarali ta’sir ko‘rsatti. Shashmaqom- parda, ohang, usul, shakl, uslub 
kabi vositalar bilan o‘zaro bog‘langan mumtoz kuy va ashulalar majmui . 
Maqom musiqa, she’riyat va raqs san’atlarini mujassamlashtiruvchi badiiy 
jarayondir. Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy 
maqom san’ati o‘zining qadimiy tarixi, falsafiy ildizlari, betakror badiiy 
uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rinni 
egallaydi. 
Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi. 13-asrda esa 
Safiuddin al-Urmaviy ularni 12 asosiy maqomlardan iborat nazariy tizim 
shakliga keltirdi. 17-asrdan so‘ng 12 maqom tizimi inqirozga uchrab, sharq 
xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari 
vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyoning 
yirik madaniy markazlaridan bir bo‘lgan Buxoro shahrida saroy sozanda 
va xonanda va bastakorlari ijodiy ijrochilik faoliyatida shashmaqom 
shakllanib Buxoro maqomlari, Buxoro shashmaqomi nomi bilan yuritildi.
Maqom ustoz-shogird an’analari asosida shakllanib milliy musiqa 
san’atiga kirib kelgan. Shashmaqom tojikcha so‘zdan olingan bo‘lib 6 
maqom degan ma‘noni bildiradi. Ular: Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, 
Iroq.
1.
BUZRUK- 
iborasi 
forscha-tojikcha 
‘’buzrug‘’ 
so‘zining 
o‘zgargan shakli bo‘lib ,,katta’’ , ,,ulug‘’’ degan ma’nolarni bildiradi har 
holda bu maqom juda ko‘p kuy va ashula yo‘llarini o‘z ichiga olgani uchun 
katta ulug‘ maqom deb nomlangan. Shashmaqom va ularning sho‘balari 
maqom yo‘llarini kuy tuzilmalari haqida ko‘rgazmali tasavvur hosil qilish 
akademik Yunus Rajabiy to‘plab notaga olgan 6 jildlik ,,shashmaqom’’ 


85 
kitobida keltirilgan. Buzruk maqomi ham mushkulot va nasr bo‘limidan 
tashkil topgan. Uning cholg‘u bo‘limi Tasnifi Buzruk , Tarjei Buzruk, 
Garduni Buzruk, Muxammasi Buzruk, Muxammasi Nasrulloyi Saqili 
Islimiy, Saqili Sulton deb nomlangan asarlar bor. Buzrukning ashula 
bo‘limi birinchi guruh sho‘ba taronalari Sarahbori Buzruk, Talqini 
Uzzol,Nasrulloyi , Nasri Uzzol va Uffar Uzzol bo‘ladi.
2.
Rost - iborasi esa mos keladigan, to‘g‘ri tushadigan ma’nolarini 
bildiradi. Dastlab uning cholg‘u qismlari birin- ketin ijro etiladi. Bu 
cholg‘u qismlari Tasnifi Rost, Garduni Rost, Muxammasi Rost, 
Muxammasi Ushshoq, Muxammasi Panjgoh deb nomlanadi. Ashula 
yo‘llari birinchi va ikkinchi guruh sho‘balaridan tashkil topgan. Sarahbori 
Rost, Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Navruzi Sabo va Ufari Ushshoq 
qismlaridan iborat. 
3.
NAVO- iborasi ohang, mungli kuy ma’nosida keladi ya’ni 
Navoiy taxallusi bu so‘zdan olinib gul maxbubiga ishora, gul ishqida navo 
chekuvchi ma’nosida ishlatiladigan maqom hisoblanadi.
4.
Dugoh- forscha ,,ikki joy’’, ,,ikki parda’’, ,,ikki payt’’ degan 
ma’noni bildiradi.. Dugoh maqomi cholg‘u qisimi quyidagilardan iborat. 
Tasnifi Dugoh, Tarjie Dugoh, Garduni Dugoh, Peshravi Dugoh, Samoiy 
Dugoh, Saqili Ashkullo. 
5.
Segoh- forscha uch o‘rin, uch parda degan ma‘noni bildiradi. 
Segohning mushkulot bo‘limi Tasnifi Segoh, Xafifi Segoh, Garduni Segoh, 
Muxammasi Segoh kuylaridan iborat. 
6.
IROQ- Shashmaqomning oltinchi qismi hisoblanadi. Iroq 
mamlakatining nomiga nisbat berilgan. Iroqning mushkulot bo‘limi Tanif, 
Tarje, Muxammas, Saqil 1, Saqil 2, Saqli Kallon, Nasr bo‘limi, Chanbar 
Ufar qismlarini o‘z ichiga oladi. 
Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom 
san’ati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy 
uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin 
egallaydi. Asrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz 
va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan 
sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq 
mamlakatlarida balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan. 
1991-yil 31- avgust Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng maqom san’atiga 
katta e’tibor berildi. Xususan, o‘zimizning milliy qadriyatlar va milliy 
musiqalar qayta tiklandi. Har 4 yilda jahon miqyosida ,,Sharq taronalari” 
festivali o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Download 5,14 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish