91
sotilgan. Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon, Qo‘qon, Namangon viloyatining
Chust, Andijon viloyatida Shahrixon, Buxoro viloyatida G‘ijduvon,
Buxoro shahri, Qashqadaryo viloyatida Qarshi, Samarqand viloyatida
Urgut, Surxandaryo viloyatida Boysun ana shu markazlardandir. Bu
shaharlarda hunarmandlar alohida-alohida, yoki to‘p-to‘p bo‘lib
yashashi
natijasida har bir mahalla muayyan kasbiy hunar nomi bilan atalib
kelingan. Bular misgarlik, to‘qimachilik, po‘stindo‘zlik, yurmado‘zlik,
pichoqchilik, zargarlik, ko‘nchilar, mahsigarlar, do‘ppido‘zlik, tandirchilar,
va o‘nlab boshqa turdagi hunar nomlarini misol qilish mumkin.
Mamlakatimizda amaliy-bezak san’ati ikki yo‘nalishda rivojlanmoqda:
Badiiy hunarmandchilik,
bu yo‘nalishga viloyatlarimizda
faoliyat yuritayotgan korxonalari faoliyatini kiritish mumkin.
Xalq amaliy bezak san’ati. Bu yo‘nalishda, asosan mustaqil
ravishda ish olib borayotgan usta hunarmandlar faoliyatini kiritish
mumkin.
Xalq amaliy bezaк san’ati har bir xalqda,hattoki
har bir hududda
mavjud bo‘lib, ular bir-biridan yuqorida qayd qilinganidek, amaliy
san’atning janrlari, buyumlar tayyorlashda qo‘llanadigan material, shakl,
tuzilish, rang, bezaк, o‘lchovlar jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Xalq amaliy bezaк san’atining yana bir muhim xarakterli belgilaridan
biri shundan iboratki,ushbu san’at ming yillar davomida xalq ustalari
ijodida qo‘llanib kelingan badiiy an’analar hisoblanadi. Bu xususiyat
ko‘proq har bir
xalqning yashayotgan muhiti, tabiati hamda iqlim
sharoitlariga bog‘liqdir. Chunki amaliy san’at ustasi o‘z asarini
yaratayotganda, go‘zallikni,ijodiy ilhomni tevarak-atrofdan, tabiatdan
oladi. Masalan, o‘zbek xalq ustalari o‘z ishlarida toychoq, qo‘zichoq, tovus
tasvirlarini, shimoliy o‘lkalarning ustalari esa bug‘u, kiyik tasvirlarini
ko‘proq ishlaydilar. Asar materialiga esa o‘zbek ustalari muhitdan kelib
chiqib ganch, loy, mis kabilarni, shimoliy xalqlar yog‘och
va hayvon
suyaklarini ko‘proq qo‘llaydilar. Yuqorida qayd qilganimizdek, asar
koloritiga iqlim ham juda sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shimoliy
o‘lkalar iqlimi sovuq bo‘lgani uchun u yerdagi ustalar asosan sovuq
ranglarni, issiq iqlimli O‘zbekiston ustalari esa iliq ranglarni ishlatadilar.
Shunday qilib, har bir xalqning amaliy bezak san’atida o‘z an’analari aks
ettiriladi,shakllanadi. Аmaliy san’at buyumlarini tayyorlash jarayonida
ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan qoidalar mavjud.Buyumning vazifasi,
shakli, bezagi, materiali, rangi, o‘lchovlariga rioya qilishni talab etadi.
Shundagina, bu buyumlar kishilarni hayajonlantiradi, to‘lqinlantiradi,
ya’ni ularning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Jonajon yurtimizning qo‘li gul
hunarmand-ustalari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha go‘zal
namunalar, tengsiz va bebahodir. Ular tayyorlagan
buyumlaru qurgan
imoratlar asrlar oshsa hamki, o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmaydi