96
san’ati bilan bir vaqtda an’anaviy xonandalik maktabi shakllanib keldi.
An’anaviy xonandalik va qo’shiqchilik san’atining bir- biridan farqli
jihatlari shundaki, xalq musiqa ijodining noyob shakli hisoblanmish
an’anaviy xonandalik yo’nalishida og‘zaki an’anadagi mumtoz musiqa
namunalari-mumtoz ashula, katta ashula, maqom ijrochiligi o‘rin olganligi
e’tirof etilgan.
Mumtoz ashulachilik – lirik xarakterdagi rivojlangan kuy va shaklga
ega bo’lgan yirik aytim. Ashula- bu mumtoz
musiqaning kuy rivojining
vazmin xarakteri, hayajonli, dardli mazmuni, diapazonining kengligi,
ritmik usulning murakkabligi va ijro etish uslubining mukammalligi bilan
ajralib turadi. Mumtoz ashulalar asosan, mumtoz shoirlar she’r va
g‘azallariga bastalangan kuylar bilan ijro etib kelingan. Falsafiy ma’noga
ega bo’lgan ishqiy-lirik, ayrim hollarda nasihatgo’y, shuningdek, ayriliq va
hasratli mazmunni ifodalovchi mavzu ashulaga xos xususiyatdir.
Ta’lim jarayonida o’quvchi-yoshlarni o’zbek an’anaviy mumtoz
musiqa
namunalari, ijrochilik an’analari, shakl, usullari bilan yaqindan
tanishtirib borish musiqa ta’limini milliy negizda shakllantirish maqsadiga
mos kelishi bilan muhimdir.
Musiqa madaniyati darslarida mumtoz musiqa bilan o‘quvchi-
yshlarni tanishib borish, namunalarni tinglash va tahlil qilish, mashhur
ashulachi hofizlar, mohir cholg‘uchilar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar ta’sirida
o’quvchilarda quyidagi bilim va malakalarni egallab borishlariga
imkoniyat yaratiladi:
1. O’zbek mumtoz kuy va ashulalarini xalq musiqasining boshqa tur
va shakllaridan
farqli xususiyatlarini anglash, tushunish.
2. Mumtoz musiqa asarlarining tuzilishi, ijro etilishi, ijroda qanday
musiqiy ijrochilik uslublariga rioya qilinishi.
3.Mumtoz musiqa asarlariga xos bo’lgan nola, qochirim, salmoqlash
kabi milliy bezaklarni ishlatilishi, ijroda ularni badiiy ifodalanishi.
4.Ijroda she’riy matn hamda kuy (ohang)ning o’zaro mutanosibligini
sezish, his qilish.
5.Turli murakkablik darajasidagi mumtoz asarlarni tinglash,
tahlil
qilish, unga o’z munosabatini bildira olish malakasiga ega bo’lish.
An’anaviy musiqa asarlari haqidagi ma’lumotlar mazmunida ularning
muallifllari hayoti va ijodi, asar yaratilgan davr, asarning ‘oyaviy-badiiy
mazmuni, unda ioda etilgan muallif ichki kechinmalari qay darajada o‘z
ifodasini topganligiga, asarni musiqiy-nazariy tahliliga jiddiy e’tibor berish
lozim.
An’anaviy musiqa ijrochiligi bo‘yicha darslarni shu yo‘sinda tashkil
etilishi va olib borilishi natijasida o‘quvchilarning mumtoz va maqom
namunalari haqidagi nazariy bilim va amaliy ijro etish malakalarini
dinamik rivolanihi ta’minlanadi.
97
Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- mumtoz musiqa asarlarining boshqa
musiqa janrlaridan farqli
xususiyatlari haqida muayyan tushuncha va tasavvurga ega bo‘lis;
- mumtoz shoirlar hayoti va ijodi bilan muayyan darajada tanishib
borishi;
- mumtoz asarlarda uchraydigan notanish so‘zlar ma’nolarini
bilishlari;
- mumtoz kuy-ashulalarni mohir ijrochilari, ularning ijro uslblari,
asar jozibasini ta’minlashdagi ovoz va ijrochilik mahorati, shuningdek, asar
g‘oyaviy-badiiy mazmuni, voqea-hodisa, obrazlari haqida fikr bildira
olishlari;
- asardagi mumtoz she’riy matn va kuyning o‘zaro sinxronligi,
mavjud murakkabliklar,
dinamik tuslar, ovoz tembrining asar ijrosiga
ta’siri bo‘yicha ma’lum tasavvurga ega bo‘lishi;
- mumtoz kuy-ashulalarni tinglash va kuylash bilan unga o‘z
munosabatini bildira olish, asarga tavsif berish ko‘nikma va malakalarini
shakllantiradi. Bularning
Barshasi o‘quvchilarni o‘z milliy madaniyati, ma’naviy-musiqiy
qadriyatlariga muhabbat ruhida kamol topishlarini kafolatlaydi.