O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

shashmaqom
” o‘rganila boshlandi. Bu albatta mushkul vazifa. Bu borada 


94 
millatparvar qahramonlarimizdan biri bo‘lmish A.Fitratni eng avvalo tilga 
olishimiz kerak deb o‘ylayman.1921-yilda Buxoroda Fitrat tashabbusi 
bilan” Sharq musiqa maktabi” ochildi. Bu milliy musiqa san’atining 
yuksalishida dastlabki poydevorlaridan biri edi. Ayniqsa, uning qalamiga 
mansub “ O‘zbek klassik musiqasi ” nomli kitobida aynan maqom ilmi, 
cholg‘ularning milliy musiqamizdagi o‘rni, qolaversa, maqom xonandalik 
uslublari haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Bundan tashqari 
Fitratning musiqashunos V. Uspenskiy bilan birgalikdagi tadqiqoti, ya’ni 
maqomlarni ijrochi xonandalar ovoz yozuvlaridan notaga olishdek buyuk 
ishi ham alohida e’tibor va tahsinga loyiq. 1928-yilda Samarqand davlat 
musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti ochildi va direktor 
lavozimiga Nikolay Mironov tayinlandi. musiqiy meros an’analarini
talabalarga o‘rgatish uchun institutga Buxoro, Xorazm va Farg‘ona
vodiysidan yuqorida zikr etilgan san’at ustalari: Ota Jalol Nosirov,
Domla Halim Ibodov, Hoji Abdurahmon Umarov, Matyusuf Xarratov,
Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov kabi ulug‘ san’atkorlar 
yoshlarga maqom san’ati sirlarini o‘rgatishdi. 
Texnika rivojlanmagan bir paytda, bundan tashqari og‘ir va o‘ta qiyin 
vaziyatlarda shunday qimmatli ma’lumotlarni yig‘ib alohida turkum qilib 
yaratgani uchun kelajak avlod ulardan minnatdor bo‘ldi va minnatdor 
bo‘lishda davom etadi. Belyayev, Mironov, Romanovskaya va boshqalar 
bu borada jonkuyarlik qildilar. Domla Halim Ibodov, Ota G‘iyos 
Abdug‘ani, Ota Jalol Nosirov, Levi Boboxonov va yana ko‘plab ustoz 
hofizlar ijrolaridan shashmaqomning ko‘pgina turkumlari yozib olingan. 
Aynan, hozirgi davr maqom xonandalari bilan o‘tmish xonanda 
ustozlarning ovoz imkoniyatlardagi, qolaversa, ijrodagi ustalik, nag‘malar, 
nolayu qochirimlar, nafas mustahkamligidagi sezilarli tafovut mavjud. 
Akademik Yunus Rajabiyning mehnatlarini ham yuksak hurmat 
bilan esga olishimiz kerak. Maqom notalarini qaytadan yig‘ib, ularni 
notasini esa granplastinkalarga yozishgacha bo‘lgan davrlardagi 
mashaqqatlarni biz ko‘pgina adabiyotlarda o‘qiganmiz va ustozlardan 
eshityapmiz. Maqom ansamblini tuzib, bu safga Respublikaning eng 
iqtidorli cholg‘uchilarini va shirali ovoz sohiblarini yig‘di. Ushbu ansambl 
tarkibida bir qancha ustozlar faoliyat olib bordilar. Ularning ijrosida olti 
maqom “shashmaqom” audio tasmalarga yozib olindi. Bundan tashqari 
maqomning nota jamlanmasi Y.Rajabiy tomonlaridan 6 ta tom qilib 
bosmadan chiqarildi. Keyinchalik ilmiy izlanishlarning davomchilaridan 
I.Rajabov bir qancha kitoblarda o‘zining tadqiqiy ishlarini yozib qoldirdi. 
Ulardan: “Maqom asoslari, “Maqomlar masalasiga doir”, Maqomlar” 
kitoblarida xonandalar haqida ham o‘zining qimmatli fikrlarini yozib 
qoldirdi. Hozirgi kunda ham ilmiy izlanishlar davom etmoqda. 
R.Yunusov, O.Ibrohimov,S.Begmatov va boshqa ustozlarimiz maqom va 


95 
uning ijrochilik qonuniyatlari haqida bir qancha kitoblarni o‘quvchilarga 
taqdim etib kelmoqdalar. Demak, an’anaviy xonandalik qonuniyatlari 
murakkab. Ularni o‘rgana olish va o‘quvchilar ongiga singdira olish 
mutaxasisdan chuqur bilim va ko‘nikmani talab etadi. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish