Foydalanilgan adabiyotlar;
1. O‘zbekiston mumtoz musiqasi Oqilxon Ibrohimov.
2. Shashmaqom tarixi.
3. Gulov Sadriddin Cholg‘u ijrochiligi va ansambli ( Afg‘on rubob misolida).
86
MUSIQA TA’LIMIDA O‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARINING
TARIXINI, MAZMUNI HAMDA PEDAGOGIK
AHAMIYATINI O‘RGANISH JARAYONI
Nurullayev F.G.
P.f.f.d(PhD) dotsent BuxDU
Hamdamova Sitora Rustam qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa va
tasviriy san’at kafedrasi II-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada musiqa ta’limida o‘zbek xalq qo‘shiqlari tarixi mazmuni
hamda pedagogik ahamiyatini o‘rganish jarayoni to‘liq yoritilgan. Shuningdek maqolada
mavzuga oid fikr, mulohazalar bayon qilinib kerakli xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.
Kalit s
o‘
zlar:
musiqa ta’limi, o‘zbek xalq qo‘shiqlari, xalq qo‘shiqlari tarixi, pedagogik
ahamiyat, ijtimoiy ahamiyat.
Barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmani
muassalarning zimmasiga ham muayyan vazifalarni yuklamoqda. Ana
shunday vazifalardan biri– musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish,
o‘quvchilarga milliy musiqiy meros, xususan, milliy musiqiy an’analar,
ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ularda ilgari surilgan g‘oyalar to‘g‘risida
nazariy ma’lumotlar berish, xalq qo‘shiqlarini ijro etish layoqatini hosil
qilish, ijrochilik malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Musiqa ta’limida xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni milliy
ma’naviy tarbiyalash beqiyosdir. Musiqa darslarining estetik tarbiya
vositasiga aylanishida o‘qituvchining bilimi, iqtidori, go‘zal ovozi, kiyinish
madaniyati, nutqi yetakchi ahamiyatga ega.
10
Xalq qo‘shiqlari mazmunida
shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’naviy–ahloqiy qarashlar
mujassamlashgan bo‘lib muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Chunonchi, xalq qo‘shiqlar mazmunida ota–onalarning hurmatlarini
saqlash, qarindosh–urug‘ hamda qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimiy
munosabatda bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik, mehribonlik, mehr–oqibat
ko‘rsatish, quvonchu tashvishlariga sherik bo‘lish, dillariga ozor
etkazmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi.
O‘zbek qo‘shiqchilik san’atining tarixi juda ko‘hna bo‘lib, u
insoniyatni shakllanish jarayoni bilan bog‘liqdir. Xalq qo‘shiqlari
ajdodlarimizning ibtidoiy davrlardagi mehnat jarayonlari, turli tabiat
hodisalariga taqliddan ijro etilgan marosim kuylari va aytimlariga, ular
bilanbog‘liq o‘yin va harakatlariga borib taqaladi. Shu bois musiqa
10
10
Nurullayev F.G. The role of folklore in the raising of children. European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 12, 2020 Part IIIISSN 2056-5852
87
san’atining eng qadimiy namunalari tashqi olamdan olgan ta’sirchanlik
taassurotlari bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan va inson tafakkuri orqali
yaxlit badiiy obraz yaratiladigan san’at turiga aylangan Xalq qo‘shiqlarida
xalqning hayoti, tarixi, kurashi, falsafasi, dunyoqarashi, turli hodisalarga
bo‘lgan munosabatlari, insoniy fazilatlari o‘z aksini topgan. Xalq
qo‘shiqlarida insonning ruhiy olami ichki kechinmalari, turmushida sodir
bo‘luvchi ko‘ngilli va ko‘ngilsiz voqealar, g‘amanduh yoki shodligi
xurramliklari, mexnat mashaqqatlari, sevgi iztiroblari histuyg‘ular orqali
aniq badiiy obraz larda gavdalantiriladi. Manbalarda yozilishicha folklor
qo‘shiqlarini yozib olishdagi birinchi tajribalar XI asrdan boshlab amalga
oshirilgan.Folklor qo‘shiqlari mehnatkash xalqning, bolalar hayoti va
turmush tarzini aks ettiradi. Xalqning olam haqidagi umumiy
tushunchalarini, ijtimoiy-tarixiy, siyosiy, falsafiy va badiiy-estetik hamda
musiqiy qarashlarini o‘zida mujassamlantirgan. Bularning barchasi folklor
qo‘shiqlari mazmuni va g‘oyasining chuqur xalqchiligini ko‘rsatadi.
Folklor qo‘shiqlari o‘z xususiyatiga ko‘ra o‘zbek xalqining badiiy-musiqiy
ijodi sifatida asrlar davomida yaratilgan jamoaning ijod ma’sulidir.
O‘quvchi shaxsining kamol topishi va shakllanishida musiqaning, ayniqsa,
xalqning yurak dardlari, quvonch shodliklari, g
ʼ
am-alamlari, orzu-
umidlari silsilasidan yaralgan O‘zbek musiqa folklorining tutgan o‘rni
beqiyosdir.
11
Folklor qo‘shiqlarining xalq tomonidan yaratilib, o‘z qabilasi,
urug‘i
odatlari,
e’tiqodlari,
orzu-istaklari,
tabiat
bilan
bo‘lgan
munosabatlari aks ettirilgan.
Xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining bir qismini folklordagi qo‘shiq va
uning turlari tashkil etadi. Qo‘shiqlar mazmuni jihatidan ham, badiiy
shakli tomondan ham o‘ziga xos xususiyatiga ega. Uning namunalari
dastlab iste’dodli shaxslar tomonidan yakka yoki jamoa ishtirokida
yaratilib, so‘ngra el orasida og‘zaki an’ana uslubida, maxsus yozuvlarga
bitilmasdan, o‘tib kelgan va ommalashgan. Shu asnoda asrlar davomida
shakllangan xalq qo‘shiqlari va ularning turlari avloddan-avlodga meros
qilib, bizga qadar ijtimoiy ong xotirasida saqlanib kelindi. Har bir qo‘shiq
ma’lum tarixiy sharoitda yuzaga kelib rivojlanish xalq qo‘shiqlarini
mazmuni voqelikning lirik havasini badiiy o‘zlashtirib, ya’ni yuz bergan
hodisa, faktlarga munosabat his-tuyg‘u va kayfiyat orqali ifodalanadi.
Mana shu xususiyatdan kelib chiqib ulug‘ mutafakkirlar qo‘shiq haqida o‘z
fikrlarini bayon etganlar.
Qo‘shiqlarning ba’zi bir obraz va yo‘sinlari juda qadimiy bo‘lib,
ko‘pgina xalqlarga taalluqlidir. Unda xalq fikr boyligi, his-hayajon bilan
birga ko‘pchilik ruhida daydib yurgan she’riyat yorqin, nozik ravishda
11
Nurullayev F.G. Musiqa ta’limida Buxoro folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish jarayonini loyihalash. Buxoro
musiqa folklorining tarixiy-nazariy va amaliy masalalari. Respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari.
2020 yil, 6 noyabr. Buxoro, 2020- B. 107-111.
88
ko‘rinish berib turadi va sodir bo‘lgan hollarga ko‘pchilikning diqqat-
e’tiborini jalb qilib ta’sir etadi. Bu qo‘shiqlardagi fikr,hislar xalqning turli
sharoit, zamon ijtimoiy, maishiy hayot xususiyati bilan uning
dunyoqarashi xarakteri bilan bog‘langan bo‘ladi.
O‘tmishda xalq orasida ba’zi narsalarga sig‘inish, bo‘lgan ishni
taqdirdan ko‘rish va shu singari hukmron sinflar tomonidan qo‘llab-
quvvatlangan g‘oyalar, diniy aqidalar yashab kelgan. Bunday g‘oyalar
ifodalangan asarlarda o‘sha davrga xos fikrlar talqin qilinadi, xalq ruhi,
kayfiyati ko‘rsatiladi. Mehnat ahli ijodining gullashi uchun barcha
iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlarni yaratib berdi. Folklorni o‘rganishda bularni
hisobga olish kerak, albatta. Biroq folklorda o‘z izini qoldirgan xalqqa yot
g‘oyaviy qatlamlar, tarixan cheklanishlar haqiqiy og‘zaki ijod asarlarining
g‘oyaviy mohiyatini, uning tom ma’noda xalqchil xarakterda ekanligini,
butun mohiyati bilan chinakam xalq san’ati bo‘lib kelganligini aslo inkor
qilolmaydi. Jamoaviylik, og‘zakilik, an’anaviylik, o‘zgaruvchanlik,
variantlilik kabilar folklorning asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, u o‘ziga xos
ijtimoiy mohiyat va badiiy tizimga ega. Ma’lumki, qadim zamonlarda ilk
bor yuzaga kelgan folklor asarlari jamoa tomonidan ijod qilingan va ijro
etilgan, keyinchalik esa iste’dodli kishilar tomonidan yaratildi. Ular o‘z
ijodida qabila va urf odatlari, xohishlari, e’tiqodlari, tabiat bilan bo‘lgan
munosabatlari hamda dunyoqarashlarini hikoya qildilar. Qabila va urug‘
a’zolariga ma’qul tushgan bu asarlar og‘izdan-og‘izga o‘tib jamoa ijodiga
aylangan.
Ma’lumki, ayrim tarixiy manbalarni, dalillarni to‘liq esda qolmasligi,
zamon taqozosi bilan unutilishi natijasida ularning asardan tushib qolishi
yoki o‘zgarishi, qorishtirib talqin etilishi mumkin. Ba’zan esa dostonlarda
mavjud bo‘lgan she’riy parchalarning unutilishi mazkur janrni ertak
shakliga keltirib ham qo‘yishi mumkin. Yoki aksincha, ertakning dostonga
aylanishi ham ehtimoldan xoli emas. Folklor asarlarida yuz berishi
mumkin bo‘lgan bunday hodisa uning g‘oyaviy-badiiy, estetik qimmatini
kamaytirmaydi. An’anaviylik u o‘zining tarixiy manbalariga ega. Folklor
asarlari-ning dastlabki namunalari ibtidoiy jamiyatda yaratilgan. Nisbatan
barqaror bo‘lgan ibtidoiy turmush shart-sharoitlari shunday urf-odatlar va
dunyoqarashlarning in’ikosi sifatida yuzaga kelgan folklor asarlarining
sujeti, obraz va motivlarida ham muayyan barqarorlikni hosil qilgan.
Folklor asarlarining og‘zaki yaratilishi va og‘zaki ijro etilishi ularning
o‘zgarmas, barqaror shakllari an’analarni yuzaga keltirgan.
89
Xulosa qilib, aytadigan bo’lsak bugun folklor janrlariga asoslangan
o‘zbek musiqa madaniyatimiz jahon miqyosida ulug
ʼ
lanmoqda, musiqiy
asarlarimiz dunyo sahnalarida tarannum hamda e
ʼ
tirof qilinmoqda.
Iqtidorli yosh ijrochilarimiz xalqaro tanlovlar g
ʼ
oliblari bo‘libgina
qolmasdan rivojlangan xorijiy davlatlar oliygohlarida faoliyat ko‘rsatib
chet ellik yoshlarga yevropa klassik asarlari bilan birga o‘zbek mumtoz
musiqiy merosimizni ham o‘rgatib kelmoqdalar.
12
|