99
o‘tkazilishini taqozo etadi. Bunday darslar bolalarga yaxshi kayfiyat va
tetiklik baxsh etadi.
Musiqa darslarida raqs va ritmik harakatlarni bajarish uchun
oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Eng avvalo o‘quvchilar bu faoliyatga
tayyorlanib kelishlari lozim. Bu quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq
keladi:
1. Raqs va ritmik harakatlar (yoki gimnastika) bajarish uchun
o‘quvchilar maxsus kiyimlarda bo‘lishlari lozim.
2. Mashgulot uchun mavzuga mos musiqalar , texnik vositalar
tayyorlab qo‘yiladi.
3. Mashgulut o‘tiladigan joyda ham talab darajasida kerakli jihozlar
bilan ta’minlanishga e’tibor qaratiladi.
4. Mashg‘ulotda musiqa o‘qituvchisi bilan birgalikda jismoni tarbiya
o‘qituvchsining hozir bo‘lishi mashg‘lotning caviyasini oshiradi.
Dars odatdagicha reja asosida boshlanadi. Musiqa tinglash, qo‘shiq
kuylash faoloyatlari bajariladi, o‘tgan darsni mustahkamlash ishlari amalga
oshirilad. Darsning 25-30 daqiqalari oralig‘ida reja bo‘yicha “raqs va ritmik
harakatlar bajarish” faoliyatiga kirishiladi. Bunda hamma narsa oldibdan
pishiq va puxta o‘ylangan ssenariy asosida bajarilishi lozim. O‘quvchlar