103
chiqishlari, pantomima va boshqalar mavjud.
O‘zbekistonda (boshqa Sharq mamlakatlarida bo‘lgani kabi)
estradaning rivojlanishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lgan: bir tomondan
unda an
ʼ
anaviy san
ʼ
at namunalari sahna talablariga moslashtirib
o‘zgartirilgan (mas, Tamaraxonim va M.Qoriyoqubov ijrosidagi xalq
lalarlarining sahna talqinlari, Yusufjon qiziqchi askiya an
ʼ
analariga
asoslangan konferansyelik chiqishlari va boshqalar) yoki milliy janrlar
negizida yangi sahna turlari yaratilgan (M.Turg‘unboyeva Usta Olim
bilan birgalikda ijod qilgan “Paxta”, “Pilla” kabi ommaviy sahna raqslari).
Ikkinchi tomondan O‘zbekiston estradasi chet el san
ʼ
ati shakl va uslublari
(mas, jaz,
estrada orkestri, myuzikxoll)ni o‘zlashtirishi bilan boyidi. 1956
yildan o‘zbek estrada teatri, keyinchalik o‘zbek davlat estrada birlashmasi
(1996 yilgacha) faoliyat ko‘rsatgan. Hozirda O‘zbekistonda estrada
san
ʼ
atini rivojlantirish, estrada jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini
muvofiqlashtirish kabi vazifalar “O‘zbeknavo” birlashmasiga yuklatilgan.
Estrada o‘quv yo‘nalishi sifatida maxsus ta
ʼ
lim tizimiga kiritilgan. 1996
yildan Toshkent estrada kolleji, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va
boshqalar san
ʼ
at (musiqa) o‘quv yurtlarida estrada ftlari faoliyat
ko‘rsatmoqda (yana qo‘shimcha Miniatyuralar teatri, Ommabop musiqa).
O‘zbek Estrada san’ati asoschisi Botir Zokirov
(1936. 26.4, Moskva
— 1985.23.1, Toshkent) — xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom.
O‘zbekiston xalq artis-ti (1965). O‘zbek zamonaviy professional estrada
qo‘shiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining
vokal fakulteti (1952— 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik san
ʼ
ati
institutining rejissyorlik fakulteti (1958—62)da ta
ʼ
lim olgan. «Yoshlik»
ansambli (1957), O‘zbek davlat estrada orkestri (1958—70) yakkaxon
xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi,
yakkaxoni va badiiy
rahbari (1972—78). 1978 yildan “O‘zbekkonsert”ning yakkaxon xonandasi.
Botir Zokirov o‘ta ta
ʼ
sirchan tembrli, shirador ovozga ega bo‘lgan. Ijro
etgan qo‘shiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar
darajasiga ko‘tara olgan. Repertuaridagi qator qo‘shiqlar kompozitorlar
tomonidan Botir Zokirov hamkorligida, uning ovoziga mo‘ljallab
yaratilgan. Ijodida o‘zbek kompozitorlarining romans va qo‘shiqlari
muhim o‘rin tutadi: M. Burhonov — “Maftun bo‘ldim”, “Namedonam, chi
nom dorad”; I. Akbarov — “Yor kel”, “Ra
ʼ
no”, “Gazli”, “Seni eslayman”;
Sayfi Jalil — “Majnun monologi”, “Kechalar yulduz sanab” va boshqa
shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind (“Nechun xayolga
cho‘mding?”, “Dil orzusi”, “Meychale”), eron (“Maro bebus”, “Ayriliq
qo‘shig‘i”),
misr
(“Arabcha
tango”,
“Uyqum
o‘g‘risi”),
suriya
(“O‘tmishimga yig‘layman”), livan (“Go‘zal qiz”), meksikan (“Alvido
muhabbat”), italyan (“Yashasin muhabbat”) qo‘shikdarini, chet el
mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar
104
(Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka
Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini
o‘z tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom sifatida yaratgan “Avtoportret”,
“Saraton”, “Gumbazlar”, “Bolalik ko‘chasi”, “Chor minor”
kabi asarlari
ma
ʼ
lum. Bir qancha hikoya, ocherk va she
ʼ
rlar, shuningdek, “So‘g‘d elining
qoploni” operasi (I. Akbarov)ning librettosini yozgan. “Kichik shahzoda”
(A. de Sent-Ekzyuperi), “Soya” (Ye. Shvars) asarlarini o‘zbek tiliga tarjima
qilgan. Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis (“Gullar ochilganda”),
Rabindranat Tagor (“Olovli yo‘llar”), Abdullo (“Dahoning yoshligi”) kabi
obrazlar
yaratgan.
“O‘zbektelefilm”
studiyasi
Botir
Zokirovga
bag‘ishlangan “Menga qo‘shiqchizib ber” va “Aytilmay qolgan qushiq”
hujjatli filmlarni, o‘g‘li Bahodir Zokirov “O‘sha, o‘tgan kunlar” filmini
suratga olgan. Toshkent ko‘chalaridan bi-riga Botir Zokirov nomi berilgan.
Shuningdek, Jizzaxdagi san
ʼ
at bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar san
ʼ
at
markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994 yil Botir Zokirov nomida estrada
orkestri tashkil etildi (hozirgi “O‘zbeknavo” qoshida). Fransiya, Avstriya,
Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda bo‘lgan.
1995 yil “Botir Zokirov jamg‘armasi” tashkil etildi. 1989 yil dan uning
nomida zamonaviy estrada qo‘shiqchilari tanlovi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 2
dekabr PQ-4908-sonli qaroriga asosan:
2021-yil dekabr oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston
Xalqaro
anjumanlar saroyida Botir Zokirov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan
xotira kechasini o‘tkazish;
13
Toshkent shahrida O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov nomidagi
milliy estrada oliy maktabini tashkil etish, u yerda xonanda xotirasiga
bag‘ishlangan yodgorlik majmuasini va muzeyini barpo etish;
Badiiy akademiya tomonidan Botir Zokirov haykalini yaratish
bo‘yicha tanlov e’lon qilish va uni Toshkent shahrida belgilangan tartibda
o‘rnatish;
Botir Zokirov yashagan Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,
Navoiy ko‘chasi, 3-uyga yodgorlik lavhasi o‘rnatish;
Botir Zokirov tahsil olgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
joylashgan ko‘chaga Botir Zokirov nomini berish;
O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy estrada-simfonik orkestri
bilan Botir Zokirov nomidagi estrada orkestrini birlashtirib, Botir Zokirov
nomidagi milliy estrada-simfonik orkestrini tashkil etish;
Botir Zokirov nomidagi jamoat fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda
Yozuvchilar uyushmasi ishtirokida “Botir Zokirov zamondoshlari
xotirasida” nomli kitobni nashrga tayyorlash
va chop etish;
13
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 2 dekabr PQ-4908-sonli qarori
105
Botir Zokirov ijodiga mansub tasviriy san’at namunalari hamda
adabiy asarlardan iborat kitob-albomni o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz
tillarida nashr etish;
Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qo‘shiqchilari tanlovini
yuqori saviyada o‘tkazish;
Botir Zokirovning hayoti va ijodiy faoliyati haqida yangi hujjatli film
yaratish;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi orqali Botir Zokirov va
Zokirovlar ijodiy sulolasi haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlarni
namoyish etish;
Respublika teatrlarida Botir Zokirov hayoti va faoliyatiga
bag‘ishlangan spektakllar sahnalashtirish;
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Botir Zokirov ijodiy
merosining milliy san’atimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati”
mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish va anjuman materiallarini to‘plam
holida chop etish;
ta’lim muassasalari,
mehnat jamoalari, harbiy qismlar va
mahallalarda
taniqli
ijodkorlar,
olimlar,
madaniyat
va
san’at
namoyandalari
ishtirokida
Botir
Zokirov
ijodiga
bag‘ishlangan
uchrashuvlar va ijodiy kechalar tashkil etish vazifalari mazkur qarorda
ko‘rsatib o‘tildi va tasdiqlandi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy
axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot
vositalariga Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini nishonlash bilan
bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etildi.