Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Nurullayev F. G. – Vokal va zamonaviy musiqa. O’quv qo’llanma BuxDU., 
Durdona nashriyoti 2020. 
2. Ю.Ражабий. «Ўзбек халқ мусиқаси I, II, III, IV, V». – Т., 1958. 
3. Umarov M – Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. –T., 2009 
4. Д.Амануллаева. «Эстрада хонандалиги». Магистрлар учун дарслик 
(қўлёзма). – Т., 2014. 
5. Nurullayev F. G. – Vokal va zamonaviy musiqa. Darslik. B.: Hamd print. 2023 
6. Nurullayev F.G. METHODOLOGICAL REQUIREMENTS FOR THE 
SELECTION OF BUKHARA FOLK SONGS IN MUSIC EDUCATION. Web of Scientist: 
International Scientific Research Journal 1 (01), 83-88. 
 


106 
AMALIY SAN’AT ASARLARI VOSITASIDA 
O‘QUVCHILARNI ESTETIK JIHATDAN TARBIYALASH 
Mamurova Dilfuza Islamovna
Buxoro davlat Pedagogika instituti “Musiqa va 
tasviriy san’at ” kafedrasi dotsenti 
Shukurov Ulug‘bek 
Buxoro davlat Pedagogika instituti “Musiqa va 
tasviriy san’at ” kafedrasi magistri 
Umumiy ta’lim maktablarida tasviriy san’at darslari estetik 
tarbiyaning asosiy vositalaridan hisoblanib, o‘quvchilarni ma’naviy 
barkamol etib tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy san’at 
darslarida o‘quvchilar ilmiy bilim asoslarini egallaydilar, borliqni 
o‘zlashtiradilar, bu esa ularn ig‘oyaviy, aqliy, axloqiy, estetik jihatdan 
tarbiyalashda samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
Tasviriy san’at darslari tarkidida bo‘lgan Amaliy san’at turlari va 
ularni o‘rganish mavzulari, o‘quvchilarga o‘zbek milliy amaliy san’at 
turlarini tanishtirish, amaliy san’at asarlarini yaratish jarayonini o‘rgatish 
va shu bilan bir qatorda o‘quvchilarning badiiy-estetik ongini 
rivojlantirish maqsadida olib boriladi. 
Amaliy san’at taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyati, uning hayot 
muhitini badiiy boyitishga xizmat qiladigan estetik vazifasidir. 
Atrofimizdagi olam, yashash muhitimiz aynan amaliy san’at turlari orqali 
go‘zallashdi, o‘zgacha ko‘rinish, o‘zgacha harakter kasb eta boshladi. Eng 
asosiysi bizning badiiy estetik qarashlarimiz, estetik didimizni belgilab 
beruvchi, uni rivojlantiruvchi, inson shaxsiyatini ko‘rsatuvchi vosita 
sifatida namoyon bo‘la boshladi. 
Estetik tarbiya – bu o‘quvchilarning hayotdagi, tabiatdagi, san’atdagi, 
jamiyatdagi go‘zalliklarini to‘liq idrok etish qobilyatini tarbiyalashdir. 
Go‘zallik kishilarning aqliga, qalbiga, irodasiga ta’sir etib, ma’naviy 
dunyoqarashini boyitadi. 
Estetikaning insonlarning ijodiy faoliyatlaridagi roli benihoya 
kattadir. Hayotga estetik munosabatda bo‘lish ilhomning asosi hisoblanib, 
mehnatni quvonch va ma’naviy zavq manbaiga aylantirishga yordam 
beradi. Estetik tarbiya jarayonida kishilarning qarashlari, his-tuyg‘ulari, 
didi shakllanadi. Bu shakllanish esa g‘oyaviy-siyosiy tarbiya bilan, ijodiy 
tafakkurning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Hozirgi vaqtda maktablarimizning asosiy vazifalaridan biri
o‘quvchilarda borliqni faqat ijodiy o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va
qobiliyatni shakllantirishnigina emas, balki ularda go‘zallik qonunlari 


107 
asosida 
borliqni 
qaytadan 
qurish 
hissini 
tarbiyalash 
hamdir.
Jamiyatimizdagi har bir inson qaysi sohada ish olib borayotganligidan
qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni ko‘rabilishi va tushuna bilishi kerak. 
O‘quvchilarning estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida o‘qituvchi ularga 
tabiatdagi go‘zallikni, shakllarning turli-tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarga 
quvonch, hayajon baxsh etgan tabiat go‘zalliklari, so‘z bilan tasvirlab 
bo‘lmas rang birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. 
Bu jarayonda amaliy san’at namunalarining alohida o‘rni bor. Yorqin 
ranglar ,o‘zgacha go‘zallik va eng asosiysi milliy qadriyatlar uyg‘unligi, 
o‘quvchilarda faxrlanish, vatarparvarlik va milliy g‘ururni shakllantiradi. 
Amaliy san’at asarlari bir qancha talablarga javob beradi: ular 
estetik sifatga ega; badiiy effect uchun mo‘ljallangan; kundalik hayot va 
interyerni bezash uchun xizmat qiladi. Bunday asarlar kiyim kechak, libos 
va bezak matolar, gilamlar, mebellar, badiiy oynalar, chinni, fayans, 
zargarlik buyumlari va boshqa badiiy mahsulotlar hisoblanadi. 
Amaliy san’atda janrlarning rivojlanishi ijtimoiy rivojlanish, jamiyat 
hayotiga sezilarli tasir ko‘rsatdi .Jamiyatning ko‘proq qatlamlarini tobora 
o‘ziga jalb qila boshladi. Ayniqsa dekorativ san’at ishlab chiqarish va 
ta’lim jarayonlariga mustahkam kirib bordi, devor gazetalari, e’lonlar 
taxtasi, taklifnomalar ,plakatlar, ko‘rgazmali o‘quv qurollari va boshqalar 
ko‘rinishidagi zaruriy elementga aylandi. 
Inson badiiy–estetik didi rivojlanishida dekorativ san’atning o‘rni 
beqiyosdir. Avvalo go‘zallikni xisqilish, uni idrok etish tushunchasi, inson 
shaxsiyatida aynan atrof muhit tasirida shakllanadi. Amaliy san’at bizni 
o‘rab turgan muhitni estetik zavq beruvchi, o‘zgacha ko‘rinishga 
keltirishga qodir. Amaliy san’at buyumlari insonlarning ma’naviy 
kamolotida, mehnat va estetik tarbiyasida, xalq xo‘jaligidagi mehnatga
tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Amaliy san’at va amaliy san’at 
buyumlari madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, badiiy didning 
shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, Amaliy san’at va amaliy san’at 
buyumlari orqalio‘quvchilarda estetik idrok, taqdimot, estetik his-tuyg‘u 
rivojlanadi. Hissiy tajribalar to‘planadi, nutq boyitiladi. O‘quvchilar 
fikrlash jarayoni rivojlantiriladi, taqqoslash tahlil qilish, sintezlash
umumlashtirish jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Jamiyat tomonidan oldimizga qo‘yilgan yetakchi maqsad – har bir 
yosh avlodning shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun mehnat, 
axloqiy va estetik tarbiyaning yaqin birligiga erishish ekan, bunday 
muhim vazifaning yechimi sifatida, amaliy san’at buyumlari va xalq 
amaliy bezak san’ati materiallari bo‘yicha talim jarayonida yangi o‘quv-
ijodiy vazifalar tizimini amalga oshirishni keltirish mumkin, va bu o‘z 
maqsadimiz tomon yetaklaydigan samarali yo‘l bo‘lib xizmat qiladi. 


108 

Download 5,14 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish