109
O‘zbekistonda ilk marta 1989-yilda bo‘lgan edi. 1994-1997 yillarda esa MKS
xalqaro hamkorlar dasturi ArtsLinkning ikkita granti miqyosida
yurtimizga yana tashrif buyurgan.
O‘z tashriflari davomida Kerelin O‘zbekiston xalq artisti Viloyat
Oqilovaga shogird tushadi hamda undan o‘zbek teatr raqsining uch uslubi
bo‘yicha saboq oladi. Shuningdek, u Oqilova ansambli doirasida
Toshkentdagi Navro‘z festivalida chiqish qilish baxtiga muyassar bo‘ladi.
U bir qator televizion ko‘rsatuvlarda ham qatnashadi. Masalan, 1997-yili
Toshkent televideniyasida “Tanovar” raqsini ijro etgan.
O‘zbekistonda tajriba orttirganidan so‘ng, u o‘z faoliyatini
Amerikada davom ettirgan. Kerelin o‘qituvchi
sifatida turli maktab va
markazlarda ishlagan. Misol uchun, u UCLAda bo‘lganida, Avaz xalqaro
raqs teatrida Ipak yo‘li ayollar raqslari aks etgan “Sharq” bo‘limi a’zosi
sifatida faoliyat olib boradi. Bora-bora, bir necha o‘n yillik tajribasi
samarasi o‘laroq, Kerelin bosh raqqosa, badiiy rahbar sifatida ko‘plab
asarlarni xareografiya qila boshlaydi.
O‘zbek raqs san’atiga bo‘lgan muhabbati Kerelin Kryugerni 1999-yili
Kaliforniyada “Guliston” raqs teatrini tashkil qilishga yetaklaydi. Bu
teatrda o‘zining nozik, ta’sirchan
harakatlari, dunyoviy va ilohiy
muhabbatga intilish tuyg‘usi bilan o‘zbek raqsi ruhini o‘zida mujassam
etgan “Farg‘ona” deb nomlanuvchi raqs uslubi bo‘yicha darslar olib
boriladi. Shu bilan bir qatorda, “Guliston” teatr jamoasi tomonidan
“Sehrlangan qumtepa” (Enchanted dune), “Langston Hyuz O‘zbekistonda”
(Langston Hughes in Uzbekistan), “Xo‘janing karvoni” (Hodja’s caravan),
“Chorrahalar” (Crossings), “Malika Firuza va ot shahzoda” (Princess firuza
and the horse prince) kabi ko‘plab betakror ijod namunalari yaratilgan.
Raqs olamidagi benazir xizmatlari
Kerelin rahbarlik qilgan
“Guliston” raqs teatriga Janubiy Kaliforniyaning nufuzli Lester Xorton
mukofotidagi bir nechta nominatsiyalarni taqdim etadi. 2022-yilda esa
betakror raqs ustasi 2 ta hujjatli filmda suratga tushgan.
Ulardan biri kinorejjisyor Lena Nozizvening “Amerika ovozi” uchun
tayyorlangan badiiy hujjatli filmi bo‘lsa, ikkinchisi Londonda istiqomat
qiluvchi o‘zbek jurnalisti Ibrat Safoning BBC o‘zbek You tube kanali uchun
yaratilgan “Amerikalik o‘zbeklar va Amerika orzusi” nomli hujjatli filmi
bo‘lib hisoblanadi.
Kerelin Kryugerning o‘zbek madniyati, milliy raqs san’atimizga
bo‘lgan yuksak qiziqish va ehtiromi uning intervyularidan birida o‘z
ifodasini topadi: “Men o‘zbek madaniyatiga raqs orqali kirdim. Bu raqs
mening madaniyatimdagi qadriyatlardan farqli qadriyatlarga to‘la. Undagi
energiya,
harakatlar, musiqa, o‘ylashimcha, O‘zbekiston madaniyatiga
chuqurroq nazar tashlash uchun vosita bo‘la oladi. San’atning tasavvuf
jihati bor. Undagi teranlik va g‘ayratni men g‘arbdagi raqslarda topa
110
olmaganman. Uni ijro etganda ichingdan o‘tayotgan hissiyotlarga g‘arb
raqsida hech nima teng kela olmaydi. Men o‘zbeklarning o‘zi his qiladigan
hissiyotlarni seza olyapman deb tasavvur qilaman”.
Kerelin Kryugerning bu dil izhori har bir o‘zbek farzandi qalbiga
faxr-iftixor tuyg‘ularini bag‘ishlaydi.