|
Bosim ostida ishlov berishning mohiyati va ahamiyati
|
bet | 2/18 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 1.82 Mb. | | #91697 |
Bog'liq Bolg‘alangan va shtamplangan xomashyoni o‘rganish. 111) O\'zbek xalq musiqa ijodi (H.Nurmatov, N.Yo\'ldosheva) (3), Doc1, O\'rinboyev To\'lqinbek, 2-sinf-tarbiya 2-конвертирован, Kuchlanishlar rezanansi, 1511526652077 Specialized Progra, MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYACHISI SHAXSIGA QO’YILGAN TALABLAR, 1662883821, 11-sinf Matematika fanidan i-chorak uchun test savollari. №1-fayllar.org, Elektronika, Q5o5g654387, Gerontopsixologiya., portal.guldu.uz-MARKETING, Maxsus IPBosim ostida ishlov berishning mohiyati va ahamiyati
Metallarni bosim ostida ishlash mohiyati shundan iboratki, plastik metal va qotishmalar tashqi kuch yoki bosim tasirida tashqi shaklini ozgartiradi va tasir toxtatilgandan song shu shaklini saqlab qoladi, yani plastik deformatsiyalanadi. Shunga kora mort metallar (choyan, bronza)ni bosim ostida ishlab bolmaydi.
Metallarni bosim ostida ishlash kop vaqtlardan buyon malum bolsada, bu usul eng progressiv hisoblanadi. Chunki metalni chiqindiga chiqarish kam miqdorda, ish unumi katta va olingan mahsulot yuqori boladi. Chunki bosim ostida ishlash natijasida metalni fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi.
Bosim ostida metal ishlansa, uni shaklini ozgartirishdan tashqari, uning ichki tuzilishi hamda xossalari ham ozgaradi.
Metallarni bosim ostida ishlash usuli bilan 80 % koproq eritilgan polat qayta ishlanadi. Rangli metall va qotishmalarni 60 % dan kop qismi, shuningdek, plastmassalar va metalmaslarni kop qismi bosim ostida ishlanadi.
Bosim ostida ishlash bilan ogirligi 10 g dan 100 tonnagacha bolgan zagotovkalar, yarim fabrikatlar, buyumlar, detallar olinadi.
Bosim ostida ishlash juda murakkab jarayon bolib, buyumni tashqi sirtida va ichida ancha ozgarishlar boladi. Buyumda fizik va mexanik ozgarishlar sodir bolishiga olib keladi. Detal tashqi kuch tasirida avval elastik, song plastik deformatsiyalanadi.
Plastik deformatsiyani ikkita qonuni bor:
Hajmlarining ozgarmasligi qonuni, yani metalni bosim ostida ishlanganga qadar bolgan hajmi bosim ostida ishlangandan keyingi hajmga teng boladi.
V0 = V1
Kichik qarshilik qonuni.
Deformatsiyalangan metal qaysi tomonda qarshilik kichik bolsa, osha tomonga oqadi.
1-rasm. Deformatsiya natijasida jismning oqishi
Metallarga bosim ostida ishlov berish (MBIB) metallarni plastik deformatsiyalash usuli bilan mashinasozlik profillari va zagotovkalar olish jarayonidir.
Deformatsiya tashqi kuchlar tasirida jismning shakl va olchamlarini ozgarishidir.
Kuchlanish tashqi kuch tasiri ostida jismda vujudga keladigan yoki materialda xajm ozgarishi bilan bogliq sodir boladigan fizikaviy ximiyaviy jarayonlar natijasida hosil boladigan ichki kuchlar olchovidir.
Elastik deformatsiya deb, kuch tasirida vujudga keladigan deformatsiyaning tasir toxtatishi bilan toliq yoqolishiga aytiladi.
Plastik (qoldiq) deformatsiya esa kuch tasirida vujudga kelgan deformatsiyaning, kuch tasiri olingandan keyin ham saqlanib qolishidir.
Metallarga bosim ostida ishlov berish jihozlariga metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari kiradi. Metallarga bosim ostida ishlov berish asboblari MBIB mashinalarida ornatiladigan va deformatsiyalanadigan metalga bevosita tasir korsatadigan moslamalar kiradi.
Metalning quyma strukturasi suyuq metalning kristallanishi natijasida olingan metal tuzilishi; dendrit (kristal) quyma metalning strukturasini tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Metalning deformatsiyalangan strukturasi metalning quyma strukturasi bir marta yoki kop marta plastik deformatsiyalash natijasida olingan metal tuzilishi; don (kristallit) deformatsiyalangan metalning struktura tashkil etuvchisidir.
Plastik deformatsiyalanish darajasi jismning deformatsiyalanishi natijasida olchamlarini ozgarishini korsatuvchi olchov birligidir.
Deformatsiya tezligi vaqt birligi ichida deformatsiya darajasini ozgarishidir.
Deformatsiyalanish tezligi deformatsiyalaydigan asbobning harakat tezligi.
MBIB metal materiallardan buyumlar (mahsulotlar) olishning keng tarqalgan va ilgor usullaridan biridir.
Bu usul metalning plastiklik xossasiga asoslangan.
MBIB ikkita asosiy maqsadni kozlaydi:
1) Oddiy shaklli zagotovkalardan fason buyumlar olish
2) Quyma metalning mexanik xossalarini oshirish uchun kristallik (tuzilishini) strukturasini yaxshilash; Quyiladigan polatning 90 % i, rangli metall va qotishmalarning 55 % i bosim ostida ishlov beriladi.
MBIB jarayonlarini keng tarqalishi quyidagicha tushuntiriladi:
1) Jihozlarning yuqori unumdorligi, bunda bosim bilan ishlov berish mashinalarning ishchi organlari harakatning oddiy turlari aylanma yoki ilgarilanma harakat qilib, bu harakat yuqori chastotalarda bajariladi.
2) Plastik deformatsiyalashdan song metall mexanik xossalari oshishi evaziga buyum (mahsulot)ning ishonchliligini ortishi;
3) Jarayonning tejamkorligi, MBIBda chiqindilar 20-25% dan ortmaydi, kop hollarda 5-10% boladi.
Bosim bilan ishlov berishda metall sovuqlayin yoki qizdirilgan holda deformatsiyalanadi. Shunga kora, metallarni sovuqlayin va issiqlayin deformatsiyalashga bolinadi.
Sovuqlayin deformatsiyalashda donlar shakli ozgaradi, metalning oqishi yonalishi boyicha choziladi (1-rasm). Metalning mikrostrukturasi (poloschatoy) yol yolsimon bolib qoladi.
2-rasm. Metal strukturasini ozgarishi
Bosim ostida ishlashni sovuq va issiq hollarda bajarish mumkin. Metalni sovuq holda bosim ostida deformatsiyalab, uni xossalarini ozgarishiga tirishish deb aytiladi. Bunda metallarning elastikligi, issiqlik otkazuvchanligi, elektr otkazuvchanligi, korroziyaga chidamliligi yomonlashadi.
Tirishish- holati normal kristal panjaralarni tashqi kuch tasirida ozgarishi bolib, kuch tasiri natijasida panjarada siljishlar hosil boladi
3-rasm. Deformatsiyada kristall panjaraning ozgarishi.
Xuddi shunday, bosim bilan ishlov berishda metalning mexanikaviy, fizikaviy va ximiyaviy xossalari ham ozgaradi. Deformatsiyalanish darajasi ortishi bilan metalning mustahkamlik va qattiqligi oshadi, plastikligi va qovushqoqligi kamayadi. Bir vaqtning ozida metalning elektr qarshiligi oshishi, korroziyaga qarshiligi, issiqlik otkazuvchanligi kamayadi. Sovuqlayin plastik deformatsiyalanish jarayonida metalning mexanikaviy va fizikaviy himiyaviy xossalarini ozgarishi bilan bogliq xodisalar yigindisiga mustahkamlanish (naklep) deyiladi.
Naklep hisobiga metal mustahkamlik xossalarini ortishiga bir tomondan foydali hodisa (buyumlarda metalning oshirilgan mustahkamlik va ishonchlilikka ega bolishi) sifatida qarash mumkin.
Ikkinchi tomondan naklep bosim bilan sovuqlayin ishlov berishda metalning yemirilishi xavfi bilan bogliq sezilarli deformatsiyalanishiga imkon bermaydi. Bunday holda metalni sovuqlayin deformatsiyalanish jarayonini toxtatib, naklepni bartaraf qilishga togri keladi.
Metalning naklepi rekristallizatsion yumshatish yoli bilan bartaraf qilinadi.
Sovuqlayin deformatsiyalangan metalni belgilangan temperaturagacha qizdirilganda, unda deformatsiyalangan donlar orniga yangi muvozanatdagi donlarning vujudga kelishi, paydo bolishi va osishi sodir boladi. Bu hodisaga rekristallizatsiya deyiladi. Rekristallizatsiya boshlanadigan temperatura metalning suyuqlanish tempereturasiga bogliq:
Т rekr = k* Т suyuq,
bu yerda k – metalning tarkibi va stukturasiga bog‘liq koeffitsent (texnik yuza metallarda k = 0,3 ...0,4; qotishmalarda k = 0,5 ...0,6 bo‘ladi); T suyuq – metalning absolyut suyuqlanish temperaturasi. Sovuqlayin deformatsiyalangan metalning rekristallanishi natijasida dastlabki struktura va xossalari tiklanadi. Buning natijasida metalning mustahkamlanishi toliq bartaraf qilinadi. Ana shundan song sovuqlayin holatda metallni deformatsiyalanishini jarayonini davom ettirish mumkin.
Shunday qilib, naklepning salbiy tasiri natijasida buyumni tayyorlash texnologiyasi jarayonlariga yana metalni qoshimcha yumshatish operatsiyalarini ham kiritish evaziga jarayonni murakkablashuvi hisoblanadi.
Issiqlayin deformatsiya deb, metalning shunday deformatsiyalash jarayoniga aytiladi-ki, bunda zagotovkaning butun hajmi boyicha bir vaqtning ozida naklep bilan birgalikda rekristallanish jarayoni bolib otadi. Issiqlayin deformatsiyalashda zagotovkani qizdirish temperaturasi metalning rekristallanish temperaturasidan yuqori bolishi kerak. Bu holda metal strukturasi teng oqli boladi, mustahkamlanish esa izsiz yoqoladi.
Shunday qilib, deformatsiyalangan metalda mustahkamlanish va mustahkamlanishini yoqotish jarayonlarini sodir bolish darajasiga kora metallarni sovuqlayin va issiqlayin bosim bilan ishlash turlariga bolinadi.
Sovuqlayin bosim bilan ishlov berishda metalda naklep sodir boladi va rekristallanish jarayoni bolmaydi. Metalllarga sovuqlayin bosim bilan ishlov berish jarayoni rekristallanish temperaturasidan past temperaturalarda amalga oshiriladi.
Issiqlayin bosim bilan ishlov berishda naklep sodir boladi, bu naklep bir vaqtning ozida sodir boladigan rekristallizatsion jarayonlarni yoq qiladi, yani metallning deformatsiyalanishi esa uning mustahkamlanishisiz amalga oshadi. Metal deformatsiyalanishi jarayonida ozini yuqori plastikligini saqlaydi. Issiqlayin bosim bilan ishlov berish rekristallanish temperaturasidagi yuqori temperaturalarda amalga oshiriladi.
Metallarga bosim ostida sovuqlayin ishlov berishda buyum yuzasi sifatini yaxshi bolishi (qizdirish yoqligi) va olchamlarini ancha aniq bolishi, detallarni (naklep hisobiga) ancha yuqori ekspluatatsion xossalariga ega bolishi, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun qulay sharoitlar mavjud boladi.
Metallarga bosim ostida ishlov berish kam kuch nagruzkasi ostida deformatsiyalanish, deformatsiyalanadigan metalning yuqori darajadagi plastikligi (qizdirish hisobiga) bilan xarakterlanadi. Shuning uchun issiqlayin deformatsiyalash jarayonini olchamlari katta bolgan metal buyumlarni, qiyin deformatsiyalanadigan, kam plastiklikka ega metal va qotishmalarni xamda quyma zagotovkalarni tayyorlashda qollash maqsadga muvofiq.
Kopincha, bosim bilan issiqlayin ishlov berishda metalning dendritli katta kristalli strukturasi buziladi; qisman govaklik va chokish nuqsonlari bitadi; metalni rekristallanish evaziga mayda donli strukturasiga ega bolinadi. Bularni barchasi deformatsiyalangan metalning mexanik xossalarini yuqori bolishiga olib keladi.
Metalni bosim bilan ishlash qobiliyatini tavsiflovchi muhim xossalariga plastiklik va deformatsiyaga qarshilik kiradi. Bu xossalarga quyidagi omillar tasir qiladi:
|
| |