• Q i z d i r i sh p ye ch l a r i.
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch Davlat universiteti




    Download 1.82 Mb.
    bet5/18
    Sana31.10.2023
    Hajmi1.82 Mb.
    #91697
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Bolg‘alangan va shtamplangan xomashyoni o‘rganish. 111)
    O\'zbek xalq musiqa ijodi (H.Nurmatov, N.Yo\'ldosheva) (3), Doc1, O\'rinboyev To\'lqinbek, 2-sinf-tarbiya 2-конвертирован, Kuchlanishlar rezanansi, 1511526652077 Specialized Progra, MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYACHISI SHAXSIGA QO’YILGAN TALABLAR, 1662883821, 11-sinf Matematika fanidan i-chorak uchun test savollari. №1-fayllar.org, Elektronika, Q5o5g654387, Gerontopsixologiya., portal.guldu.uz-MARKETING, Maxsus IP
    Metalni qizdirish rejimi. Po‘latni har xil sortlarini issiq holda bosim bilan ishlaganda har xil temperaturalarda qizdiriladi.
    Konstruksion uglerodli po‘latlar 1200-13000 С da, asbobsozlik po‘latlari, uglerodni kuyishdan ehtiyot qilish uchun 1050-1180 0 С da, legirlangan asbobsozlik po‘latlari 1100-12000 С da qizdiriladi.
    Q i z d i r i sh p ye ch l a r i. Metallarni bosim ostida ishlashda ularni qizdirish ochiq olovli suyuq va gaz ishlatiladigan elektrqizdirgichlarda bajariladi. Olovli pechlar universal bo‘lganligi uchun, ular keng tarqalgan bo‘lib, quymalar, zagotovkalar va har xil hajmlardagi buyumlarni qizdirish mumkin.
    Olovli pechlarni kamerali va metodik turlari mavjud.
    Kamerali pechlarni ish fazasi to‘rtburchak shaklida bo‘lib, temperatura ish hajmini hamma joyida bir xil bo‘ladi.
    Metodik pechlarni ish fazasi uzun shaklda bo‘lib, temperatura olovni yo‘nalishi bo‘yicha pasayadi. Bunday pechlarda zagotovka olovga tomon itarilib borib, asta-sekin olovga olib boriladi.
    Kamerali pechni turi temirchilik pechi bo‘lib, forsunka ish fazasiga o‘rnatiladi.
    Mexanizatsiyalashtirilgan pechlar ham mavjud bo‘lib, bunda zagotovkani yuklash, ag‘darish va qizigan zagotovkani olish kabi og‘ir ishlar bir muncha va to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan.
    Elektr pechlarini ichki devorlariga spiral o‘rnatilgan bo‘lib, tok berilganda spiral qizib pech fazasini qizitadi va pechdagi zagotovka ham qiziydi.


    4-rasm. Qizdirgich pechlari:


    а) Kamerali pech


    b) Metodik pech


    7-rasm Induksion elektr qizdirgich pechining sxemasi
    Bundan tashqari karusel tipidagi pechlar ham mavjud bo‘lib, pechni ostki qismida disk yoki halqadan qilingan bo‘lib, maxsus mexanizm yordamida ular aylanadi. Aylanish tezligi zagotovkaning qizish uzoqligi bilan aniqlanadi. Bu pechlarda hohlagan turlardagi buyumlar qizdiriladi (5-rasm).


    5-rasm.
    Karusel pechi.




    1-Zagotovka
    2-Qisqich
    3-Transformator



    6-rasm Kontaktli elektr qizdirgich

    1-zagotovka


    2-induktor
    3-tok manbai

    Katta, yirik- yirik zagotovkalar quduqli pechlarda qizdiriladi.


    Bu pechlarda berilayotgan havoni pechdan chiqayotgan issiq havo bilan qizdiriladi, natijada issiqlik effekti yuqori bo‘ladi.
    Kontaktli elektr qizdirgichlarda zagotovkaning uchlariga tok kuchlanishi 15 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tok ulanib, bunda metalni qizishi detallardan o‘tayotgan tokka qarshilik hisobiga bajariladi. Elektroenergiya sarfi 0.35-0.45 kvt/soat .
    Induksion elektr qizdirgichlarda qizdiriladigan zagotovka pechni yuklash oynasidan yuklanadi va transportyor yordamida induksion kameradan o‘tishi bilan qiziydi. Pech kamerasida sovitiluvchi mis trubalarda induktor joylashgan bo‘lib, zagotovka induksion tok hisobiga qiziydi.
    Pechlarni ishini samaradorligini oshirish asosan pechga berilayotgan havoni qizdirish yo‘li bilan bajariladi. Ma’lumki, kamerali pechlar juda kichik F. I. K. bilan ishlaydi. Chunki yonganda hosil bo‘lgan gazlarning temperaturasi 1200 0 C ga bo‘lib, mo‘ri orqali tashqariga chiqib ketadi. Ana shu gazlarning issiqligi hisobiga beriladigan havo qizdiriladi. Havo 200-400 0 С gacha qizdirilsa, 12-22 % yonilg‘i sarfini tejash mumkin va pechni temperaturasi tez ko‘tariladi. Pech kamerasidagi issiqlikdan to‘liq foydalanishning ikkinchi usuli, pechlar ikki kamerali qilinib, pechda qizdirilmoqchi bo‘lgan gazlarning issiqlik hisobiga qizdarilib, so‘ng asosiy pechga uzatiladi.
    Bu usul bilan beriladigan yonilg‘ining 40 % ini tejash mumkin.
    Ochiq olovli pechlarda oksidsiz qizitish asosan yonilg‘i gazni chala yonishi bilan, ya’ni havoni nazariyada ko‘rsatilganidan 50 % miqdorida qo‘shiladi, hamda havoni 800-1000 0 S ga qizdirish bilan erishiladi.

    Metallarni yoyish (prokatkalash) bosim ostida ishlashning eng ko‘p qo‘llaniladigan usulidir. Metallurgiya zavodlarida ishlab chiqariladigan prokatkani miqdori mamlakatda metallurgiya sanoatining qanchalik rivojlanganligini ko‘rsatuvchi eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir.


    Prokatkalash - yoyishda metal bir-biriga teskari aylanuvchi jo‘valar orasidan ezib o‘tkaziladi. Bunda jo‘valar orasidan tirqish berilgan materialning qalinligidan kichik bo‘ladi. Jo‘vada materialning ezish natijasida, zagotovkaning qalinligi kichrayadi, uzunligi oshib va eni kengayib, yoyiladi.
    Jo‘valar prokat stanlarning staninasiga o‘rnatilib, profilli kesimi bo‘lishi mumkin.
    Prokat stanlarning jo‘valarning kesimi juda turli-tuman bo‘lib, qurilish balkalari, har xil qalinlikdagi listlar, prokat zagotovkalarini yoyiladi. Po‘latlarni sovuqlayin va issiq holda yoyiladi. Sovuq holda faqat yupqa listlar prokatka qilinadi.
    Stan jo‘valarning orasidan zagotovkaning bosilib, ezilib o‘tishi zagotovkalar va jo‘valar orasida hosil bo‘ladigan ishqalanish natijasida bajariladi. Yoyilishda metal ikkita aylanuvchi vallar yordamida ilib olinib bosiladi. Metall vallar orasidagi ishqalanish natijasida uzunligi oshadi va yoyiladi. Ishqalanish vallar yuzini metalga bosim ostida bosilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunda metall vallarning kontakt uchastkasida АВ va А1В1 yoyi bo‘yicha deformatsiyalanadi. АА1 chizig‘i metallni vallar orasiga kirish zonasi, hamda ВВ1 chizig‘i esa metallni vallar orasidan chiqish zonasi deb yuritiladi. АВ А1В1- yuza deformatsiya yuzasi.


    8-rasm. Yoyish jarayonlarining sxemasi.
    Yoyishda deformatsiyalanish metalni uzunligi va kengligi bo‘yicha mavjud. Uzunlik bo‘yicha deformatsiyalanish uzunligi АВ yoki А1В1yoylarini gorizontal proyeksiyasi deb yuritiladi. Deformatsiyalanish kengligi esa, metalni yoyguncha va yoygandan keyingi kengliklarni yig‘indisini yarimiga teng:

    Yoyishda qalinlik Н kichrayadi, uzunligi esa L1dan L2 uzunlashadi. Lekin kenglik ham bir qancha В1dan В2 ga kengayadi. Metallning qalinligi kichrayishiga ezilish deb ataladi.

    Н=Н-h мм - absolyut ezilish miqdori


    k=Н-h/ Н nisbiy ezilishning protsentida ifodalanib

    k=(Н-h/ Н)*100%


    Bunda: Н- metallni yoyguncha qalinligi, мм
    h-yoyilgandan so‘ngi qalinligi, мм.
    Metalni qalinligini o‘zgarishiga ezilish koeffitsiyenti deb ataladi va u quyidagi formuladan aniqlanadi:

    Download 1.82 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 1.82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch Davlat universiteti

    Download 1.82 Mb.