O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti




Download 66,14 Kb.
bet3/11
Sana06.12.2023
Hajmi66,14 Kb.
#112160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy no-fayllar.org
Qo1, MAVZU, ZILOA, Mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida , funksiya-Topshiriqlar, O\'taganova Madina, 7 20 Safoyeva Dilnoza 2, 3121, 7-sinf, Ma\'lumotlarni shifrlash, Kurs1111, Истиқлол бартараф этилган муаммолар, 222222
1.1 TIL IJTIMOIY HODISA
Tilning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyot yo‘lini o‘rganish tilning qanday hodisa ekanligini tasavvur qilish imkonini beradi. Tilshunoslik tarixida qadimdan qarama-qarshi ikki fikr o‘rtasida kurash boradi. Quyida shular to‘g‘risida fikr yuritamiz. Shulardan biri XIX asrda Germaniyada Avgust Shleyxer tomonidan asos solingan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi fikrdir. Shleyxer u yoki bu hodisaning tabiiy yoki ijtimoiyligmi xalqning irodasi shu hodisaga ta ’sir ko‘rsata olish-olmasligi nuqtai nazaridan aniqlaydi. Uning fikricha, tilning rivojlanishi xalq istagiga bog‘liq bo‘lmaydi, u o‘z qonunlari asosida rivojlanadi, demak, til tabiiy hodisalar qatoridan o‘rin olishi kerak. Bundan til dunyodagi boshqa tabiiy hodisalar singari o‘z-o‘zicha paydo bo‘ladi, rivojlanadi, kezi kelganda, yo‘q bo‘ladi, o‘ladi degan ma’no kelib chiqadi. Til kishining tabiiy xususiyatlari (masalan, yurish, nafas olish, ovqatlanish va boshqalar)ga xos narsadir. Olma daraxti ma’lum vaqt o'tishi bilan olma hosili berganidek, odam bolasi m a’lum yoshga yetganda gapira boshlashi kerak. Bunday fikmi ilgari surgan olimlarda ba’zi «dalillar» ham bor edi. Ular lotin, sankrit (qadimgi hind tili) kabi o'lik tillami misol qilib ko‘rsatishadi. Mazkur fikr tarafdorlari o‘z nazariyalarini asoslashda nemis faylasuf olimi Gegelning absolyut g‘oyasidan foydalanadilar. Tilning paydo. bo‘lishi va rivojlanishini ana shu absolyut g‘oyaning harakati deb bilishdi. Aslida tilning paydo boiishi va taraqqiyoti insoniyat jamiyati bilan uzviy bog‘langan. Til jamiyat mahsuli, jamiyat bor joyda til paydo bo'ladi. Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr ko‘rmasin, u gapirmaydi. Chunki til nasldan-naslga, avloddan-avlodga o‘tmaydi, ya’ni uning irsiyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Irsiyat qonuniga binoan, bolaning biologik, antropologik xususiyatlari (tanasining va sochining rangi, yuz tuzilishi va boshqalar) avioddan-avlodga o‘tadi, lekin o‘zbek oilasida tug‘ilgan bola faqat o‘zbek tilida gapiradi, deyish noto‘g‘ridir. U qaysi tilda gapira boshlashi, qaysi oila, qaysi ijtimoiy muhitda tarbiyalanishiga bog‘liq: agar chaqaloq rus tilida gaplashuvchi jamoa ichida tarbiyalansa, ruscha, tojiklar ichida tarbiyalansa, tojikcha gapiradi. XX asr boshlarida Hindistonda ro‘y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo‘la oladi. U yerda bo‘rilar to‘dasi orasida ikki qizchaga duch kelingan. Qizchalardan biri - 2, boshqasi - 7-8 yashar bo‘lgan. Ular bo‘rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilishmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki go‘dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko‘p vaqt o‘tmay, kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr ko‘rdi, ammo til va yurish-turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu yillar mobaynida u 45 ga yaqin so‘zni o ‘rgandi, lekin ulardan gap tuza olmadi. Bu voqeani chuqur tahlil qilgan psixologlar, sotsiologlar, tilshunoslar shunday xulosaga kelishgan:



Download 66,14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 66,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Download 66,14 Kb.