• Ayladim ul mamlakatni yakqalam. («Lisonut tayr»dan) Va, hatto, «turk sortdin tezfahmroqdur» («Muhokamat ul lugatayn») deb yozadi.
  • Agar bir qavm, va gar yuz, yo‘qsa, mingdur­­




    Download 66,14 Kb.
    bet5/11
    Sana06.12.2023
    Hajmi66,14 Kb.
    #112160
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy no-fayllar.org
    Qo1, MAVZU, ZILOA, Mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida , funksiya-Topshiriqlar, O\'taganova Madina, 7 20 Safoyeva Dilnoza 2, 3121, 7-sinf, Ma\'lumotlarni shifrlash, Kurs1111, Истиқлол бартараф этилган муаммолар, 222222
    Agar bir qavm, va gar yuz, yo‘qsa, mingdur­­
    Muqarrar turk ulusi xud meningdur.
    Olibmen taxtifarmonimg'a oson
    Cherik tortmay Xitodin to Xuroson.
    Ко‘ngul bermish so‘zimga turk jon ham,
    Na yolg'iz turk, balkim turkmon ham. («Farhod va Shirin»dan)
    Turk nazmida chu tortib men alam,
    Ayladim ul mamlakatni yakqalam. («Lisonut tayr»dan)
    Va, hatto, «turk sortdin tezfahmroqdur» («Muhokamat ul lug'atayn») deb yozadi.
    Turk so‘zi turkiy tillarda (jumladan, o‘zbek tilida) - keng va tor ma’noga ega. Keng ma’noda o‘z ichida bir necha ichki guruhlarga bo‘linadigan o‘zaro qarindosh (kelib chiqish, leksik va grammatiк vositalari bilan o‘zaro o‘xshash bo'lgan) tillar (turkiy tillar shaklida) va shu tillarda so'zlovchi xalq va ular ajdodlarining umumiy, barchasi uchun xos bo’lgan nomi sifatida qo’llaniladi. Tarixiy manbalar va hozirgi ilmiy adabiyotlarda turkiy tillarning o‘zaro yaqinlik darajasiga ko‘ra ikki tamonga - G 'arbiy xun, Sharqiy xun tarmoqlari, har bir tarmoqning bir necha guruhi ajratiladi. Turkiy tillarning G‘arbiy xun tarmogi quyidagi asosiy ichki guruhlarga bo’linadi.
    1) qarluq guruh i (hozirgi o’zbek, uyg’ur tillari);
    2) qipchoq guruhi (qoraqalpoq, qozoq, tatar, boshqird, no’g’oy tillari);
    3) o’g’uz guruhi (turkman, ozarbayjon, turk, Turkiya turkchasi, gagauz tillari);
    4) bulg‘or guruhi tillari (chuvash tili) guruhlardan iborat bo‘lsa,
    sharqiy xun tarmog‘i quyidagi guruhlarga ajratiladi:
    a) uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi (qadimgi turkiy til, yoqut, xakas, tuva tili, to‘falar tili);
    b) qirg‘iz-qipchoq guruhi (qirg'iz, oltoy tillari).
    Turk so‘zi keng m a’noda shu tillar va xalqlarining umumiy nomi sifatida qo’llaniladi va turkiy til hamda xalqlarni noturkiy (chunonchi, arab, fors, tojik, mo‘g ‘ul, slavyan v.b.) til va xalqlardan ajratadi.
    Tor ma’noda turk so‘zining ma’nosi va qaysi til hamda xalqqa nisbatan ishlatilayotganligi bu so‘zning muayyan ishlatilish o’rni (hududi) va davri bilan uzviy bog’liq ravishda o‘zgaradi. Jumladan, Mahmud Koshg‘ariy X - XII asrlarda turk so‘zini tor ma’noda «Qoraxoniylar davlatida yetakchi mavqega ega bo’lgan, boshqa yondosh turkiyzabonlardan (o‘g ‘uz, turkman, uyg‘ur, qipchoqlardan) til jihatidan ma’lum darajada farqlangan toifa» ma’nosida qo’llaydi. Alisher Navoiyda keltirilgan parchada turk va turkman so‘zlari zidlanishidan anglashilib turganidek, turk so‘zi keng ma’noda ham, tor ma’noda ham ishlatilgan. Tor ma’noda turk so‘zi bilan Mahmud Koshg‘ariy kabi qarluq toifasiga mansub, o‘zbek xalqining shakllanishiga tayanch asos bo’lgan o’troq aholi nomlangan. Kavkaz, Turkiya, Oltoy, Volgabo‘yi, Boltiqbo‘yi, Sharqiy Yevropa hududida qo’llanilgan turk so'zining tor ma’nosi (qaysi xalq yoki etnik guruhni atab kelayotganligi) davri va mintaqasi shart-sharoitiga mos aniqlanadi hamda har bir davr-u hudud uchun o‘ziga xos. XVI asrda hozirgi O‘zbekiston aholisi tarkibida katta o‘zgarish sodir bo’ldi: Temuriylar davlati Dashti Qipchoqdagi (Sirdaryoning o ‘ng qirg‘og‘idan shimol-sharqda joylashgan Qozog’iston cho’llarida) Muhammad Shayboniyxon boshchiligida qipchoq toifasiga mansub ko'chmanchi o‘zbeklar tomonidan bosib olinadi va 92 urug‘ga mansub bo’lgan ko‘chmanchi о‘zbek toifasi vakillari bu hududga ko‘plab kelib joylasha boshlaydi. Ko‘chmanchilar o‘troq aholini sort deb ataganlari sababli ko‘chmanchi o'zbeklar o‘zlari bosib olgan va o‘zini turk deb nomlagan o‘troq (juda ko‘p hollarda zullisonayn, shaharda istiqomat qiluvchi yoki sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi) aholini, odatiga ko‘ra, sort deb atadi. Natijada XVI asr va undan keyingi davrda hozirgi O‘zbekistonda (Shayboniylar davlati hududida) aholini sort-o‘zbekka ajratish ommalashdi. Sort atamasi bilan Qoraxoniy-Chingiziy-Temuriylar davlatida turk deb atalgan, qarluq toifasiga mansub turkiyzabon (va zullisonayn) o’troq aholining (ularga singib ketgan boshqa elatlarning) avlodlari, o‘zbek nomi bilan qipchoq toifasiga mansub Shayboniyxon bilan kelgan ko‘chmanchi chorvachilik yoki lalmikor dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilar atalgan. XVII-XIX asrlarda badiiy adabiyotda sort va o'zbek atamalarining qo’llanilishi shu farqlanish bilan bog’liq. Turdi Farog’iy she’riyatida, Abdulla Qodiriyning « O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» asarlarida buning yorqin namunasini ko‘rish mumkin. Chunonchi, Turdi g ‘azallaridan birida shunday baytlar mavjud:

    Download 66,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 66,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agar bir qavm, va gar yuz, yo‘qsa, mingdur­­

    Download 66,14 Kb.