Falsafiy UMIS va AHVOning lisoniy tizimda voqelanishi




Download 66,14 Kb.
bet10/11
Sana06.12.2023
Hajmi66,14 Kb.
#112160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy no-fayllar.org
Qo1, MAVZU, ZILOA, Mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida , funksiya-Topshiriqlar, O\'taganova Madina, 7 20 Safoyeva Dilnoza 2, 3121, 7-sinf, Ma\'lumotlarni shifrlash, Kurs1111, Истиқлол бартараф этилган муаммолар, 222222
Falsafiy UMIS va AHVOning lisoniy tizimda voqelanishi. Dialektika qanday o'rganish manbaida, borliqdagilar bir narsada ikki jihat borligini ta’kidlaydi va uni quyidagi ikki tomonli kategoriyalar asosida sistemalashtiradi: Umumiylik - alohidalik; Mohiyat - hodisa; Imkoniyat - voqelik; Sabab - oqibat. Birinchi jihat (uni tegishli kategoriyalam ing bosh harflari asosida qisqacha UMIS deb ataymiz) narsalarning bevosita kuzatishda berilmagan substansiyasi bo'lib, aqliy, idrokiy usul bilan anglanadi. ikkinchi jihat esa (AHVO - alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) UMISning voqelanishi bo‘lib, uni tadqiqotchi, o‘rganuvchi kishi sezgi a’zolari yordam ida his qila oladi. Har bir narsada UMIS turlari (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) yaxlit holda mavjud boMadi va AH VO turlari birgalikda (alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) yaxlit holda voqelanadi M asala mohiyatini yaqqolroq tasavvur qilish uchun ham maga tushunarli bo’lgan hayotiy bir dalilga murojaat qilamiz. Hovlida beshta har xil o‘rik daraxti bo‘lib, ular bevosita kuzatishda bcrilgan, sezgi a ’zolari yordamida ulanii his qila olamiz. Lekin ongimizda yaxlit o‘rik tushunchasi mavjud. U bevosita kuzatishda berilmagan bo’lib, aqliy yo‘l bilan tiklangan.

UMIS AHVO
Moddiylikdan xoli Moddiylikka ega
Takrorlanuvcha Betakror
Cheklangan Cheksiz
Buni quyidagicha sharhlash mumkin:
1. «Umuman o’rik» UMIS sifatida ong orqali idrok etiladi. U o‘zida yakka, alohida o’riklarning barcha umumiy belgilarini mujassamlashtirib farqli jihatini chetda qoldiradi. Masalan, bir o‘rik - daraxti erta, ikkinchisi esa kech pishadi, uchinchisi achchiq danakli, to ‘rtinchisi esa kam hosillidir. Bu farqli jihatlar «o‘rik» UMISida aks etmaydi. Ular AHVO larda namoyon bo‘ladi. AHVO moddiy tarzda bo‘lib, sezgi uzvlariga ta’sir qiladi.
2. «Umuman o‘rik» UMISi har bir o‘rik AHVO sida takrorlanadi. Borliqda qancha AHVO bo‘lsa ham , har birida UMIS o'zining bir qirrasini namoyon qilaveradi. Lekin AHVO sifatidagi muayyan o‘riklar takrorlanmaydi. Kesilgan bir o‘rikni qayta ekishning iloji yo‘q. Ammo qancha o‘rik kesilgani-yu ekilgani bilan umuman o'rik UMISi o ‘zgarmasdan turaveradi. UMIS barqaror, A H VO o‘tkinchidir.
3. UMIS sifatida «umuman o ‘rik» bitta. Ammo o'rik AHVOlari cheksiz. Shu kungacha mavjud bo'lgan va kelajakda ekib, o‘stiriladigan o'riklar sonini tasavvur qilib bo'lmaydi. Ammo UMIS bittaligicha turaveradi. UMIS va AHVO munosabati falsafada substansiya va aksidensiya, tasavvufda zot va tajalli sifatida qaraladi. Xo‘sh, falsafiy UMIS va AHVO til hodisalariga nisbatan qanday tatbiq etiladi? Qalin, qora, katta so'zlaridagi a tovushlarini talaffuz qilaylik. Sezgilarimiz 6 ta a unli tovushni his qiladi. Bundagi birorta a tovushini qayta talaffuz qilib bo'lmaydi. Qayta aytilgani esa endi yettinchi a tovushi bo’ladi. Talaffuz qilingan a tovushini (boshqa tovushlari ham) qayta talaffuz qilish mumkin emas va har bir qayta aytilgan tovush yangi ekan, demak, nutqimizdagi a tovushlari cheksiz bo'lib, hech qachon takrorlanmaydi va sezgi a’zolari yordamida his qilinadi (aytilganda eshitiladi, yozilganda o'qiladi). «а» tovushi AHVO bo'lib, u yuqorida zikr etilgan «alohida o ‘rik»ka monand. AHVOlar qanchalik ko'p, rang-barang bo'Iishiga qaramay, ongimizda ularing umumlashmasi sifatidagi yakka a UMISi bor. Bu a yuqorida aytilgan «umuman o'rik» kabi moddiylikka ega emaslik (ongda psixofizik holatda mavjudlik), barcha a AHVOlarida takrorlanuvchanlik, miqdoran cheklilik (ya’ni bittalik) xossalariga ega. Fonetik AHVO tovush va fonologik UMIS fonema deb yuritiladi.
Falsafiy UMIS va AHVOning leksikada voqelanishiga diqqat qilamiz. Misollar: Men kitob o'qishni boshladim. Bu kitobni Halim nega keltirdi? Kitob qiziqarliligi bilan meni tezda o’ziga rom qildi gaplarida uchta kitob so'zi mavjud. Bu so'zning ham har biri «muayyan o'rik», «muayyan a tovushi» kabi moddiy voqelanganlik, lakrorlanmaslik belgilariga ega va ular qatorini yana cheksiz davom ettirish mumkin bo'lganligi sababli miqdoran cheklanmaganlik kabi AHVOlarning barchasiga xos belgilami o'zida mujassamlashtirgan. Cheksiz kitob so'zlarining zamirida esa «umuman kitob» UMISi yashiringan. U nutqqa chiqadigan barcha kitob so'zlari uchun doimiy asos sifatida yashaydi. Chunki ikkinchi kitob so’zi birinchisining takrori emas. U - yangi so‘z. Uchinchisi va qolgan barcha so‘zlar uchun shunday fikrni aytish mumkin. Shuningdek, morfoiogiyada -ni tushum kelishigi shaklining turli nutqiy qodlanishlari m orfologik AHVO lar bo‘lib, bu qo‘shimchalar ongdagi -ni UMISi (morfemasi) asosida voqelangan. Sintaksisda UMIS va AHVO munosabati quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi.
Masalan, Kitobning varag'I, Uyning eshigi, Halimning savoli, Qog’ozning qalinligi, Ruchkaning qopqog’i kabi so‘z birikmalari alohida-alohida AHVO bo‘lib, ularning umumiy qaratqich kclishigidagi mustaqil so'z + egalik shaklidagi mustaqil so‘z = qaratuvchi va qaralm ishning turli munosabatlari qolipi - UMISining (mustaqil so‘z atamasi uchun qulaylik maqsadida tilshunoslar tomonidan qabul qilingan inglizcha word so‘zining bosh harfi bodgan W shartli belgisidan foydalanamiz: w qaraqich kelishigi - W ega kesim qo’shimchasichasi tarzida) voqelanishi. O‘zbck tilida barcha gaplar esa AHVOlar sifatida kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan atov birligi, ya’ni WPm (bunda [W] - yuqoridagidek mustaqil so'z, atov birligi, [Pm] esa kesimlik ko’ratkichi bo‘lib, predikat, marker so'zlarining bosh harflaridan iborat) UMISining yuzaga chiqishi. Esda tutish kerakki, UMIS hech qachon muayyan bir AHVO da to‘la-to'kis voqelana olmaydi, unda o'zining ma’lum bir qisminigina yuzaga chiqaradi. Masalan, WPm UMISi Men keldim gapida boshqa, Ketadimi? gapida boshqa bir qirrasini namoyon qilgan. Gapning darak va so'roq belgilari bir butun holda birdaniga voqelana olmaydi. Biroq AHVO UMISdan tashqarida ham bo'la olmaydi. Har qanday sodda gap baribir WPm UMISi doirasidan tashqariga chiqa olmaydi. Buni So'fi Olloyor HAQ (UMIS) va sifat (tajalli, AHVO) munosabati misolida mahorat bilan tasviriaydi:
Subutiydir aning (ya ’ni HAQning) sakkiz sifoti, Sifot zoti emas, na g‘ayri zoti. Mazmuni: HAQning sakkizta sifati barqarordir, biroq ulardan birortasi (o‘z-o‘zicha, yakka holda) uning zoti (UMIS)ni tashkil eta olmaydi.

Download 66,14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 66,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Falsafiy UMIS va AHVOning lisoniy tizimda voqelanishi

Download 66,14 Kb.