• «Adabiy til - umum xalq tilidan yasalgan guldasta»
  • О’zbak о'g‘li о‘qisa tafsir ila mishkotni




    Download 66,14 Kb.
    bet6/11
    Sana06.12.2023
    Hajmi66,14 Kb.
    #112160
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy no-fayllar.org
    Qo1, MAVZU, ZILOA, Mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida , funksiya-Topshiriqlar, O\'taganova Madina, 7 20 Safoyeva Dilnoza 2, 3121, 7-sinf, Ma\'lumotlarni shifrlash, Kurs1111, Истиқлол бартараф этилган муаммолар, 222222
    О’zbak о'g‘li о‘qisa tafsir ila mishkotni,
    Ro‘z savm-u shab qiyorn afzun etib tootni,
    Etsa toroji havodis, jam о‘lub avbosha der:
    «Sahmgin solib suron ur, molin olgil sortni».
    O‘zbek so‘zining bugungi kunda tilimizda ba’zan voqelantiradigan «sodda», «oq ko‘ngil», «to‘g‘ri» kabi ma’nolari ham shu farq bilan bog’liq:
    Sevsam, sevibman-da, o'zbekman, sodda. (G.G'ulom)
    Rus istilosi davrida ham IX -X asrdagi turklarning avlodi bo’lgan aholi sort, sart nomi bilan yuritilardi. Shuning uchun XIX asr oxirlarida o‘zbek tilining rus harbiylari tomonidan o‘rganilishi uchun N.P.Ostroumov, M .S.Andreyev, L.A.Zimin kabilar tomonidan tuzilgan ilk qo’llanmalarda u shu nom bilan atalgan. XX asr boshlarida bugungi о‘zbek millatining rasmiy nomlanishi ancha bahs-u munozaraga sabab bo’ldi. Asosiy bahs turk - turkistonlik - sort - o'zbek atamasidan biri ustida bordi. Shu davrda ilg‘or adiblar ko‘proq o'zbek atamasini ma’qullashdi. O'zbek so‘zi etnonim (xalq nomi) sifatida qadimgi davrdan qo’llanilib kelgan. IX asr arab manbalarida o ‘zbeklar, ularning botirlik va qo‘rqmasliklari, shuning uchun xalifa sardorlari ulardan o‘zlari uchun qo‘riqchilar yollaganligi haqida ma’lumot bor. Lekin fanimizda rus va sovet davrida bir fikr - о‘zbek so‘zi Oltin O‘rdada 1313-1342-yillarda xonlik qilgan Sulton Muhammad O‘zbekxon nomidan olingan degan talqin targ’ib etilgan. Bu - xato talqin. Zero, bu so‘z etnonim sifatida, aytib o’tilganidek, XIV asrdan ancha oldin ham qo’llangan. Aksincha, Sulton Muhammadga bu antroponim (kishi nomi) o'zbek etnonimi asosida berilgan. G‘arbiy Yevropa o‘zbek tili va madaniyati bilan X V II-X V III asrlardan boshlab yaqindan tanisha boshladi va tilimiz G ‘arbiy Yevropada chig'atoy tili nomi bilan mashhur bo’ldi. Bu nom haqiqatan ham chingiziy Chig‘atoy ibn Chingiz (vafoti 1242-y.) bilan bog’liq. Bunga sabab shuki, XVII va undan keyingi asrlarda mumtoz adiblar hududimizga XIII-XIV asrlarda kirgan Chig‘atoy ulusi nomi asosida til va adabiyotimizni ham shu nom bilan atagan. Yevropada bu nomning keng ommalashishida Herman Vamberining XIX asr o‘rtalarida mintaqada keng yoyilgan «Chagatayishe sprachstadium» («Chig'atoy tili darsligi») darsligining xizmati katta.
    Yevropada o‘zbek tili, bundan tashqari, qoraxoniy, sharqiy turk, sharqiy turkcha, sharqiy Turkiston tili, islomoy sharqiy turkiy, chigiliy, turkiy turoniy, Navoiy turkiysi va boshqa nomlar bilan ma’lum. Bu atamadan har birining o‘ziga xos ilmiy-tarixiy asosi bor. Xulosa sifatida aytish mumkinki, o'zbek tili va xalqining ildizi qadim-qadimdan boshlangan va qarluq qavmlari hamda lahjalari turli davrlarda o‘g‘uz, uyg'ur, qipchoq kabi turkiy qavmlarini, shuningdek, eroniy, arabiy, mo‘g‘ul kabi noturkiy qavm vakillari lahjalarini o'ziga singdirgan, IX-X asrdan boshlab hozirgacha uzluksiz ijtimoiy-madaniy taraqqiyot natijasida millat va milliy til sifatida shakllangan. Bu murakkab tarixiy jarayon ta’siri tilim izning shevaviy bo'linishida (o'zbek umum xalq tilining uch katta lahjaga ajralishida), leksik-grammatik xususiyatida (chunonchi, qaratqich kelishigining qarluqcha -ning qo'shimchasi bilan men, sen olmoshlarida o'g'uzcha -ing ko'rinishining saqlanishi, ilon so'zining shu o'g'uzcha shaklda tilda me’yorlashishi, uning qarluqcha уilon shaklining eskirishi va qipchoqcha shevaviy jilan ko'rinishining mavjudligi, tilimizda katta miqdordagi tarixan arabiy, forsiy, qisman mo'g'ulcha bo'lgan so'zlarning borligi v.h.) o'z aksini topgan. Shuning uchun «nomi o'zidan, o'zi nomidan qadimiyroq» iborasi o'zbek tili va millati tarixiga ham daxldor.
    O'zbek tili tarixini davrlashtirish. Adabiy til (aniqrog'i, adabiy nutq) - umumxalq tilining ishlov berilgan, sayqallangan va ma’lum bir me’yorga solingan shakli. Shuning uchun tilning bunday ko'rinish shakliga tilshunos Mustaqim Mirzayev: «Adabiy til - umum xalq tilidan yasalgan guldasta», - deb bahо bergan edi. Demak, o'zbek adabiy tili sheva va lahjalar bir butunligidan iborat bo'lgan o'zbek milliy tilidan farqlanadi. O'zbek adabiy tili o'zbek millatiga tegishli bo'lgan milliy tilning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy til bilan adabiy til (nutq) orasidagi aloqa butun-qism, umumiy lik-xususiylik munosabatidek bo'ladi. Adabiy til (nutq) me’yorlashgan. U xalq shevalaridan ustun turadi va uning me’yorlariga qat’iy rioya qilish shu tilda (xalqqa) so'zlovchilar, turli sheva va lahja vakillari orasida rasmiy muloqot uchun shart. Adabiy til (nutq) umumxalq madaniyati saviyasining bir ko'zgusi. Yozma va og'zaki nutqda adabiy me’yorga rioya qilish so'zlovchi (yozuvchi) m adaniy saviyasini belgilaydi. Ko'pgina xalqlar adabiy til (nutq) m e’yoriga XIX-XX asrlarda ega bo'lgan bo'lsa, o'zbek xalqi da adabiy til (nutq) an’anasi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Bevosita o'zbek xalqi tarixiga mansub bo'lgan adabiy nutq me’yoriga rioya qilib yozilgan yozma yodgorlikdan katta va eng qadimiysi - Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari, Mahmud Koshg'ariyning arab tilida yozilgan «Devonu lug'oti-t-turk» qomusida berilgan IX-XI asrlar adabiy tili fonetik, leksik, grammatik me’yorining tavsifi XI asrga mansub. Mashhur turkiyshunos olimlar akademik V.Radlov va akademik A.Kononov (Rossiya), Mahmed Fuad Ko‘prulu, Ahmad Arat, Besim Atalay (Turkiya), Kari Brokkelman, Anna Mari fon Gaben (Olmoniya), Yiliy Nemet (Mojoriston), Karl Menges, Omelyan Pritsak (AQSh) kabilarning umumiy fikriga ko‘ra, adabiy-badiiy nutq «Qutadg‘u bilig» yoki «Devonu lugotit turk»da keltirilgan turkiy she’riy parchalarda aks ettirilgan holatga kelish uchun kamida 300-500 yillik badiiy ishlov an'anasiga ega bo‘lm og‘i kerak edi. Shuning uchun o‘zbek xalqi uzluksiz ming yillik adabiy til an’anasi bilan to’la m a’noda faxrlansa, arziydi. O‘zbek tili tarixini quyidagi asosiy taraqqiyot bosqichlariga ajratamiz:
    Asrlar Davrning nomianishi M anbalarda tilning turlicha nomlanishi Asosiy adiblari va yozma yodgorliklari
    1. X-XIV O‘zbek tilining ilk taraqqiyot davri turkiy, eski turkiy til, turkiy, turkiy xoqoniy, sharqiy turkiy, chig‘atoy tili Mahmud Koshg'ariy, Yusuf Balasog‘uniy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Durbek, Qutb Xorazmiy asarlari
    2. XIV-XIX O‘zbek tilining lakomillashish davri eski o‘zbek tili, turkiy til, chig‘atoy tili, О‘rta Osiyo turkchasi, Navoiy turkchasi, sharqiy turkcha Xorazmiy «Muhabbatnoma» si (1353-y.)dan boshlab Niyoziy Muhammad (Komil) Xorazmiygacha
    3. XIX-XX Milliy adabiy tilning shakllana boshlashi yangi o‘zbek tili, turkiy til, sort tili Muqimiy, Furqat asarlaridan boshlab o'zbek jadid adabiyoti ilk namunalarigacha
    4. XX-XXI O‘zbek milliy adabiy tili hozirgi o'zbek tili Abdulla Qodiriy, Hamza, Ayniy, Oybekdan hozirgi adiblargacha


    Download 66,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 66,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О’zbak о'g‘li о‘qisa tafsir ila mishkotni

    Download 66,14 Kb.