• TOSHKENT-2016
  • Kurs ishining predmeti
  • Kurs ishining o‘rganish obyekti
  • I BOB TILSHUNOSLIK FANINING O‘RGANILISH SOHASI VA MAVZUSI
  • F.de Sossyur
  • Mavzuning o‘rganilganlik darajasi




    Download 66,14 Kb.
    bet2/11
    Sana06.12.2023
    Hajmi66,14 Kb.
    #112160
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy no-fayllar.org
    Qo1, MAVZU, ZILOA, Mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida , funksiya-Topshiriqlar, O\'taganova Madina, 7 20 Safoyeva Dilnoza 2, 3121, 7-sinf, Ma\'lumotlarni shifrlash, Kurs1111, Истиқлол бартараф этилган муаммолар, 222222
    Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: O‘zbek tilshunosligida bu masalalar oldingi yillarda sinovdan o'tgan (R.Sayfullayeva, B .Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalova. «Hozirgi o‘zbek tili». - Toshkent: Universitet, 2007; R .Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalova. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» -Т.: Fan va texnologiya, 2009) o’quv qo’llanmalari asosida yaratildi. Bu jihatdan kurs ishimizda
    Uloqov N ‘’Tilshunoslikka nazariyasi, TOSHKENT-2016’’, Irisqulov ‘’Tilshunoslikka kirish’’ kitoblaridagi fikrlar, qarashlar ham keng o’rin olgan.
    Kurs ishining maqsadi: O‘zbek tilshunosligida til, lison, nutq tushunchalari talqini bo’lib bu mavzuni keng ko’lamda o’rganish deyishimiz ham munkin, balki nasib etsa ancha yangiliklarga erishilar, balki mutloqo bir biriga zid va qarama qarshi doirlalarni ham tahlil etishga ularni asl ma’no maqsadini yanada chuqurroq ochib berishga qaratiladi.
    Kurs ishining predmeti: O‘zbek tilshunosligida til, lison, nutq tushunchalarini ochib berish yangi qirralarini o’rganish turgan gapki ishimiz faqatgina til bilan uning paydo bo’lish va rivoshlanishi bilan bog’liq va shu aspektda faqat argumentlarning aniqligi bilangina belgilanadi.
    Kurs ishining o‘rganish obyekti: O’zbek tilshunosligida til, lison, nutq munosabati, O’zbek tili
    Kurs ishining tuzilishi:
    Mazkur kurs ishi 30 sahifadan iborat bo‘lib, kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


    I BOB TILSHUNOSLIK FANINING O‘RGANILISH SOHASI
    VA MAVZUSI
    Substansial tahlilning bosh tamoyili asosida tilimiz qurilishini yoritishda lisoniy birliklarga umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) va ularning voqelanishi natijasida hosil bo'lgan nutqiy birliklarga alohidalik (yakkalik), hodisa, voqeylik, oqibat (AHVO) sifatida munosabatda bo'lindi. Bu UMIS va AHVO tushunchalari sun’iy, o’ylab chiqarilgan uydirma emas, balki o'ta muhim ilmiy falsafiy va metodologik umumiylik, ta’lim oluvchini ashyoviy fikrlashdan uzib, unda relyativ tafakkur malakalarini hosil qildirishning muhim vositalaridandir. Gnoseologiya (bilish umumiy nazariyasi )dan ma’lumki, xususiylik umumiylikka (demak, alohidalik/xususiylik - umumiylikka, hodisa - mohiyatga, voqelik - imkoniyatga, oqibat-sababga) nisbat berilmaguncha, u ta’riflangan, tavsillangan, o'rganilgan deb sanalishi mumkin emas. Shuning uchun lisoniy imkoniyatlar tilshunosligi bo'lgan substansial tahlilda bular yuksak umumiylikka ega bo'lgan kategorial tushuncha sifatida juda muhim va ishning maxsus bo'limi deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. «Tilshunoslik nazariyasi» fanining asosiy maqsadi tilshunoslik sohasining predmeti va vazifalarini yoritish, fan doirasida o'rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundanjasini belgilash, tilning ijtimoiy tabiati, vazifalari, shakllanishi, taraqqiyoti, tilning ichki tuzilishi va sathlari, dunyo tillari, jumladan, turkiy tillar tavsifi hamda tasnifi haqida bilim berishdir. Yana, Tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni hamdir. Tilni tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham o'rganadi. Ma’lumki, tafakkurga daxldor masalalar mantiq ilmining mavzusidir. Shu tufayli mantiqchilar tafakkur qonuniyatlari bilan birga, fikming tilda aks etishini o‘rganmasliklari mumkin emas. Undan tashqari, til va tafakkur bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri - ikkinchisisiz yashay olmaydigan hodisadir, tafakkur tilda yashaydi, har qanday nutq asosida esa tafakkur yotadi. Mantiq tilni ana shu yo‘nalishda o‘rganadi.
    Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi tufayli til sotsiologlar tomonidan ham o‘rganiladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar tilda aks etmay qolmaydi. Shunga ko‘ra, tarixchilar til tarixiga, tilshunoslar esa o‘z navbatida tarix faniga murojaat qilmay ilojlari yo‘q. Demak, tilshunoslar tilga oid masalalarni hal qilishda etnografiya, psixologiya, antropologiya, matematika, geografiya, fizika va boshqa fanlarga oid materiallar va xulosalardan foydalanadilar. Shunday qilib, til faqat tilshunoslik emas, balki boshqa fanlar uchun ham o‘rganish sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu sohadan har bir fan o‘z mavzusini ajratib oladi. O‘rganilish sohasini ajratib olish nuqtai nazaridan tilshunoslik ikki turga: mikrolingvistika (kichik tilshunoslik) va makrolingvistika (katta tilshunoslik)ga ajratiladi. Mikrolingvistika - tilning faqat ichki, ya’ni fonetik, leksik va grammatik tuzilishini, makrolingvistika esa, tilni boshqa fanlar bilan qo‘shilib o‘rganadi. Hozirgi kunda til nima degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. Xususan: - «Til tafakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir» (F.de Sossyur). - «Til - odam ongining ishtirokisiz, uning tashqi dunyoga nisbatan bo‘lgan mexanik harakatidir». - «Til fikrni ifoda qilishga mo‘ljallangan, talaffuz qilinadigan, chegaralangan toyushlar majmuidir» (B.Grosse), degan fikrlar mavjud. Bu fikrlaming birortasi, ular garchi bir-birini to‘ldirsa ham, tilning to‘liq ta’rifi emas, chunki ular tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi. Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o ‘rni naqadar muhim ekanini ko‘rsatib, «til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir», deb ta’riflaydilar. Til yakkayu yagona aloqa vositasi emas. Aloqa boshqa vositalar orqali ham o‘matilishi mumkin. Masalan, Morze alfaviti, imo-ishoralar, Afrikada uzoq masofaga axborot berish uchun qo‘llaniladigan nog‘ora tovushlari, Kanar orollarida ishlatiladigan «Hushtak-tili» shular jumlasidandir. Lekin bular tilga nisbatan yordamchi, ikkinchi darajali vositalardir. Til va boshqa aloqa vositalari orasida o‘xshashlik va farqlar mavjud. Bu vositalami bir-biri bilan birlashtiradigan xususiyatlar quyidagilar: - fikr va hissiyotlarni ifodalaydi; - ijtimoiy, chunki jamiyat tomonidan yaratilib, unga xizmat qiladi; - moddiy (tovush to‘lqinlari, grafik chizmalar va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi); - obyektiv borliqni aks ettiradi. Ular orasidagi farq esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
    1. Til fikr va hissiyotlarni ifoda qiluvchi vosita. Inson uni barcha faoliyatida qo‘llaydi. Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, ko‘cha harakati belgilari asosan haydovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi.
    2. Til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yetkazmasdan, balki gapiruvchining bu axborotga munosabatini, uning xohish-istagi va bahosi, ruhiy holotini aks ettiradi.
    3. Tildan boshqa barcha signal sistemalari sun’iydir. Ular odamlar tomonidan yaratiladi va sharoitga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Sun’iy vositalaming yaratilishida odamlaming hammasi emas, balki mazkur sohani yaxshi biluvchi kichik bir guruh ishtirok etadi. Til esa odamlaming istak-xohishlariga bog‘liq bo‘lmaydi, uni jamiyat a’zolari o‘z ixtiyorlari bilan o'zgartira olmaydi. Til asrlar davomida jamiyatga xizmat qiladi, ulaming ehtiyojlarini to‘la-to‘kis bajaradi, garchand til o‘zgaruvchan hodisa bo ‘lsa-da, u faqat o‘zining ichki obyektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Shu bilan birga shuni ham qayd qilish kerakki, jamiyat bo‘lmasa, til boimaydi; jamiyat tilni kundalik hayotida qo‘llamasa, u (til), rivojlanmaydi. Demak, til va jamiyat doimo bir-birini taqozo etadi. Boshqa signal tizimlari tilga nisbatan ikkilamchi, unga qo‘shimcha vosita sifatida namoyon bo‘ladi, tilni to‘ldiradi. Shunday qilib, til o‘ziga xos semiologik sistema (ya’ni, ishoralar sistemasi) bo‘lib, jamiyatda asosiy va eng muhim fikr almashish quroli, jamiyat tafakkurining rivojlanishini ta’minlovchi, avloddan-avlodga madaniy-tarixiy meros va an’analami yetkazuvchi vosita xizmatini o‘taydi.



    Download 66,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 66,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuning o‘rganilganlik darajasi

    Download 66,14 Kb.