• 2.1 TILNING ICHKI TUZILISHI VA VAZIFALARI TIL VA NUTQ
  • Tilshunoslikda sistema termini
  • (lot. communicario - xabar, aloqa)
  • Til va nutqning asosiy farqi - til ijtimoiy, nutq esa individual hodisadir.
  • Vaholanki, Ahsher Navoiy ulardan ancha oldin til va nutq hodisalarini farqlagan.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti




    Download 66,14 Kb.
    bet8/11
    Sana06.12.2023
    Hajmi66,14 Kb.
    #112160
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy no-fayllar.org
    Qo1, MAVZU, ZILOA, Mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida , funksiya-Topshiriqlar, O\'taganova Madina, 7 20 Safoyeva Dilnoza 2, 3121, 7-sinf, Ma\'lumotlarni shifrlash, Kurs1111, Истиқлол бартараф этилган муаммолар, 222222
    Mehnat chaqiriqlari farazi. Bu farazni ilgari surgan olimlarning fikricha, til odamlar jamoa bo‘lib mehnat qilayotganlarida mehnatni tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida paydo bo‘lgan.
    Substrat va superstrat hodisasi. Til taraqqiyotida qo‘shni xalqlar o'rtasidagi turli munosabatlar, savdo-sotiq va madaniy aloqalar, urushlar o‘z ta’sirini qoldiradi. Bunday hodisalar ba’zi tillarda ko‘proq, ba’zilarida esa kamroq aks etadi. Masalan, hozirgi zamon ingliz tili lug‘at boyligining faqat 30 foizga yaqini sof ingliz tiliga oid, qolganlari roman va sharq tillaridan kirgan so‘zlardir. Tillarning bunday munosabatlari tillar hamkorligi deyiladi. Tillar hamkorligida tillarning chatishuviga odatda katta ahamiyat beriladi. Ba’zi olimlaming fikricha, har qanday hamkorlik ham tillar chatishuviga kiravermaydi. Masalan, bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirilishi tillar chatishuviga kirmaydi, chunki o‘zlashtirilgan so‘zlar tilning grammatik ko‘rinishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi: arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan so‘zlar bunga yaxshi misol bo‘la oladi. Qabila va urug‘ tillari. Ijtimoiy formatsiyalar va til. Kishilar ibtidoiy jamiyatning dastlabki davrlarida to‘da-to‘da, ya’ni urug‘ bo‘lib yashaganlar. Urug‘ kishilar jamiyatining eng kichik, oddiy hamda qadimiy uyushmasidir. Bir nechta qardosh urug‘lar qabilani tashkil qilgan. Bunday uyushmalaming har birining o‘z tili, o‘z aloqa vositasi bo‘lgan.


    2.1 TILNING ICHKI TUZILISHI VA VAZIFALARI TIL VA NUTQ
    Insonlar o'zaro aloqa-almashuv jarayonida foydalanadigan vositalar majmui aloqa vositalari hisoblanadi va ular bir nechta bo'lib, o'z xususiyati, aloqa jarayonida qo’llanish darajasiga ko'ra farqlanadi. Kishilar o'z tarixiy taraqqiyoti davomida quyidagi aloqa vositalaridan foydalanganlar va foydalanmoqdalar:

    1. Signalar.


    2. Belgilar.
    3. Mimika (imo-ishora).
    4. Yozuv
    5. Til.
    Вular ichida til muhim, yozuv unga nisbatan ikkilamchi aloqa vositasi, qolganlari esa yordamchi aloqa vositalaridir. Kundalik iste’molda asosan til va yozuvning qo'llanishi qolgan aloqa vositalari keraksiz degani emas, albatta, ularning ham o'ziga xos o'rni bor. Signallar. belgilar. mimika kabi yordamchi aloqa vositalari qo’llanish doirasining chegaralanganligi bilan tildan farq qiladi. Til jamiyat faoliyatining hamma sohasida eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi Til so'z. morfema va fonemalaming oddiy yig‘indisi emas. U bir butun sistemadir. Tilning sistemaliligi uning ichki tuzilishida namoyon bo'ladi, chunki u ham ichki tuzilishiga ega bo’lib, bu ichki tuzilish pog'onaviylik xususiyatiga ega Наr bir pog'onaga xos birlik ikki va undan ortiq o'zaro munosabatidan tashkil topgan butunlikdir. So'z morfologik sath birligi sifatida ikki va undan ortiq morflarning o'zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik, morfema esa ikki va undan ortiq morflarning o'zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanaladi. Ko‘rinadiki, til bir butun sistema sifatida ichki bo’luvchanlik xususiyatiga ega. Tilning ichki bo'linishi pog'onaviylik kasb etadi. Til ichki bolinishining eng oxirgi nuqtasi shakliy tomondan fonema (fun), mazmuniy tomondan sema bilan vakunlanadi. Til ichki tuzilishinmg pog'onaviylik tabiati butunlik deb olinayotgan birlikning nisbiyligim ko‘rsatadi. Butunlik deb qaralayotgan obyekt faqat tilning ma'lum pog'onasiga nisbatan olinadi. Bir pog'onada butunlik sifatida qaralayotgan obyekt o'zidan yuqori pog'onaga, ya’ni katta butunlik tarkibiga uning elementi bo’lib kiradi. Masalan, morfema morfemik sathda ikki va undan ortiq fonema (fon)larning munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida, morfologik sathda esa so'z (so'zshakl)ning bir elementi sifatida qaraladi Bu esa tilning sistemalar sistemasi ekanligidan dalolat beradi Tilning sistemaviylik tabiatini yoritishga ilk bor F, de Sossyur e ’tibor qaratdi. U sistemaning ikki muhim xususiyatini ko'rsatadi:
    a) sistemaning barcha a ’zolari tenglikka ega;
    b) sistema yopiq hisoblanadi
    Lekin keyinchalik til sistemasida ochiq sistemalar ham borligi aniqlandi. F.de Sossyur konsepsiyasida sistema termini bilan birgalikda struktura termini ham muhim ahamiyatga ega. Sistema va struktura terminiarini farqlash lozim. Sistema (vun. systema - yaxlit; qismlardan tarkib topgan) so'zi o‘zbek tilida polisemantik so'z sifatida o'nlab ma’nolarda qo'llanadi. Uning muqobili sifatida tizim so'zi ham qo‘llanadi. Tilshunoslikda sistema termini «o'zaro uzviy bog'langan qismlardan. tarkib topgan butunlik ya’ni bir butun bo'lib uyushgan unsurlari majmui» ma’nosida qo'llanadi. Struktura (lot. simcntra - tuzilish; bog'lanish) so‘zi «muayyan narsalaming tuzilishi. qurilishi: tarkibiy qismlaming о‘zaro bog'liqligi.» ma’nosini anglatadi. G.P.Melnikovning talqinicha, struktura deganda. o'zaro aloqada bo'lgan qismlardan tarkib topgan va o'zaro aloqadorlikka ega bo'lgan murakkab birlik butunlik tushuniladi. Struktura sistemaga xos, uni xarakterlovchi xususiyatlardan biridir. Tilshunoslik nuqtayi nazaridan struktura deganda tilning tuzilishi yoki ayrim til birliklarming qurilish tarixi tushuniladi. Bir xil qiymatga ega bo'lgan til birliklari majmui til sathlari deb yuritiladi. Til ichki tuzilishiga ko'ra bir-biriga bog'liq, biri ikkinchisini taqozo etuvchi sathlardan iboratligiga ko'ra sistemadir. Til sistema sifatida quyidagi sathlarga bo'linadi:
    1) fonetik-fonologik sath;
    2) lug'aviy sath;
    3)grammatik sath.
    Tilning har bir sathi o 'z birliklariga ega. Masalan. fonema - fonologik sath birligi. Tilshunoslik fani bir necha bo'limlarga bo'linadi va ularning har biri tilning sathlari bilan bog'liq ma’lum masalalarni о‘rganadi. Til nutq tuzib fikr. his-tuyg'u, istak, g'am , shodlik kabilami ifodalashda xizmat qiladigan fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi, kishilar orasida asosiy va eng muhim aloqa-aralashuv, fikrlashuv quroli bo'lib xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa sifatida bir qator vazifalar (funksiyalar)ni bajaradi.
    Nutq jarayonida turli maqsadlarda til vositalarining imkoniyat xususyatlaridan foydalanish tilning vazifalari deyiladi. Tilning jamiуatda aloqa quroli vazifasini bajarishi uning kommunikativ vazifasini tashkil qiladi. Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasidir. Demak, tilning aloqa-aralashuv vositasi sifatidagi asosiy vazifasi tilning kommunikativ (lot. communicario - xabar, aloqa) vazifasi deyiladi. Tilning kommunikativ (nutqiy aloqa) vazifasida ikki hodisa farqlanadi:
    1. Fikr olishuv (aloqa-aralashuv) vazifasi.
    2. Xabar vazifasi
    Yuqorida aytilganidek, til - nutq tuzib fikr, his-tuyg'u, istak kabilarni ifodalashda xizmat qiiadigan fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi; kishilar orasida asosiy va eng muhim aloqa-aralashuv, fikrlashuv quroli, ijtimoiy hodisa. Bundan ko'rinadiki, til kishilik jamiyatida belgilar, signallar, imo-ishora, mimika, yozuv kabi yordamchi aloqa vositalariga nisbatan eng muhim aloqa vositasi bo’lib, jamiyat tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladi. Ferdinand de Sossyurning ilmiy qarashlari tilning murakkab, ziddiyatlarga boy. ko‘p tomonlama hodisa ekanligiga asoslangan. Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetins, aniqroq ta’riflash maqsadida Ferdinand de Sossyur Vilgelm fon Gumboldt kabi antinomiya (qarama-qarshi qo‘yish) metodidan foydalanib, til va nutqni ajratib, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, til nutq faoliyatining faqat bir tomonini tashkil etadi. Til nutqqa zid. Til va nutqning asosiy farqi - til ijtimoiy, nutq esa individual hodisadir. Olim til va nutq o‘rtasidagi o'zaro bog‘lanishni, munosabatni inkor etmagan holda, ikkala hodisani alohida-aiohida o'rganishni tavsiya etadi va til lingvistikasi hamda nutq lingvistikasi terminlarini muomalaga kiritadi. Til va nutq qanday biriiklarga egaligi nuqtayi nazaridan ham farqlanadi. Til birliklari deganda nutqqa zid qo'yilgan tilning birliklari tushuniladi. Shuningdek, tilshunoslikdagi ilmiy manbalarda Iingvistik birlik degan tushuncha ham kuzatiladi. A.Nurmonovning ko‘rastishicha, bu tushuncha til birliklarini ham, nutq birliklarini ham qamrab oladi. Tilning sistemaviylik tabiati shundaki, u sanoqli figuralar ya'ni birliklarning turi kombinatsiyalari orqali cheksiz axborotlarni uzatish imkoniyatiga ega. Shuning uchun til birliklarining miqdori cheklangan, barmoq bilan sanarlidir. Imkoniyat tarzidagi bu sanoqli birliklar nutq jaroyonida xilma-xil shaklda voqelanadi. Til birliklarining nutqiy jarayondagi real ko‘rinishlari nutq birliklari sanaladi.
    Tilshunoslikda shu kunga qadar til va nutq hodisalarning farqlanishini mashhur nemis olimi Vilgelm Gumboldt boshlagan va bu Ferdinand de Sossyur ta’limotining asosini tashkil qiladi, deb hisoblanadi. Vaholanki, Ahsher Navoiy ulardan ancha oldin til va nutq hodisalarini farqlagan. Alisher Navoiy o'zining lug'atchilik va tilshunoslik sohasidagi yarim asrlik tajribasini «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida umumlashtiradi. Alisher Navoiy imkoniyat tarzidagi so‘z (til birligi) so‘zlovchi tomonidan turli xil jilvalantirilishi (nutq birligi sifatida reallashtirilishi) mumkunligini aytadi. Uning tushunishicha, til ijtimoiy hodisadir. Til insonni hayvondan ajratib turadigan «gavhari sharif»dir. U ma’noni birlamchi. shaklni lkkilamchi deb hisoblaydi, ma’noga «so‘zning joni» deb baho beradi. Til va nutq masalasi o'zbek tilshunosligida Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, A.Nurmonov, H.Ne’matov, О Bozorov kabi olimlarning ishlarida keng va atroflicha tahlil qilingan. Lingivistik belgining tuzilishi masalasida tilshunoslar ikki xil fikr bildiradilar. Ularning bir guruhi lingivistik belgi bir tomonlama mohiyat, u faqat ifodalanmishni o‘z ichiga oladi desalar, ikkinchi guruhi tilning ikki tomonlama mohiyat ekanligini, ifodalovchi va ifodalanmish bir butunligidan iborat ekanligini bayon etadilar. A.Nurmonov lingvistik belgi tahliliga bag‘ishlangan ishida til va nutq birliklari masalasi haqida ham fikr yuritib, tilshunoslikdagi nazariy qarashlarni umumlashtiradi hamda til belgisi va til birliklari o‘rtasidagi farqli jihatlarni ko‘rsatadi, xulosalarini bayon etadi
    Til va nutq munosabatlarini umumiy tarzda yuqorida qayd etilgan manbalarga asoslangan holda quyidagicha izohlash mumkin. Til va nutq o'zaro aloqador bodisalar sifatida e'tirof etilgan Til - ijtimoiy, nutq - xususiy hodisa. Tilning butun imkoniyatlari nutqda lfodalanadi.
    Til va nutqning o'ziga xos jihatalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
    1 Til - munosabat asosi, nutq munosabat ifodasidir.
    2. Til jamiyatda shakllanadi, nutq esa har bir shaxs faoliyatida namoyon bo‘ladi.
    3. Tilning mavjudlik davri uzoq, ijtimoiy hayot bilan bog'liq; nutqning mavjudlik davri qisqa, u aytilgan paytdagina mavjud.
    4. Bir shaxs ayni zamonda bir necha tilga ega bo‘la oladi; shaxsning nutqi esa faqat bitta bo’ladi, negaki nutq ma’lum makonda yuz beradi.
    5. Tilning hajmi noaniq, chegaralanmagan; nutqning hajmi aniq; u dialog, monolog, ayrim matn, kitob ifodalari bo’ladi.
    6. Til qat’iy, turg'un hodisa; nutq o'zgaruvchan harakatdagi hodisadir


    Download 66,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 66,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

    Download 66,14 Kb.