• 1.2. O’ZBEK TILNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI
  • Shirbudun, Qusbudun, Quzbudun.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti




    Download 66,14 Kb.
    bet4/11
    Sana06.12.2023
    Hajmi66,14 Kb.
    #112160
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy no-fayllar.org
    Qo1, MAVZU, ZILOA, Mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida , funksiya-Topshiriqlar, O\'taganova Madina, 7 20 Safoyeva Dilnoza 2, 3121, 7-sinf, Ma\'lumotlarni shifrlash, Kurs1111, Истиқлол бартараф этилган муаммолар, 222222
    1. Til tabiiy hodisa emas.
    2. Tilning paydo bo‘lishi uchun kishilik jamiyati bo‘lishi shart.
    3. Til - nutq muhiti bolaning chaqaloqligida yaratilishi va chaqaloqqa bir tomonlama til ta’siri o‘tkazish muhim, u hal qiluvchi ahamiyatga ega.
    4. Til va tafakkur bir vaqtda paydo bo‘ladi, birga rivojlanadi, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi.
    Shunday qilib, til ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Til faqat jamiyatda, odamlar orasida mavjud bo‘ladigan ijtimoiy quroldir. Tilning taqdiri uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog‘liq. Til jamiyat bilan paydo bo‘lganidek, jamiyat bilan birga o‘ladi. Yuqorida lotin, sanskrit tillari esga olinib o‘lik tillar deb aytilgandi, chunki bu tillarda gaplashadigan, uni o‘z ona tili deb hisoblaydigan xalq yo‘q, hozirgi kunda bu tillaming lug‘at tarkibi, tovushlar majmui, grammatikasi bor, ular to ‘g‘risida fikr yuritish, boshqa tillar bilan qiyoslash mumkin. Ammo bu tillarda rivojlanish yo‘q, qadimdan qanday bo‘lsa, hozir ham shunday va shundayligicha qolaverdi.
    .

    1.2. O’ZBEK TILNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI
    O‘zbek xalqining shakllanish va nomlanish tarixidan. Har qanday xalqning shakllanish va nomlanish tarixi juda chigal masala, u ko‘pincha har xil bahs-u munozaraga sabab bo'ladi. Barcha xalq tarixini o‘rganishda bo‘lgan bu murakkablik O’zbek xalqi tarixiga ham oid. Chunki har bir xalq o‘z shakllanish tarixida boshqa turli-tuman xalq, til, madaniyat bilan uzoq-yaqin munosabatda bo’ladi, elat, xalq, millat darajasiga ko‘tarilguncha uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Biror xalq yoki millat, shubhasiz, o‘zaro til, madaniyat, mintaqa jihatidan yaqin bo‘lgan qavm-u qabilalarning birlashishi, oralaridagi farqning asta-sekin yo‘qola borishi, ularning til, madaniyat (jumladan, rasm-rusum, odat, adabiyot, san’at v.h.), mintaqa, iqtisodiy va ijtimoiy munosabat asosida yaqinlashishi zaminida shakllanadi. Xalqning, millatning shakllanishida ishtirok etgan qavm-u qabila, har xil katta-kichik etnik uyushma o‘z davrida har xil nom bilan atalib kelgan. Shuning uchun ayni bir xalq turli davrda turli nomlangan. Istagan xalq yoki millatning hozirgi nomidan ko’ra uning etnik jihatdan shakllanishi ancha qadimiy. Bu hodisani hozirgi, ingliz, nemis, fransuz kabi xalqlar tarixida ham ko‘rish mumkin. O‘zbek xalqining shakllanish va nomlanish tarixi masalasi ham xuddi shunday. Millat sifatida mavjud nom - o'zbek etnonimini xalqim iz rasmiy ravishda XX asrning boshlarida olgan bo‘lsa-da, hozirgi O‘zbekiston hududida o‘zbek millati etnik asosining shakllanishi uzoq asrlarga borib taqaladi. Shoir Erkin Vohidov:

    Tarixingdur ming asrlar ichra pinhon, о'zbegim,


    Senga tergdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon, о'zbegim
    deb yozganida mubolag’a yo‘q - o‘zbek xalqi asosining O‘zbekiston (va unga yaqin) hududlarida shakllanishi IX va undan oldingi asrlarga mansub. Buning yorqin dalili ushbu davr yozma yodgorliklarida qayd etilgan toponim (joy nom lari) va antroponimlar (kishi nomlari )dir. Jumladan, О‘zbekistonda butun tarkibiy qismiga ega bo‘lgan toponimlari ko'plab uchratish mumkin: Shirbudun, Qusbudun, Quzbudun. Bu toponim tarkibidagi budun so‘zi qadimgi turkiy tilda, X –XI asrlarda, «xalq, el, ulus» ma'nosida juda keng qo’llangan. Demak, Shirbudun - shir xalqi, shir elati ma’nosini anglatadi. Shir, sir, chir nomi bilan esa qadimgi turkiy xalqlardan biri nomlangan. Sir budun - «sir xalqi», «sir qavmi» ma’nosida Kultagin yodgorligida (732-yil) keng qo‘llaniladi. Demak, Buxoro shahridan 5 km sharqda joylashgan va Buxoro amirlarining istirohatgohlaridan biri bo‘lgan Shirbudun qishlog'i nomi tarkibida saqlangan budun so‘zi bu toponim ning shu so‘z qo‘llanilgan davrga (ya’ni X-XI asrlarga) mansubligidan, shu vaqtlarda Buxoroning qoq markazida butun boshli bir maskanda turkiy xalqlarga mansub shir (sir, chir) qavmi muqim bo’lganligidan dalolat beradi. Chunki ko‘p hollarda qishloq shu qishloqda yashagan aholi - urug‘ (qavm, elat) nomi bilan atalib kelgan. Chunonchi, Mang'it, Qipchoq, Qarluq, Jaloyir, Sayot, Olot, Arabon, Arabxona, O‘zbekon, O‘g‘uzrabot v.h. Shirbudun tarkibidagi shir, sir, chir qismini Sirdaryo va Chirchiq gidronimida ham ko’rish mumkin. Chirchiq atamasi VII asr obidalarida ham, Chir suyi, Chir suvi shaklida undan keyingi davrlarda ham qo’llangan. Budun va sir-shir-chir tarkibiy qismiga ega Bo’lgan onomastik leksikani butun O‘zbekiston hududidan topish mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, turkiy toifaga mansub xalqlar hozirgi O‘zbekiston hududida qadim zamondan beri muqim bo‘lib kelgan. Manbalarning xabar berishicha, bu mintaqada V-VI asrlarda hukmronlik qilgan eftalitlar turkiy xalqlarga mansub bo’lgan. O‘zbekiston hududida qadim davrlardan boshlab turkiy va eroniy xalqlar (hozirgi kundagidek) yonma-yon va ahil yashab kelishgan. O‘zbek xalqining tarixiy ildizi ham mana shu qadimgi davrlarga borib taqaladi. Lekin bu asosni faqat o’zbek xalqiga nisbat berish munkin emas. Turkiy-eroniy qorishma - Markaziy Osiyoning barcha xalqlari uchun umumiy asos. Shuning uchun bevosita o’zbek xalqi, hozirgi o’zbek millati asosini O‘zbekiston hududida turkiy xalqlaning qarluq toifasiga mansub bo’lgan Ilikxon (Qoraxoniylar) davlatining o’natilishi, bu davlatda rasmiy saroy tili sifatida, Mahmud Koshg’ariy ta’biricha, «turkiy xoqoniy»ning ommalashish davrida ko’rish mumkin. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asarida turkiy xoqoniy tilining berilgan leksik-grammatik xususiyatini Yusuf Xos Hojibning qariyb 15000 misralik «Qutadg’u bilig» asari til xususiyati bilan qiyoslash Mahmud Koshg’ariyning «turkiy xoqoniy»i, Xos Hojibning «turkcha»si va Ahmad Yugnakiyning «turkiy»si ayni bir til ekanligini ko’rsatadi. Bu til - Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Xo’jandiyning «Latofatnoma» asarlarida o’z aksini topgan, Sayfi Saroyi, Yusuf Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlarida sayqallangan, Alisher Navoiy asarlarida kamolot bosqichiga ко’tarilgan eski o’zbek tilining ilk taraqqiyot bosqichi. Shuning uchun Mahmud Koshg’ariy Qoraxoniylar davlati xalqini turk (turklar) deb atagan, ulami shu mintaqada yashayotgan o’g ’uz, turkman va uyg’urlardan farqlagan. Qarluq toifasiga mansub bo‘lgan xalq hozirgi o‘zbek millatining asosini tashkil etgan va IX asrlardan boshlab etnik asos turk, turklar, til esa turkiy deb nomlangan deb ayta olamiz. Til xususiyati shundan dalolat berib turibdi. IX--XVI asrlarda bu turklar o'zlari bilan yondosh yashagan o‘g‘uz, uyg‘ur qavmini, IX asrdan boshlab boy va obod, yuksak madaniyatli o‘lkaga ko‘plab ko‘chib kelgan va o‘troqlashgan arablarni, XI-XIV asrlarda Chingiz, Botu, Chig’atoy, Jo‘ji kabi mo‘g‘ul sarkardalari qo'shini tarkibida kelgan har xil mo‘g‘ul va o‘sha davr janubiy Sharqiy Sibir, Shimoliy Xitoy (Mochin), hozirgi Mo‘g‘uliston, Oltoy mintaqalarida yashagan qirg‘iz va uyg‘ur toifalariga mansub turkiy urug‘ va qavmlari, XIV-XV asrlarda eronzamin, arabzamin, Rum (Sharqiy Rim imperiyasi, Vizantiya - hozirgi Turkiyaning Anadolusi), Kavkaz, Volgabo‘yi o’lkalaridan ko'chirib keltirilgan turkiy va noturkiy elatlar vakillarini o‘z tarkibiga singdirib, o‘zi ham, tili ham shu nom bilan atalib keldi. Alisher Navoiy ham bu xalq va tilni shu nom bilan - turklar va turkiy deb ataydi hamda u turli qavm va urug‘larga bolinishidan qat’i nazar, til (jumladan, adabiy) va madaniyat jihatdan bir deb bilib, g‘urur bilan:

    Download 66,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 66,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

    Download 66,14 Kb.