• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Til, lison, me’yor va nutq munosabati




    Download 66,14 Kb.
    bet11/11
    Sana06.12.2023
    Hajmi66,14 Kb.
    #112160
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi alisher navoiy no-fayllar.org
    Qo1, MAVZU, ZILOA, Mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o’rgatish davrida , funksiya-Topshiriqlar, O\'taganova Madina, 7 20 Safoyeva Dilnoza 2, 3121, 7-sinf, Ma\'lumotlarni shifrlash, Kurs1111, Истиқлол бартараф этилган муаммолар, 222222
    Til, lison, me’yor va nutq munosabati.
    UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya’ni butun borliq - tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan biri bo'lganligi sababli, u har bir fanda o'ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajailisi lison. AHVOniki esa nutq deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui til deyiladi. Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatni farqlashga intilish ushbu fan bilan tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni k o ‘rishga intilish bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy)da ham mavjud. Shu boisdan aytish mum kinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiylik bilan o‘ralashib qolmaganiigi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni - UMISni tiklay olmaydi. Biroq har bosqich o ‘z vazifasiga ega. Chunki har bir davr o‘z fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablam i qo‘yadi. «Fanlam ing taraqqiyoti shu davrning ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bog'liq. Turli fanlam ing manbalari ko‘p qirrali bo'lganligi sababli, davring yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o'rganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo’llarini belgilab beradi» (H .N e’matov). Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o'zbek tilshunosligining birinchi bosqichi, dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi UMIS va AHVOni bir-biridan farqlamay tasnif etish bosqichi. Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o'rganish, avvalo, tilshunoslar V.fon Humboldt. B.de Kurtene va F.de Sossyur nomi bilan bog'liq. Lison va nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u mavjud qarashlani tubdan o'zgartirib yubordi. Tilga, xususan, o'zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki yillarida lison o'rida til atamasi qo'llanilib, u ko'p ma’nolilik tabiatiga ega bo'lganligi sababli ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi, insonning nutq so'zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi. Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan lison atamasini qabul qildilar. Til - sof lisoniy qobiliyat va imkoniyat. U tafakkurni shakllantirishga (kodlashtirishga), xotirada sistemaga tizib saqlashga, axborotni uzatish va qabul qilishga imkoniyat beruvchi muhim (birlamchi) insoniy ijtimoiy ruhiy kommunikatsiya vositasi. Tilda bosh ichki ziddiyat - atash (nominativ) va ifodalash (ekspressiv) vazifalarining dialektik birligi. Lison - UMIS tabiatli lisoniy birliklarining serqirra, ko'p qavatli sathlaridan tashkil topgan barqaror, tashqi muhit ta ’siriga o‘ta sezgir, o‘zgarish, rivojlanish va moslashish immanent qobiliyatini o'z ichida mujassamlashtirgan murakkab qurilishli iyerarxik sistemadir. Lison deyilganda, ma’lum bir jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holga keltirib qo‘yilgan, hamma uchun umumiy va majburiy, fikrni ifodalash va boshqa maqsad uchun xizmat qiladigan birliklar hamda bu birliklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari yig’disi tushuniladi. Me’yor - lisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil bo’lib, lisoniy imkoniyat - sinonimik qator, lisoniy birliklarning dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklardan har birining voqelanish o’rni va xususiyatini belgilaydi. Nutq - lisonning me’yor elagidan o‘tgan muayyan moddiy (yozma, og‘zaki, tasviriy/imo-ishora, signal, va h.k.) shakllaridan birida voqelanishi. Demak, lisonda birlik va birikish qonuniyati farqlanadi. Har qanday lisoniy birlik psixofizik tabiatli bo’ladi. Shu bilan birga, ular ikki tomonning bir butunligidan iborat:
    a) lisoniy birlikning shakliy, tashqi tom oni;
    b) lisoniy birlikning ma’lum bir vazifasi, ma’naviy qiymati. Lisoniy birlik UMIS sifatida mavjud ekan, u moddiylikdan xoli bo‘lmog‘i lozim. Bunda «lisoniy birlikning tashqi tomoni» ko‘rinishga, moddiylikka ishora qilmaydimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, lisoniy birlik moddiy qiyofadan xoli. Biroq ular ongda qandaydir tarxiy, ramz sifatida saqlanadi. Masalan, a fonemasining talaffuz xususiyati haqida umumlashma tasavvur o‘zbek tilida so'zlashuvchi barcha jamiyat a’zolari tilida birdir. Bu a fonemasining shakli, tashqi tomoni bo‘lsa, uning ma’no farqlash, chegaralash tomoni ichki jihati sanaladi. a fonemasi xususiyatlari va ma’no farqlashning o‘ziga xos birligi, yaxlitligi sifatida ongda mavjud bo‘ladi. Har bir fonemaning ma’no farqlash va talaffuz xususiyatlari umumlashmasi o‘ziga xos bo‘lib, biriniki ikkinchisinikidan farqlanadi va mustaqil fonemaga qo'yilgan talab uning aynan o'xshash bo’lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Lisoniy birliklarining bu tashqi va ichki tomonini bir-biridan ajratish, ulardan birini mutlaqlashtirish mumkin emas. Ichki va tashqi tomon bir varaqning ikki betiga o‘xshaydi va ajratish mumkin emas. Nutq esa yuqorida ta’riflangan so‘zlashish qobiliyati asosida ayrim shaxs tomonidan ma’lum bir xabar berish maqsadi uchun ishga solinishi yoki qo’llanishi natijasidir.
    BORLIQ
    TIL
    LISON ME’YOR NUTQ
    Umumiylik Alohidalik
    Mohiyat Hodisa
    Imkoniyat Voqelik
    Sabab Oqibat
    Minimal tashkil etuvchi nafaqat birliklarni, shu bilan birgalikda, birliklarining o'zaro munosabatini ham o'z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, eng kichik (minimal) tashkil etuvchi bo'lgan fonema yana ichki va tashqi jihatga ajraladi. Aytilganlar asosida, lison hamda nutq birliklari sifatida quyidagilar ajratiladi. Lison va nutq birliklari ham lison va nutqning o'zi kabi UMIS va AHVO munosabatida bo'ladi.
    LISONIY BIRLIK NUTQIY BIRLIK
    fonema tovush
    morfema qo’shimcha
    leksema so’z
    qolip yasama so’z, so’z birikmasi, gap
    Qolip miqdoran cheklangan. Masalan, o'zbek tilida so’z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipi ajratilgan va nutqimizda ulardan son-sanoqsiz so’z birikmasi hosil qilinadi.

    Xulosa
    Kurs ishimiz ustida olib borgan mo’jazgina tadqiqotimiz mana shu joyga kelganda muxtasar qilib yakun topadigan bo’ldi, albatta vaqtiki kelib kichik irmoqlar katta daryolarga qo’shilajak, bugunda biz keltirgan katta ustozlarning juda boy va kuchli kuzatuvlari yillab yillar orasida yig’gan tajribalarining xulosalari bilan tanishdik, ba’zi orinlarda Uloqovning keltirgan darvin nazariyasi yokida yunon olimlarining tilni paydo bo’lishi tog’risidagi qarash va farazlarini zaif deb topganimiz holida bu qoralamaga kiritmadik, chunki til o’zining xususiyatlarini nazariyalar bilan yuzaga chiqarishi munkin ammo paydo bo’lish xuxusiyati haqida qarg’a yoki tovushlarga bog’lash bu sal maqsadni chetlashga olib kelishidan xavotirga tushdik, aynan til lison va nutq munosabatlarini yuqorida keltirilganidan ortiq tasnif qilmoqqa ojiz holimizda kurs ishini sabr bilan tekshirganingizga tashakkur aytamiz.
    Hurmat bilan Abdumutalov Farrux…

    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. SAYFULLAYEVA R .R ., MENGLIYEV .B .R ., BOQIYEVA .G .H ., QURBONOVA .M .M ., YUNUSOVA.Z .Q ., ABUZALOVA .M .Q. ‘’HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI’’ TOSHKENT -2010


    2. M.T. IRISQULOV ‘’TILSHUNOSLIKKA KIRISH’’


    3. NOSIRJON IJLUQOV ‘’TILSHUNOSLIK NAZARIYASI’’ TOSHKENT-2016





    http://fayllar.org
    Download 66,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 66,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Til, lison, me’yor va nutq munosabati

    Download 66,14 Kb.