¡nterfeysi mavjud. U Maykrosofit firmasining Direct 3D (3 o ’lchovli ¡nterfeysi)
dir. Shuning uchun ham uning hozirda ko’p tarqalayotganligiga ajablanmasa
ham bo’ladi.
X otira
Xotira kompyuterda dasturlar va ma’lumotlami, amal
natijalarini
saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko’p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video
va boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhirn qismi bo’lib, protsessor undan
amallami bajarish uchun dastur, ma’lumotlami
oladi va anialni bajarib, natijani
yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o’chirilsa,
tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va ma’lumotlar yo’q bo’lib ketadi.
Shuning uchun ulami qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak.
Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o ’chirish, umuman
aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim
tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik
o’lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo’lib, I bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng.
O ’z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni
kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta h arf bo’lsa,
u xotirada
shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul
qilingan va u К bilan belgilanadi. O ’z navbatida bir kilobayt 10240 baytga teng.
1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga teng.
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu dasturlar majmuini ishlata
olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat
DOS
tizimida
ishlash
mumkin
bo’lsa,4
Megabaytli
kompyuterlarda
imkoniyatlari ko’proq bo’lgan dasturlami, xususan W INDOWS 3.1,3.11 dastur-
larini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to’laqonli ishlashi uchun 16 Mega
bayt xotira va kamida 486
protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000
Amaliyot tizimida ishlash uchun, Foto Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi
zamon dasturlarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PF.NTIUM_2,3
protsessorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko’rsatkichlar yangi protsessorlar va
dastur mahsulotlarini paydo bo’lishi bilan yil sayin oshib boradi.
Doimiy xotira. Kompyuterlarda ma’lumotlar unga avvaldan joylashtirilgan