O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/154
Sana16.02.2024
Hajmi13,59 Mb.
#157869
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154
Bog'liq
ek 718 -86

doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy 
tizimi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun ham u 
ROM (Read Only Memory-faqat o’qish uchun) deb ataladi. IBM PC 
kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, amaliyot 
tizimini boshiang’ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatish- 
ning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun 
ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo’lib, uning 
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amal lardan ancha
21


tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko’proq ishlatiladigan 
qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga 
murojaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Beril- 
ganlami kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam 
bo’lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo’ladi. 
PENTIUM 2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi.
V ideoxotira. 
Videoxotira 
monitor 
ekraniga 
video 
ma’lumotlarni 
(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotas- 
virlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Shuning uchun 
video xotira hajmi qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi albatta. Videoxotiraning 
I Mbaytdan kam bo’lmagani yaxshi.
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron 
tizimlar mavjud bo’lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha 
adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali ma’lumotlami ayirboshlovchi 
magistral yo’l deb ataluvchi shinalar orqali bog’langan bo’ladi. Shunday qilib, 
oddiy so’z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalami bog’lovchi maxsus simlardir. 
Kompyuterda bir qancha shinalar bo’lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron 
tizimi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga 
ega bo’lishi kompyuterlar ta’mirlanishini oson bajarish, uni foydalanuvchi 
ehtiyojiga qarab yig’ish va o’zgartirish imkoniyatini beradi.
Tizim platasi kompyuteming asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikro­
protsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo’ladi. Bundan 
tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron tizimlar, klavia- 
tura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo’ladi. Hozirda shinalarning 
PCI f ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma’lumot ayirbosh- 
lashi tezligi yuqori bo’lib, u orqali kompyuterga ko’p tashqi qurilmalami ulash 
mumkin.
Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo’lib, ular 
tizim blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, 
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqa­
rish portlari parallel va ketma-ket bo’ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va 
COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks- 
modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
M onitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlami 
tasvirlash (ko’rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko’rinishidan u 
televizorga o ’xshab ketsa-da, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. 
Monitorlar rangli va rangsiz bo’ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman 
aytganda zararli, shuning uchun ham ba’zi kompyuterlarda past radiatsiya 
(Lowe radiation) so’zlarini uchratish mumkin. Lekin ulaming inson orga- 
nizmiga ta’siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning 
misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 duymli SVGA (SUPER Video Grafic 
Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda nurlaming ta’sirini ancha
22


kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy tavsiflaridan 
biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va 
vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 duymli monitorda tasvir­
lash qobiliyati 800x600, 15 duymli monitorda 1024x768, 17 duymli monitorda 
1280x1024 va 21 duymli monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, monitor- 
ning yana bir tavsifi tasvirlami hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o ’lchovining 
katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga teng bo’lgan monitorlarda 
yaxshi tasvir piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo’lgan monitorlarda esa 
piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo’lishi kerak. Monitoming tez ishlashi uning 
adaptcriga bog’liq bo’ladi. Matn holatida monitorlar nisbatan tez ishlasa-da, 
grafik holatda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo’llari ham mavjud.

Download 13,59 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154




Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus t a ’lim vazirl1gi mirzo ulug’bek nomidagi

Download 13,59 Mb.
Pdf ko'rish